Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Левофлоксацин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Dozasi
5 мг/мл
Производитель
Юрия Фарм ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Leflotsin rastvor infuziya uchun 5 mg / ml 100 ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Leflotsin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levofloksatsin
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblangandalevofloksatsin polugidrati – 5 mg;
yordamchi moddalar natriy xloridi, dinatriy edetati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, sariq yoki yashilroq-sariq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibakterial vosita (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi J01MA12
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si. Levofloksatsin – ftorxinolonlar guruhiga mansub sintetik antibakterial vositadir va ofloksatsin dori vositasi ratsemik aralashmasining S- enantiomeri hisoblanadi.
Ta'sir mexanizmi
Ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan antibakterial preparat sifatida levofloksatsin DNK-DNK –giraza va topoizomeraza IV kompleksiga ta'sir qiladi.
Antibakterial ta'sir doirasi
Tanlangan turlar uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bo‘yicha o‘zgarishi mumkin va ayniqsa og‘ir infektsiyalarni davolaganda rezistentlik haqida mahalliy ma'lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy rezistentlik darajasi preparatning foydaliligi hech bo‘lmaganda ba'zi infektsiya turlariga gumonli bo‘lganida zarurati bo‘lganida maslahat uchun mutaxassisga murojaat qilish lozim.
Odatda sezgir turlar
Aerob grammusbat bakteriyalar
Staphylococcus aureus * metitsillinga sezgir, Staphylococcus saprophyticus, Streptococci, C va G guruhi, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae*, Streptococcus pyogenes*
Aerob grammanfiy bakteriyalar
Burkholderia cepacia**, Eikenella corrodens, Haemophilus influenzae*, Haemophilus parainfluenzae*, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae*, Moraxella cat arrhalis*, Pasleurella multocida, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri
Anaerob bakteriyalar
Peptostreplococcus
Boshqalar
Chlamydophila pneumoniae*, Chlamydophila psittaci, Chlamidia trachomatis, Legionella pneumophila*, Mycoplasma pneumoniae*, Mycoplasma hominis, Ureaplasma urealyticum
Orttirilgan (ikkilamchi) rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlari
Aerob grammusbat bakteriyalar
Enterococcus faecalis*, Staphylococcus aureus metitsilinga rezistent, Staphylococcus coagulase spp.
Aerob grammanfiy bakteriyalar
Acinetobacter baumcmnii*, Citrobacter freundii*, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomérons, Enterobacter cloacae*, Escherichia coli*, Morganella morganii*, Proleus mirabilis*, Providencia Stuartii, Pseudomonas aeruginosa*, Serratia marcescens*
Anaerob bakteriyalar
Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatus**, Bacteroides thetaiotamicron**, Bacteroides vulgatus**
Clostridium difficile**
* Tasdiqlangan klinik ko‘rsatmalarda klinik samaradorlik sezgir izolyatlar uchun namoyish qilingan.
** tabiiy oraliq sezgirlik
Boshqa ma'lumotlar
R. aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalar majmuaviy davolashga muxtoj bo‘lishlari mumkin.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Levofloksatsinni vena ichiga yuborilgandan va peroral qabul qilingandan keyin farmakokinetikasida ahamiyatli farqi yo‘q.
Vena ichiga yuborilgandan so‘ng preparat bronxlar shilliq qavati va o‘pka to‘qimasining bronxial sekretida (o‘pkadagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagidan oshadi), siydikda to‘planadi. Levofloksatsin orqa miya suyuqligiga yomon o‘tadi.
Taqsimlanishi
Levofloksatsinning taxminan 30-40 % ni qon zardobi oqsilari bilan bog‘lanadi. Levofloksatsinni sutkada 1 marta 500 mg dan ko‘p marta qo‘llanganda to‘planish samarasi deyarli yo‘q.
Bir kunda ikki marta 500 mg dozadan qo‘llanilganda ahamiyatsiz, oldindan aytish mumkin bo‘lgan to‘planish samarasi bor. Turg‘un holatiga 3 kun davomida erishiladi.
Organizmning to‘qima va suyuqliklariga o‘tishi
Bronxlar shilliq qavati, o‘pka to‘qimasining bronxial suyuqligiga (O‘TBS) o‘tishi
500 mg levofloksatsin peroral qo‘llanilgandan keyin, bronxlar shilliq qavati va o‘pka to‘qimasining bronxial suyuqligidagi maksimal kontsentratsiyasi, muvofiq ravishda 8,3 mkg/g va 10,8 mkg/g ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlarga preparat qo‘llangandan keyin bir soat davomida erishildi.
