|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
Gaymoritni davolash uchun qanday antibiotiklar qo’llaniladi?
Gaymorit tashxisi qo‘yilganda, davolash majburiy tartibda o‘tkazilishi lozim. Kasallikni o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Gaymorit — bu yuqori jag' suyagi bo'shlig'ining ichki yuzasini qoplagan shilliq pardaning yallig'lanishidir. Gaymoritni davolash kasallikning shakliga, rivojlanish darajasiga va kechish og‘irligiga qarab tanlanadi.
Gaymoritda simptomlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-
bosh og‘rig‘i;
-
burun yondosh sohasida noqulaylik;
-
yuqori harorat;
-
burun bitishi;
-
umumiy intoksikatsiya;
-
burun oqishi;
-
va boshqalar.
Dori-darmonlar bilan davolashni gaymoritning dastlabki alomatlari paydo bo‘lishi bilan boshlash kerak.
Gaymoritni qanday davolash zarur?
Kasallik o‘tkir va surunkali shaklda o‘tishi mumkin. Terapiyani boshlashdan oldin shifokor tekshiruv o‘tkazadi va kasallikning turini aniqlaydi. Gaymoritning asosiy turlari:
-
yiringli;
-
kataral;
-
odontogen;
-
ikki tomonlama.
Shifokor odatda gaymoritda kattalarga antibiotiklarni buyuradi. Bunday davolanish bolalar uchun ham qo‘llaniladi, ammo mutaxassis kuzatuvi va to‘g‘ri dozani tanlash shart.
Gaymoritda qaysi antibiotiklar yaxshiroq ta’sir ko‘rsatadi?
Gaymoritda antibiotiklarni qo‘llash yallig‘lanish jarayonini davolashning eng samarali usulidir. Antibiotiklar tabletkalar, tomchilar, eritmalar shaklida qabul qilinadi.
Davolash uchun preparatlarning asosiy guruhlari: penitsillinlar, ftorxinolonlar, makrolidlar, sefalosporinlar. Dorilarni qo‘llashdan oldin antibiotiklarga sezgirlik testi o‘tkazilishi lozim. Davolash uchun samarali vositani shifokor tanlashi kerak. Mikroblarga qarshi preparatlarni mustaqil tanlash tavsiya etilmaydi, chunki noto‘g‘ri davolash vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
Kattalar va bolalar uchun gaymoritga qarshi samarali antibiotiklarni Toshkentda sotib olish
PharmaClick.uz saytida kattalar va bolalar uchun antibiotiklar eng arzon narxlarda taklif qilinadi. Internet-aptekamizda dorilarni qisqa muddat ichida ko'rsatilgan manzilga yetkazib berish imkoni mavjud. Shuningdek, biz buyurtmalarni respublikamizning boshqa shaharlariga ham yetkazib beramiz, ularni tanlangan buyurtma olish punktidan olishingiz mumkin. Agar saytimizdagi mahsulotlar yoki dori-darmonlarni qabul qilish bo'yicha qo'shimcha savollar bo'lsa, bizning onlayn mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.