Быстрый просмотр
|
|
от UZS 163 200
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 159 700
-
+
|
Immunodepressantlar: tasnifi va qo‘llanilishi
Immunodepressantlar tibbiy preparatlarning katta sinfi bo‘lib, ularning asosiy vazifasi immunitetni sun’iy ravishda susaytirishdan iborat.
Immunodepressantlar: nima uchun ishlatiladi va qanday ta’sir qiladi
Immunitetni sun’iy susaytirish yoki immunosupressiya to‘qima va organlarni ko‘chirib o‘tkazishda davolash usuli hisoblanadi. Bu guruh preparatlari autoimmun kasalliklarni davolashda ham buyuriladi.
Qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar: a’zolar ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng organizmning ko‘chirib o‘tkaziladigan a’zolarni qabul qilmasligi, yuqumli kasalliklar bilan zararlanishi yoki xatarli o‘smalar hosil bo‘lishining yuqori xavfi. Organizmning yot to‘qimaga bunday reaksiyasi immunologik nomuvofiqlik bilan bog‘liq. Natijada hosil bo‘lgan antitanalar ko‘chirib o‘tkazilgan to‘qimani yo‘q qiladi. Shuning uchun transplantatsiya qilingan a’zo va to‘qimalarning yashab qolish imkoniyatini oshirish maqsadida klinik amaliyotda immunosupressiv ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalaridan foydalaniladi.
Immunodepressantlarni tayinlashdan oldin, shifokor barcha qarshi ko‘rsatmalarni, shuningdek, bemorning individual xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Ko‘pgina immunosupressorlar bir qator nojo‘ya ta’sirlarga ega, shuning uchun ularni qat’iy dozaga rioya qilgan holda juda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Immunodepressantlar turlari
Ushbu sinf preparatlari ta’sir mexanizmi va ko‘rsatadigan effektiga qarab tasniflanadi. Ikkinchi holatda preparatlarning 2 turi farqlanadi:
-
Immunitetni bir me’yorda susaytiruvchi immunodepressantlar;
-
Tanlovchan ta’sir ko‘rsatuvchi immunodepressantlar.
Shuningdek, ushbu preparatlarning tasnifi ularning hujayraviy yoki gumoral immunitetga ta’siri bo‘yicha amalga oshiriladi.
Preparatlar turli xil dori shakllarida: kapsulalar, tabletkalar, eritmalar shaklida ishlab chiqariladi.
Toshkentda immunodepressant dorilarni qayerdan sotib olish mumkin?
"PharmaClick.uz" internet-dorixonasida immunosupressorlarni qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Kerakli preparatlarni topishda sizga bizning veb-saytimiz yordam beradi. Ularni bir necha marta bosish orqali xarid qilishingiz mumkin: qidiruv yordamida kerakli immunodepressantni toping, uni darhol buyurtma qiling yoki keyinroq olish uchun band qiling, yetkazib berish yoki o‘zingiz olib ketishni rasmiylashtiring, mahsulotni qabul qiling - hammasi juda oson. Agar sizda savollar tug‘ilsa, mutaxassislarimizga murojaat qiling.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.