O‘pka to‘qimasiga o‘tishi
500 mg levofloksatsin peroral qabul qilgandan so‘ng, o‘pka to‘qimalaridagi maksimal kontsentratsiyasi 11,3 mkg/g ni tashkil qildi va preparat qo‘llangandan keyin 4-6 soat o‘tgach erishildi. O‘pkadagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasidan oshadi.
O‘t pufagi ichidagisiga o‘tishi
O‘t pufagi ichidagisiga o‘tishi preparat qo‘llangandan so‘ng, sutkada 500 mg dozada bir yoki ikki marta qo‘llashga qarab muvofiq ravishda 2-4 soatdan so‘ng va 3 kundan so‘ng levofloksatsinning maksimal kontsentratsiyasi 4,0-6,7 mkg/ml ga erishildi.
Orqa miya suyuqligiga o‘tishi
Levofloksatsin orqa miya suyuqligiga yomon o‘tadi.
Prostata to‘qimasiga o‘tishi
500 mg levofloksatsinni sutkada 1 marta 3 kun davomida qo‘llangandan so‘ng, prostata to‘qimasidagi o‘rtacha kontsentratsiyasi 2 soat, 6 soat va 24 soatda muvofiq ravishda 8,7 mkg/g, 8,2 mkg/g va 2,0 mkg/g ni tashkil qiladi; prostata/plazma kontsentratsiyasining o‘rtacha koeffitsiyenti 1,84 ni tashkil qiladi.
Siydikdagi kontsentratsiyasi
Levofloksatsinning 150 mg, 300 mg va 500 mg dozasini bir marta qabul qilgandan so‘ng 8-12 soatdan so‘ng siydikdagi o‘rtacha kontsentratsiyasi, muvofiq ravishda 44 mg/l, 91 mg/l va 200 mg/l ni tashkil qiladi.
Biotransformatsiyasi
Levofloksatsin juda kam miqdorda metabolizmga uchraydi, dismetil- levofloksatsin va levofloksatsin N-oksid metabolitlari hisoblanadi. Bu metabolitlar siydik bilan chiqariladigan preparatning 5% dan kamrog‘ini tashkil qiladi. Levofloksatsin stereokimyoviy turg‘un hisoblanadi va xiral tuzilishi inversiyaga uchramaydi.
Chiqarilishi
Levofloksatsin peroral va vena ichiga yuborilgandan so‘ng, qon plazmasidan nisbatan sekin chiqariladi (yarim chiqarilish davri 6-8 soatni tashkil qiladi). Odatda buyrak orqali chiqariladi (yuborilgan dozaning 85% dan ko‘prog‘i).
Levofloksatsin vena ichiga yuborilganidan va peroral qabul qilingandan keyingi farmakokinetikasida nisbatan ahamiyatli farqi yo‘q, bu ikkala yo‘l (peroral va vena ichiga) bir-birining o‘rnini bosishi mumkinligidan dalolat beradi.
To‘g‘ri proportsional
Levofloksatsin50-600 mg diapazonda to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikaga ega.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar proportsional
Buyrak yetishmovchiligi levofloksatsinning farmakokinetikasiga ta'sir qiladi. Buyrak funktsiyasi pasayganda quyida keltirilgan jadvalda ko‘rsatilganidek buyrak orqali chiqarilishi va klirensi kamayadi, yarim chiqarilish davri esa uzayadi
Kreatinin klirensi (ml/minut)<2020-4050-80
Buyrak klirensi (ml/minut)132657
Yarim chiqarilish davri (soatlar)35279
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Yosh patsiyentlar va keksa yoshdagi patsiyentlar orasida levofloksatsinning farmakokinetikasida kreatinin klirensi bilan bog‘liq farqdan boshqa farqlar yo‘q.
Jinsga oid farqlar
Erkak va ayol jinsli patsiyentlarga nisbatan alohida tahlili, levofloksatsinning farmakokinetikasini jinsga bog‘liq ahamiyatsiz farqlanishini ko‘rsatadi. Bu jinsga oid farqlar klinik ahamiyatga ega ekanligining isboti yo‘q.
