Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fosfotsineo ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar 3g №1
Nomi | Narx | |||||
Фосфоцинео гран. для/приг. сусп. 3г №1 (8240304##2 320) |
UZS 82 100
UZS 85 600
-4%
Экономия UZS 3 500
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фосфоцинео гран. для/приг. сусп. 3г №1 (8240303##2 371) |
UZS 82 500
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фосфоцинео гран. для/приг. сусп. 3г №1 (8240301##2 375) |
UZS 82 500
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фосфоцинео гран. для/приг. сусп. 3г №1 (8240303##2 375) |
UZS 82 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Xitoy
Дозировка
3г
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Northeast Pharmaceutical Group Shenyang №1 Pharmaceutical Co., Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Гранулы для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fosfotsineo
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fosfomitsin trometamoli
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar
Tarkibi
1 paket quyidagilarni saqlaydi
faol modda 3 g fosfomitsinga ekvivalent bo‘lgan fosfomitsin trometamol – 5,631 g,
Ta'rifi oq yoki deyarli oq kristall kukun
Farmakoterapevtik guruhi
Fosfon kislotasi xosilalari guruhi antibiotigi. Uroantiseptik
ATX kodi J01XX01
Farmakologik xususiyatlari
Antibakterial va bakteritsid xususiyatga ega.
Farmakodinamika
Keng ta'sir doirasiga ega atibakterial vosita.
Ko‘pchilik grammanfiy, shu jumladan Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, va grammusbat mikroorganizmlarga Staphylococcus spp. (v t.ch. Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis), Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus faecalis) nisbatan faol.
Ta'sir mexanizmi bakteriyalarni xujayra devorini birinchi bosqich sintezini bostirilishi bilan bog‘liq. Fosfoenol piruvatni strukturali analogi hisoblanib, N-atsetil-glyukozamino-3-O-enolpiruvil-transfera fermenti bilan raqobatli o‘zaro ta'sirga kirishib, natijada ushbu fermentni spetsifik tanlangan va qaytmas ingibitsiya qilinishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. 3 g dozada bir martalik ichga qabul qilinganda biokiraolishligi 34-65% tashkil qiladi. Cmax 2-2,5 soatdan keyin erishiladi va 22-32 mkg/ml tashkil qiladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
Fosfomitsin trometamoli plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, organizmda fosfomitsin va tramadolga dissotsiyalanadi (antibakterial xususiyatga ega emas) va ortiq metabolizmga uchramaydi, asosan siydikda to‘planadi.
3 g bir martalik dozada qabul qilinganda siydikda yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi (1053 dan 4415 mg/l gacha), siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarini odatdagi ko‘pchilik qo‘zg‘atuvchilari uchun 99% ga bakteritsid. MChK (128 mg/l tashkil qiladi) 24-48 soat davomida siydikda tutib turiladi (bir kurs davolashni taklif qiladi).
Chiqarilishi
Plazmada T1/2 – 4 soat. Buyrak orqali (95% gacha) siydikda yuqori kontsentratsiyalarda xosil bo‘lishi bilan taxminan 5% - safro bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi.
Alohida klinik xolatlar farmakokinetikasi
Buyrak faoliyati o‘rtacha pasayishi bo‘lgan (KK>80 ml/min) patsiyentlarda, shu jumladan keksa shaxslarda uni fiziologik pasayishi, fosfomitsin T1/2 biroz uzayadi, ammo siydikdagi kontsentratsiyasi terapevtik darajada qoladi.
Qo‘llanilishi
- o‘tkir bakterial sistit;
- bakterial sistitni qaytalanuvchi o‘tkir xurujlari;
- spetsifik bo‘lmagan bakterial uretrit;
- homiladorlarda simptomsiz massiv bakteriuriya;
- siydik yo‘llarini operatsiyadan keyingi infektsiyalari;
- jarroxlik aralashuvlarida va transuretral diagnostik tadqiqotlarda siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni oldindan bir stakan suvda eritib ichga qabul qilinadi.
Kattalarga preparat 3 g dan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash kursi 1 kunni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganda (og‘ir yoki qaytalanuvchi infektsiyalarda, keksa shaxslarga) 3 g dozada 24 soatdan keyin preparatni qayta qabul qilish mumkin.
Profilaktik maqsadda jarrohlik aralashuvlarida siydik yo‘llarini infektsiyalanishida, transuretral tadqiqotlar muolajasida preparatni 3 g dozada aralashuvdan 3 soat oldin va birinchi qabuldan 24 soatdan keyin 3 g qabul qilinadi.
5 yoshdan katta bolalarga preparat 2 g dozada faqat bir marta buyuriladi. Preparat buyurilayotganda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga dozani pasaytirish va qabul qilish orasidagi intervalni oshirish kerak.
Qabul qilishdan oldin granulalarni 1/3 stakan suvda eritiladi. Preparatni sutkada 1 marta och qoringa ovqatdan 2 soat oldin yoki keyin (uyqudan oldin qo‘llash afzalroq), oldindan qovuqni bo‘shatib qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Fosfomitsina trometamoli yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda namoyon bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar quyidagi tomonlardan
- ovqat hazm qilish tomonidan ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya
- boshqalar terida toshma, allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- fosfomitsinga yuqori sezuvchanlik
- yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi kamida minutiga 10 ml)
- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida va siydikda fosfomitsin kontsentratsiyasi pasayishi mumkin (ushbu kontsentaratsiya tavsiya etilmaydi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ertalab och qoringa yoki ovqatdan 2 soatdan keyin qabul qilish kerak, chunki ozuqa preparatni so‘rilishini ushlab qoladi.
Homiladorlik va laktatsiya
Agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan xollarda homiladorlarda Fosfotsinni qo‘llash mumkin, va mutaxassis kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Fosfomitsin juda kam kontsentratsiyalarda ko‘krak suti orqali chiqariladi. Fosfotsinni laktatsiya davrida qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish xavfi minimal darajada.
Davolash jadallashgan diurez.
Chiqarilish shakli
Bir markirovka qilingan paketdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Northeast Pharmaceutical Group Shenyang №1 Pharmaceutical Co., Ltd
Manzili
Xitoy, Shenьyan sh., Ekonomik va texnologik rivojlangan xudud, Kunьmin ko‘ch. 8
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin' Sen'” MChJ, Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.