Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Бактамед пор. д/приг. р-ра д/и 1500мг фл+рас-ль №1 (0224731##2 274) |
UZS 62 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Амоксициллин, сульбактам
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ispaniya
Dozasi
1,5 г
Производитель
World Medicine, Великобритания изготовлено: LDP-Laboratorios Torlan S.A., Испания по лицензии MEDREICH, Великобритания
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Inyeksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Baktamed in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Baktamed
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) ampitsillin, sulbaktam (ampicillin, sulbactam)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
1 flakoni quyidagilarni saqlaydi
Baktamed 0,75 g
ampitsillin (natriyli tuzi ko‘rinishida) 0,5 g;
sulbaktam (natriyli tuzi ko‘rinishida) 0,25 g;
Baktamed 1,5 g
ampitsillin (natriyli tuzi ko‘rinishida) 1,0 g;
sulbaktam (natriyli tuzi ko‘rinishida) 0,5 g;
Erituvchi bilan majmuada chiqariladigan shakli uchun
Baktamed 0,75 g 1,8 ml erituvchi bilan majmuada
Erituvchi bo‘lgan 1 ampula quyidagilarni saqlaydi
faol modda lidokain gidroxloridi – 5 mg/ml
yordamchi moddalar natriy xloridi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Baktamed 1,5 g 3,5 ml erituvchi bilan majmuada
Erituvchi bo‘lgan 1 ampula quyidagilarni saqlaydi
faol modda lidokain gidroxloridi – 5 mg/ml
yordamchi moddalar natriy xloridi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik (penitsillinlar guruhi).
ATX kodi J01CR01.
Farmakologik xususiyatlari
Baktamed – tarkibiga ampitsillin va sulbaktam kiruvchi majmuaviy preparat.
Ampitsillin grammusbat va grammanfiy aeroblarga ham, anaeroblarga ham bakteritsid ta'sirga ega bo‘lgan antibiotikdir; o‘zining bakteritsid ta'sirini xujayra membranasidagi mukopeptidlarining biosintezini ingibirlab amalga oshiradi. Ampitsillin beta-laktamazaning ta'siriga chidamli emas, oson parchalanib, davolashda samarasiz bo‘lib qoladi.
Sulbaktam penitsillin yadrosining hosilasi hisoblanadi. Penitsillinga rezistent mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan, beta-laktamazani qaytmas ingibirlaydi, bu ularni penitsillinlar va sefalosporinlarning ta'siriga chidamli qilib qo‘yadi. Ampitsillinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazani ingibirlab, sulbaktam sinergik ta'sir ko‘rsatadi.
Ampitsillin/sulbaktam in vitro sharoitlarda grammusbat mikroorganizmlar Stapylococcus aureus, Staphylococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes va Streptococcus viridans ga, grammanfiy mikroorganizmlar Haemophilus influenzae, Branhamella tarrhalis, Escherichia coli, Klebseilla spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Neisseria gonorrhoeae, Providencia rettgari, Providencia stuartii, Morganella morganii ga ta'sir ko‘rsatadi.
Anaerob mikroorganizmlar Bacteroides spp. (shu jumladan B. fragilis), Clostridium spp., Peptostreptococcus spp., Peptococcus spp. ampitsillin/sulbaktamga yuqori sezgir.
Qo‘llanilishi
Ampitsillin/sulbaktamga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan, turlicha joylashgan bakterial infektsiyalar
-nafas a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan pnevmoniya, o‘pka abstsessi, surunkali bronxit, plevra empiyemasi);
-LOR-a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan tonzillit, sinusit, o‘rta quloq otiti);
-siydik chiqarish tizimi va jinsiy a'zolarning infektsiyalari (shu jumladan piyelonefrit, piyelit, sistit, uretrit, prostatit, endometrit);
-teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (shu jumladan saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatitlar);
-suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari (shu jumladan osteomiyelit, septik artrit);
-me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan dizenteriya, salmonellez, salmonella tashuvchilik);
-safro chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan xoletsistit, xolangit);
-bakterial septitsemiya;
-meningit;
-peritonit;
-skarlatina;
-gonokokk infektsiyasi.
Qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a'zolarida o‘tkazilgan operatsiyalarda, operatsiyalardan keyingi asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Baktamed mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab, minutiga 60-80 tomchi tezlikda, oqim bilan asta-sekin 3-5 minut davomida) yuboriladi. Vena ichiga 5-7 kun davomida yuboriladi, so‘ngra, davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganida, mushak ichiga yuborishga o‘tiladi.
Kattalarga infektsiyani yengil kechishida sutkada 1,5-3 g 2 marta yuborish uchun buyuriladi; o‘rtacha og‘irlikda sutkada 3-6 g 3-4 marta yuborish uchun; infektsiyani og‘ir kechishida esa - sutkada 12 g 4 marta yuborish uchun buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza 12 g ni tashkil qiladi.
Asoratlanmagan gonoreyada - 1,5 g bir marta yuboriladi.
Jarrohlik infektsiyalarini oldini olish uchun anesteziya vaqtida 1,5-3 g; so‘ngra operatsiyadan keyin 24 soat davomida har 6-8 soatda xuddi shu dozada buyuriladi.
Bolalarga preparat 150 mg/kg bolaning tana vazniga nisbatan (100 mg/kg ampitsillin va 50 mg/kg sulbaktam) buyuriladi; sutkada 3-4 marta yuboriladi.