Qo‘llanilishi
Vena ichiga yuborish uchun Leflotsin® kattalarda bakterial yallig‘lanish jarayonlarni davolash uchun, agar ular levofloksatsinga sezgir bakteriyalar tomonidan chaqirilgan bo‘lsa buyuriladi o‘pka yallig‘lanishi, siydik chiqaruv yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan, piyelonefrit), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, surunkali bakterial prostatitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga yuborish uchun Leflotsin® ni rezina tiqini teshilgandan keyin darhol (3 soat davomida) qo‘llash kerak. Infuziya vaqtida yorug‘likdan himoya qilish kerak emas.
Vena ichiga yuborish uchun ertimani yorug‘likdan himoyalanmagan holda xona yorug‘ligida maksimum 3 sutka davomida saqlash mumkin.
Peroral va parenteral shakllarining biologik ekvivalentligini hisobga olib, bir xil dozalash mumkin.
Dozalash infektsiyaning turi va og‘irligiga bog‘liq.
Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori buyrak funktsiyasi normal bo‘lgankattalar uchun, odatda preparatning quyidagi dozalari tavsiya qilinadi
Ko‘rsatmaSutkalik dozaSutkada yuborishlar soni
Kasalxonadan tashqari pnevmoniyalar500 mg1-2 marta
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan piyelonefrit250 mg*1 marta
Surunkali bakterial prostatit500 mg**1 marta
Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari500 mg**1-2 marta
*Og‘ir infektsiyada dozani oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak (bu faqat infuziya uchun eritmalarga taaluqli).
**Patsiyentning holatiga qarab, bir necha kun o‘tgandan keyin boshlang‘ich vena ichiga yuborishdan xuddi shu dozada peroral qabul qilishga o‘tish mumkin.
***Anaerob qo‘zg‘atuvchilarga ta'sir qiluvchi antibiotiklar bilan majmuada.
Levofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak funktsiyasi susaygan patsiyentlarda doza kamaytirilishi kerak.
Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kamroqni tashkil etuvchi buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozalash
Kreatinin
klirensi
Dozalash tartibi
(infektsiyaning og‘irlik darajasi va nozologik shakliga ko‘ra)
250 mg/24 soat500 mg/24 soat500 mg/12 soat
Minutiga 50-20 mlbirinchi doza
250 mg
keyingisi
125 mg/24 soatdabirinchi doza 500 mg keyingisi
250mg/24 soatdabirinchi doza
500 mg
keyingisi
250 mg/12 soatda
Minutiga 19-10 mlbirinchi doza
250 mg
keyingisi
125 mg/48 soatdabirinchi doza
500 mg
keyingisi
125 mg/48 soatdabirinchi doza
500 mg
keyingisi
125 mg/12 soatda
<10 ml/minut
(shu jumladan gemodializda va SAPD1)birinchi doza
250 mg
keyingisi
125 mg/48 soatdabirinchi doza
500 mg
keyingisi
125 mg/48 soatdabirinchi doza
500 mg
keyingisi
125 mg/24 soatda
1-gemodializdan yoki surunkali ambulator peritoneal dializdan (SAPD) so‘ng qo‘shimcha dozalar kerak emas.
Jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozalash. Levofloksatsin jigarda ahamiyatsiz darajada metabolizmga uchrashi sababli dozaga tuzatish kiritish kerak emas.
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozalash. Agar buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lmasa dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Leflotsin® vena ichiga yuborish uchun eritmasi vena ichiga sekin tomchi infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Bir flakon Leflotsin® ni yuborish davomiyligi (vena ichiga yuborish uchun 500 mg levofloksatsinli 100 ml eritma) 60 minutdan kam bo‘lmagan vaqtni tashkil qilishi kerak. Patsiyentning holatiga qarab, bir necha kundan keyin vena ichiga yuborish xuddi shu dozada peroral qabul qilishga o‘tish mumkin.
Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Boshqa antibakterial vositalarni qo‘llagandagi kabi, tana harorati me'yorlashgandan keyin yoki mikrobiologik testlar bilan qo‘zg‘atuvchilarning yo‘qolganligini tasdiqlangan keyin Leflotsin® bilan davolashda, kamida 48-72 soat davomida davom ettirish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Infektsiya va invaziyalar mikozlar (va boshqa rezistent mikroorganizmlarning proliferatsiyasi)
Qon yaratish tizimi va limfatik tizim tomonidan buzilishlar leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, gemolitik anemiya.
Immun tizimini buzilishlari anafilaktik shok (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang), anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar ba'zida xatto birinchi dozani qabul qilgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin, yuqori sezuvchanlik (o‘ta yuqori sezuvchanlik) (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”bo‘limiga qarang).
Metabolizm va oziqlanishni buzilishlari anoreksiya, gipoglikemiya, asosan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”bo‘limiga qarang).
Ruhiy o‘zgarishlar uyqusizlik, asabiylik, psixotik buzilishlar, depressiya, ongni chalkashishi, bezovtalik, ajitatsiya, tashvishga tushish, suitsidal yunalishga ega bo‘lgan fikrashni yoki harakatni o‘z ichiga olgan o‘z-o‘zini buzuvchi xatti-harakatli psixotik reaktsiyalar
Maxsus ko‘rsatmalar
”bo‘limiga qarang), gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimini buzilishlari bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Kam hollarda konvulsiyalar, tremor, paresteziya, sensor yoki sensomotor periferik neyropatiya, disgevziya (ta'm bilishni sub'ektiv buzilishi), shu jumladan agevziya (ta'm bilishni yo‘qolishi), parosmiyadan (hid bilishni buzilishi), shu jumladan anosmiya (hid bilishni yo‘qolishi).
Ko‘rishni buzilishi ko‘rishni buzilishlari.
Eshitish va quloq labirintini buzilishi vertigo, eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin.
Yurak tomonidan buzilishlar taxikardiya,elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” (QT intervalini uzayishi) va “
Dozani oshirib yuborilishi
” bo‘limiga qarang).
Vaskulyar buzilishlar gipotenziya.
Nafas, ko‘krak qafasi va mediastinal buzilishlar bronxospazmlar, dispnoe, allergik pnevmonit.
Me'da-ichak yo‘llarini buzilishlari diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, dispepsiya, qorinni dam bo‘lishi, gemorragik diareya, bu kam hollarda soxta membranoz kolitni o‘z ichiga olgan enterokolit haqida dalolat berish mumkin.
Gepatobiliar buzilishlar jigar enzimlari ko‘rsatkichlarini oshishi (ALT/AST, ishqoriy fosfotza, GGTP). Tez-tez emas asosan og‘ir darajadagi asosiy kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsin qabul qilganda qonda bilirubinni oshishi, gepatit, sariqlik va o‘tkir jigar yetishmovchiligi hollarini o‘z ichiga olgan jigarning og‘ir shikastlanish hollari qayd etilgan (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar toshma, qichishish, urtikariya, angionevrotik shish, quyosh va ultrabinafsha nurlariga yuqori sezuvchanlik, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, gipergidroz. Ba'zida hatto birinchi doza qabul qilinganidayoq teri-shilliq qavatlar reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar paylarni shikastlanishi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang), shu jumladan ularni yallig‘lanishi (masalan, axill paylarini), artralgiya, mialgiya, paylarni uzilishi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang). Bu noxush nojo‘ya ta'sirlar davolash boshlangandan keyin 48 soat davomida paydo bo‘lishi va ikkala oyoqning axill paylarini shikastlashi mumkin. Mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz), ayniqsa og‘ir miasteniya gravis bo‘lgan bemorda bo‘lishi mumkin bo‘lgan mushaklarning kuchsizligi alohida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar qon zardobida kreatinin ko‘rsatkichlarini oshishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrit oqibatida).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holat infuziya joyida og‘riq va qizarish, venalarni yallig‘lanishi (flebit), asteniya, pireksiya, og‘riq (shu jumladan, belda, ko‘krakda va qo‘l-oyoqlardagi og‘riq).
Ftorxinolonlarni qabul qilish bilan assotsiatsiyalangan boshqa nojo‘ya ta'sirlar orasida, quyidagilar
-ekstrapiramid simptomlar va harakat koordinatsiyasining boshqa buzilishlari;
-gipersensitiv vaskulit;
-porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarda porfiriya xurujlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Levofloksatsin yoki boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlik, tutqanoq, xinolonlarni avvalgi qo‘llangandan keyin paylar tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarga shikoyatlar bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarini Leflotsin® preparatiga ta'siri.
Teofillin, fenbufen yoki shunga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar
Levofloksatsinni teofillin bilan o‘zaro farmakokinetik ta'siri aniqlanmagan. Lekin xinolonlarni tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishi mumkin bo‘lgan teofillin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va boshqa agentlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda, tirishish bo‘sag‘asi ahamiyatli darajada pasayishi mumkin. Levofloksatsinning faqat o‘zini qabul qilgandagiga qaraganda, fenbufen mavjudligida levofloksatsinning kontsentratsiyasi taxminan 13% yuqori.