1 haftalikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalarga preparat har 12 soatda buyuriladi.
Baktamed preparati bilan davolash kursi 5 kundan 14 kungachani tashkil etadi (og‘ir kechuvchi jarayonlarda davolash davri uzaytirilishi mumkin). Harorat normallashganidan va simptomlari yo‘qolganidan so‘ng, davolash yana 48 soat davom ettirilishi kerak.
Buyraklar faoliyatini buzilishlarida ampitsillin va sulbaktamning eliminatsiyasi o‘zgaradi, plazmadagi miqdori esa o‘zgarmaydi. Bunday hollarda quyidagi sxema qo‘llanadi
Kreatinin klirensiPreparatning dozasiYuborishlar orasidagi interval
>301,5-3 g6-8 soat
15-291,5-3 g12 soat
5-141,5-3 g24 soat
Preparatni tayyorlash va yuborish qoidalari
Preparatning eritmasi uni tayyorlanganidan so‘ng darhol ishlatilishi kerak!
Mushak ichiga yuborish uchun 0,75 g li flakon ichidagisiga 1,8 ml, 1,5 g flakonga esa 3,5 ml 0,5% li lidokain gidroxloridi eritmasi qo‘shiladi.
Mushak ichiga yuborish uchun in'ektsiya uchun suv bilan (0,75 g - 2 ml; 1,5 g - 4 ml) yoki
0,5% li novokain eritmasi yoki natriy xloridining izotonik eritmasi bilan suyultirish mumkin.
Vena ichiga yuborish uchun bir martalik doza 10-20 ml natriy xloridining izotonik eritmasida eritiladi. Pasaytirilgan dozada (bolalarga) erituvchining hajmi kamaytiriladi. Vena ichiga tomchilab yuborish uchun preparat 100-200 ml natriy xloridining izotonik eritmasi yoki glyukozaning 5% eritmasida eritiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bo‘lishi mumkin diareya, qichishish, toshma va teri reaktsiyalari.
Kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada og‘riq, sanchiqlar, uyquchanlik, holsizlik, bosh og‘rig‘i.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga va penitsillinlar guruhining boshqa antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
-infektsion mononukleoz;
-laktatsiya (emizish) davri;
-mahalliy anestetiklarga yuqori sezuvchanlikda va yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllarida lidokain gidroxloridini saqlovchi erituvchi ishlatilmasligi kerak.
Qo‘llashga cheklovlar
Baktamed preparatini jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Baktamed preparatini bir flakonda yoki shpritsda boshqa antibiotiklar bilan aralashtirish mumkin emas!
Baktamed preparati qon mahsulotlari yoki oqsil gidrolizatlari, aminoglikozidlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir. Antatsidlar, glyukozamin, surgi dori vositalari, ovqat, aminoglikozidlar (enteral buyurilganida) Baktamed preparatining so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi.
Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, sikloserin, vankomitsin, rifampitsin) Baktamed bilan bir vaqtda qo‘llanganida sinergizm namoyon qiladi; bakteriostatik dori vositalari (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) - antagonizm namoyon qiladi.
Askorbin kislotasi Baktamed preparatini so‘rilishini oshiradi.
Baktamed bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini susaytirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); peroral kontratseptivlar, metabolizmi jarayonida paraaminobenzoy kislotasi hosil bo‘ladigan dori vositalari va etinilestradiolning samaradorligini pasaytiradi (katta qon ketishlar rivojlanishi mumkin). Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va boshqa dori vositalari ampitsillinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Allopurinol Baktamed bilan birga teri toshmasini rivojlanish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Penitsillinlarga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan patsiyentlarda sefalosporin antibiotiklariga kesishgan allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Preparat bilan kurslik davolash o‘tkazilganida qon yaratish a'zolari, jigar va buyraklarning faoliyatini nazoratini o‘tkazish lozim.
Baktamed preparatiga sezgir bo‘lmagan mikrofloraning o‘sishi hisobiga superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial terapiyani muvofiq ravishda o‘zgartirishni talab qiladi.
Sepsisi bo‘lgan bemorlarni davolashda bakterioliz reaktsiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin.
Homiladorlik va emizishda qo‘llanilishi
Homiladorlik davrida preparat faqat shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra va kuzatuvi ostida qo‘llanishi mumkin.
Preparatni laktatsiya davrida buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat patsiyentning ruxiy-jismoniy holatini o‘zgarishlarini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida serebral tirishishlar rivojlanishi mumkin.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Baktamed 0,75 g yoki 1,5 g №1 erituvchi bilan majmuada
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun flakonda 1,8 ml yoki 3,5 ml dan erituvchi bo‘lgan ampula (0,5% li liokain gidroxloridi eritmasi) bilan majmuada qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Baktamed 0,75 g yoki 1,5 g №10
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun flakonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-25oS haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«UORLD MEDITSIN», BUYUK BRITANIYA
(“WORLD MEDICINE”, GREAT BRITAIN)
«MEDRAYK» Buyuk Britaniya, 9 Royal Parad, Kyu Gardenz, Surrey, TW9 3QD
(“MEDREICH”, Great Britain, 9 Royal Parade, Kew Gardens, Surrey, TW9 3QD)
litsenziya bo‘yicha
«LPD-LABORATORIOS TORLAN S.A.», Ispaniyada ishlab chiqarilgan.
(“LDP-LABORATORIOS TORLAN S.A.”, Spain)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.