Probenetsid va simetidin
Probenetsid va simetidin levofloksatsinni chiqarilishiga statistik ishonchli ta'sir ko‘rsatadi. Levofloksatsinning buyrak klirensi simetidin mavjudligida 24% ga, probenetsid mavjudligida esa 34% ga pasayadi. Chunki ikkala preparatlar levofloksatsinning naychalardagi sekretsiyasini bloklash kabi xususiyatiga ega.
Ammo tadqiqotlarda sinalgan dozalarda, statistik ahamiyatli kinetik farqlarni klinik ahamiyatga ega bo‘lish ehtimoli yo‘q. Ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsinni probenetsid vasimetidin kabi naychalar sekretsiyasiga ta'sir qiluvchi dori vositalari bilan qo‘llaganda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.
Boshqa ma'lumotlar.
Farmakologiyaning klinik tadqiqotlarida, levofloksatsin quyidagi dori vositalari kaltsiy karbonati, digoksin, glibenklamid, ranitidin bilan birga qo‘llanilganda, levofloksatsinning farmakokinetikasiga hech qanday klinik ahamiyatli ta'sir qilmasligi namoyish qilingan.
Leflotsin® preparatining boshqa dori vositalariga ta'siri
Siklosporin
Levofloksatsin bilan birga qo‘llanilganda siklosporinning yarim chiqarilish davri 33% ga oshadi.
K vitamini antagonistlari
K vitamini antagonistlari (masalan, varfarin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda koagulyatsion testlarni (PV/xalqaro me'yorlashtirilgan nisbatlar) oshganligi va/yoki yaqqol rivojlangan qon ketishlari yuzaga kelganligi haqida ma'lumotlar bor. K vitamini antagonistlarini paralell qabul qilayotgan patsiyentlarda, koagulyatsiya ko‘rsatkichlarini nazorat qilib turish tavsiya etiladi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari
QT intervalini uzaytiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan dori vositalarini (masalan;ІA i III sinfi aritmiyaga qarshi vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar) qabul qiluvchi patsiyentlarda, boshqa ftorxinolonlar kabi levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” (QT intervalining uzayishi) bo‘limiga qarang).
Nomutanosiblik.
Leflotsin® 5 mg/ml infuziya uchun eritmasini geparin yoki ishqoriy eritmalar (masalan natriy gidrokarbonati) bilan, “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limida ko‘rsatilgan dori vositalaridan boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Infuziya uchun boshqa eritmalar bilan aralashtirish
Leflotsin® 5 mg/ml infuziya uchun eritmasi quyidagi infuziya uchun eritmalar bilan mutanosib 0,9 % li natriy xloridi eritmasi, 5 % li glyukoza monogidrati, Ringer eritmasidagi 2,5 % li dekstroza, parenteral oziqlantirish uchun ko‘pkomponentli eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar).
Maxsus ko‘rsatmalar
Pnevmokokklar chaqirgan o‘pka yallig‘lanishini juda og‘ir kechishida, Leflotsin® preparati optimal terapevtik samara bermasligi mumkin.
P. aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalar majmuaviy davolashda talab qilishi mumkin.
Yuborish davomiyligi
Leflotsin® preparatining infuziya uchun eritmasini tavsiya etilgan yuborish davomiyligi 500 mg uchun 60 minutdan kam bo‘lmasligi kerak. Ma'lumki, ofloksatsinni tegishli, infuziyasi vaqtida taxikardiya va qon bosimining vaqtinchalik oshishi kuzatilishi mumkin. Kam hollarda qon bosimini birdan tushib ketishini oqibati sifatida sirkulyator kollaps kuzatilishi mumkin. Agar levofloksatsinni yuborish vaqtida (ofloksatsinning l-izomeri) qon bosimini yaqqol pasayishi kuzatilsa, yuborishni darhol to‘xtatish kerak.
Tendinit va paylarni uzilishi
Kam hollarda tendinit hollari yuzaga kelishi mumkin. Ko‘pincha bu axill payiga tegishli bo‘ladi va payni uzilishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarda va kortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda tendinit va paylarni uzilish xavfi oshadi. Shuning uchun, agar ularga Leflotsin® preparati buyurilsa, bunday patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Agar patsiyentlar tendinit simptomlari paydo bo‘lganini kuzatishsa, ular shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Tendenitga shubha qilinganda Leflotsin® preparati bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak (masalan, paylarning immobilizatsiyasini ta'minlash).
Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan kasalliklar
Leflotsin® preparati bilan davolaganda va davolagandan keyin yuzaga kelgan, asosan og‘ir hollardagi doimiy davom etuvchi va/yoki gemorragik diareya Clostridium difficile chaqirgan kasallikning simptomlari bo‘lib, uning og‘irroq shakli soxtamembranoz kolit hisoblanadi.
Soxtamembranoz kolitga shubha tug‘ilganda Leflotsin® preparatining infuziyasini darhol to‘xtatish zarur va patsiyentlarni darhol samarani bir maromda saqlab turuvchi vositalar bilan davolashni ± maxsus davolashni (masalan, vankomitsinni peroral qabul qilish) boshlash kerak. Bunday klinik vaziyatda ichak motorikasini susaytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas.
Tirishishlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar
Anamnezida tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda Leflotsin® infuziya uchun eritmasini qo‘llash mumkin emas. Fenbufen yoki unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari yoki teofillin kabi tirishishga tayyorlikni oshiruvchi (tirishish bo‘sag‘asini pasaytiruvchi) o‘xshagan dori vositalari bilan bir vaqtda davolaganda, markaziy nerv tizimining oldingi shikastlanishlar bo‘lgan patsiyentlar kabi tirishishga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda boshqa xinolonlar xolidagi kabi, o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang). Konvulsiyalar paydo bo‘lgan xollarda levofloksatsin bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza faolligini yashirin yoki mavjud nuqsonlari bo‘lgan patsiyentlarda xinolon guruhi antibakterial vositalar bilan davolanganda gemolitik reaktsiyalarga moyillik bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularga levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Levofloksatsinni asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak funktsiyasi susaygan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish kerak (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limiga qarang).
Yuqori sezuvchanlik (o‘ta yuqori sezuvchanlik) reaktsiyalari
Levofloksatsin boshlang‘ich dozada qo‘llangandan keyin vaqti-vaqti bilan yuqori sezuvchanlikning jiddiy potentsial fatal reaktsiyalarini (masalan, xatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan angionevrotik shish) chaqirishi mumkin (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang). Bunday hollarda darhol davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Gipoglikemiya
Barcha xinolonlar xolidagi kabi, gipoglikemiya hollari kuzatilganligi haqida ma'lumotlar bor, ayniqsa insulin yoki peroral gipoglikemik vositalar (masalan, glibenklamid) bilan yondosh davolanuvchi qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda qonda glyukoza miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang).
Fotosensibilizatsiyani oldini olish
Garchi levofloksatsin qo‘llanilganda fotosensibilizatsiya juda kam hollarda paydo bo‘lsa ham, undan saqlanish maqsadida, patsiyentlarga alohida zaruratsiz kuchli quyosh nurlari yoki sun'iy ultrabinafsha nurlari (masalan, solyariylarda bo‘lish, sun'iy ultrabinafsha lampalari) ta'siriga duchor bo‘lmaslik tavsiya etiladi.
K vitamini antagonistlarini qabul qilgan patsiyentlar
K vitamini antagonisti (masalan, varfarin) bilan birga Leflotsin® qabul qilgan patsiyentlarda koagulyatsion testlar ko‘rsatkichlarining mumkin bo‘lgan oshishi (PV/halqaro me'yorlashtiruvchi nisbat) va/yoki qon ketishi natijasida, agar bu dori vositalari bir vaqtda qo‘llansa, koagulyatsion testlarini kuzatish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang).
Psixotik reaktsiyalar
Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilayotgan patsiyentlarda psixotik reaktsiyalar haqida xabar berilgan. Kam hollarda, ba'zan levofloksatsinning faqat birgina dozasini qabul qilgandan keyin, ular suitsidal fikrlar va o‘z-o‘zini buzuvchi xatti-harakatli psixotik reaktsiyalargacha rivojlangan (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang). Agar patsiyentda bu reaktsiyalar paydo bo‘lsa, levofloksatsinni qabul qilishni to‘xtatish va tegishli chora-tadbirlarni qo‘rish kerak. Anamnezida ruhiy buzilishlari va psixotik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
QT intervalini uzayishi
QT intervalini uzayish xavfining ma'lum omillari bo‘lgan patsiyentlarda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qo‘llashga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, masalan
-QT intervalini uzayishining tug‘ma sindromi;
-QT intervalini uzayishiga olib keluvchi preparatlarni yondosh qo‘llash (masalan;ІA i III sinfi aritmiyaga qarshi vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar);
-muvofiqlashtirilmagan elektrolitlar disbalansi (masalan; gipokaliyemiya, gipomagniyemiya);
-keksa yoshdagi patsiyentlar;
-yurak kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) ("
Qo‘llash usuli va dozalari
" (Keksa yoshdagi patsiyentlar) bo‘limi, “Dorilaning o‘zaro ta'siri” bo‘limi, “Nojo‘ya ta'sirlar” bo‘limi “
Dozani oshirib yuborilishi
” bo‘limiga qarang).
Periferik neyropatiya
Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilgan patsiyentlarda tez yuz berishi mumkin bo‘lgan sensor yoki sensomotor periferik neyropatiya haqida xabar berilgan.
Agar patsiyentlarda neyropatiya simptomlari paydo bo‘lsa, qaytmas xolatlar yuzaga kelishini oldini olish uchun levofloksatsin qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Opiatlar
Levoflokasatsinqabul qilgan patsiyentlar, siydikda opiatlarni aniqlash soxta musbat natija berishi mumkin. Opiatlarga musbat natijalarni maxsus usullar yordamida tasdiqlash zarurati tug‘ilishimumkin.
Gepatobiliar buzilishlar
Asosan og‘ir darajadagi asosiy kasalligi masalan, sepsis bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsin qabul qilganda, hatto jigar yetishmovchiligigacha bo‘lgan hayotga xavf soluvchi nekrotik gepatitlar haqida xabar berilgan (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang). Agar anoreksiya, sariqlik, siydik rangini to‘qlashishi, qorin sohasida qichishish va og‘riq kabi jigar kasalligining ko‘rinishlari va belgilari paydo bo‘lsa, patsiyentlarga davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilishni tavsiya etish kerak.
Avtotransport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Transport vositalarini boshqaruvchi, mashina va mexanizmlar bilan ishlovchi patsiyentlar, nerv tizimiga noxush ta'sirini (bosh aylanishi, qo‘l-oyoqlarning qotib qolishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, ko‘rish va eshitishni buzilishi, yurish vaqtida harakat jarayonlarini buzilishini) hisobga olishlari kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Tadqiqotlar yo‘qligi va o‘suvchi organizmda bo‘g‘im tog‘aylarini xinolonli shikastlanishi mumkin bo‘lganligi tufayli, Leflotsin® ni homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas. Agar Leflotsin® bilan davolash vaqtida homiladorlik aniqlansa, shifokorga xabar berish kerak.
Bolalar. Leflotsin® preparatini bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda, bo‘g‘im tog‘ayini shikastlanishi inkor etilmasligi sababli, qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Leflotsin® preparatining dozasini oshirib yuborilishini muxim oldindan aytish mumkin bo‘lgan simptomlari markaziy nerv tizimiga tegishli (bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish xurujlari). Terapevtik dozadan yuqori dozalar qo‘llagandagi tekshiruv natijalariga ko‘ra, QT-intervalining uzayishi kuzatilgan. Doza oshirib yuborilgan hollarda patsiyentni diqqat bilan, shu jumladan EKG ni kuzatish kerak.
Davolash – simptomatik.
Gemodializ, shu jumladan peritoneal dializ yoki SAPD, organizmdan levofloksatsinni chiqarish uchun samarali hisoblanmaydi. Hech qanday spetsifik antidotlari yo‘q.
Chiqarilish shakli
.
100 ml dan shisha butilkalarda; o‘ramda 1 butilkadan. 100ml dan konteynerlarda; o‘ramda 1 konteynerdan.
Saqlash sharoiti
25oS yuqori bo‘lmagan haroratda orginal o‘ramda saqlansin.
Yorug‘likdan himoyalanmagan eritma 3 sutkadan ortiq saqlash mumkin emas.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
.
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«YURIYA-FARM» MChJ
Ukraina, 18030, Cherkass sh., Verbovets ko‘ch., 108. Tel./faks (044) 281-01-01
Qadoqlovchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«INTEGRA DD» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, 140519, Samarqand viloyati, Pastdarg‘on tumani, “Dimishiqbola” QFY, Kimyogar mahallasi
Tel/faks (+99866) 230-40-10.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.