Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nazoferon nazal tomchilar 100000XB/ml 5ml
Nazoferon nazal tomchilar 100000XB/ml 5ml
Nomi | Narx | |||||
Назоферон капли назал. 100000МЕ/мл 5мл (60823##1973) |
UZS 58 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Интерферон альфа-2b
Страна производитель
Украина
Дозировка
100000МЕ/мл 5мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nazoferon®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Alfa-2b interferoni (interferon alfa-2b)
Dori shakli
nazal tomchilar 100000 XB/ml
Tarkibi
1 ml tomchi quyidagilarni saqlaydi
faol modda odamning rekombinant alfa-2b interferoni 100000 XB;
yordamchi moddalar trometamol, trometamol gidroxloridi, gipromelloza, dinatriy edetati, lizin gidroxloridi, kaliy xloridi, metilparagidroksibenzoati (E 218), tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik
Farmakterapevtik guruhi immunostimulyatorlar. Interferonlar. Alfa-2b interferoni
ATX kodi L03AB05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
NAZOFERON® – viruslarga qarshi, mikroblarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, immunomodulyator, antiproliferativ vositadir. Interferonning biologik ta'siri quyidagi samaralari bilan harakterlanadi viruslarga qarshi samarasi – viruslarning transkriptsiya va translyatsiya jarayonlariga ingibitsiya qiluvchi ta'siri hisobiga (adenoviruslar, gripp viruslari) ularning replikatsiyasini susaytiradi; antiproliferativ samarasi - hujayralar (ko‘pchilik DNK- va RNK-saqlovchi viruslar) ko‘payishini susaytiradi. Interferon viruslardagi translyatsiya jarayonini kuchaytiruvchi initsiatsiya qiluvchi omillardan birini fosforlanishi tufayli, ushbu jarayonga to‘sqinlik qiladigan spetsifik ferment – proteinkinaza sintezini initsiatsiya qiladi; viruslarning matritsa RNK ni shikastlaydigan spetsifik ribonukleazani faollashtiradi. Interferonning samaralariga shuningdek boshqa sitokinlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, spetsifik fermentlarni induktsiya qilish, hujayralar proliferatsiyasini susaytirish, immunitetni modulyatsiya qilish (nishon hujayralariga nisbatan limfotsitlarning spetsifik sitotoksikligini va makrofaglarning fagotsitar faolligini kuchaytirish) kiradi. Interferon immunitetni mediatori hisoblanadi, to‘qimalarga nisbatan spetsifiklikka ega, interferon infektsion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilaridan organizmni himoya qiladi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
1 oylikdan boshlab bolalarda va kattalarda o‘tkir resperator virusli infektsiyalarni (O‘RVI) oldini olish va davolashda
yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari bilan uzoq vaqt va tez-tez hastalanadigan patsiyentlarda;
O‘RVI bilan hastalangan bemorlar bilan kontaktda bo‘lganda;
sovuq qotganda;
uyushgan jamoalarda (bolalar va kattalar jamoalari), “xavf” guruhiga kiruvchi kontingentlar – tibbiy xodimlar, o‘qituvchilar, ayniqsa epidemiya vaqtida mavsumiy kasalliklar bilan kasallanish oshganida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘RVI kasalligining birinchi belgilari paydo bo‘lganida (5 kun davomida)
1 oylik chaqaloqlardan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 tomchidan har bir burun yo‘liga sutkada 5 marta (bir martalik dozasi – 8000 XB, sutkalik dozasi – 40000 XB) tomiziladi;
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 tomchidan har bir burun yo‘liga sutkada 3-4 marta (bir martalik dozasi – 16000 XB, sutkalik dozasi – 48000-64000 XB) tomiziladi;
3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 tomchidan har bir burun yo‘liga sutkada 4-5 marta (bir martalik dozasi – 16000 XB, sutkalik dozasi – 64000-80000 XB) tomiziladi;
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 tomchidan har bir burun yo‘liga sutkada 5-6 marta (bir martalik dozasi – 16000 XB, sutkalik dozasi – 80000-96000 XB) tomiziladi;
Kattalarga – 3 tomchidan har bir burun yo‘liga sutkada 5-6 marta (bir martalik dozasi – 24000 XB, sutkalik dozasi – 120000-144000 XB) tomiziladi.
Respirator virusli infektsiyalarni oldini olish uchun
Bemorlar bilan kontaktda bo‘lganda va sovuq qotganda – yoshga muvofiq dozada kuniga 2 marta 5-7 kun davomida qo‘llanadi. Zarurat bo‘lganida profilaktik davolash kurslarini takrorlanadi. Bir marta kontaktda bo‘lganda bir marta tomizish yetarlidir.
Mavsumiy kasalliklar bilan kasallanish soni oshganida – yoshga muvofiq dozada ertalab bir marta 1-2 kunlik interval bilan tomiziladi.
Tomchilagich bilan bekitilgan flakondagi nazal tomchilarni ishlatish sxemasi
Flakondan himoya qalpoqchasini yechish kerak.
Flakon uchligini pastga qarating va birinchi tomchini qo‘llashdan oldin nasos-dozatorni bir qancha bosib sinab ko‘rish kerak
Flakon uchligini har bir burun yo‘liga navbatma-navbat joylashtirish va dozalashga muvofiq ravishda kerakli miqdorda nasos-dozatorga bosish kerak.
Qo‘llangandan so‘ng flakonning qalpoqchasi yopiladi.
Bolalar
1 oylikdan boshlab bolalarga qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yakka hollarda – terida toshma paydo bo‘ladi.
Nohush reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Alfa-2b interferonga va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlikda, anamnezida allergik kasalliklarning og‘ir shakllarida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Intranazal qon-tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ular burun shilliq qavatini qurishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni har bir burun yo‘liga yuboriladi.
Preparatni qo‘llashdan oldin orqa bilan yotgan yoki o‘tirgan holatda, boshni biroz orqaga egish va tomchi tomiziladigan burun yo‘li tomonga boshni burgan holatda qabul qilish kerak va burunning ichki devoriga flakon tomchilatgichni tegizmasdan preparatni tomiziladi. Preparat tomizilganidan so‘ng preparat burun bo‘shlig‘ida bir xil taqsimlanishi uchun burunning qanotlarini bir necha minut davomida barmoqlar bilan massaj qilish tavsiya etiladi.
Bolalarga tomchini qo‘llash kattalar kuzatuvi ostida o‘tkaziladi
Preparat metilparagidroksibenzoatni saqlaydi, u allergik reaktsiyalarni, jumladan kechiktirilgan, alohida holatlarda bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Preparatni o‘ramning butunligi va markirovkasi buzilgan holatlarda, suyuqlikning fizikaviy xususiyatlari (suyuqlikning rangi yoki tiniqligi) o‘zgarganida va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas.
Infektsiyani tarqalmasligidan saqlanish uchun individual ishlatish tavsiya etiladi.
Prepartni ko‘zning shilliq qavatiga tushishidan saqlaning.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘rganilmagan.
Chiqarilish shakli
5 ml dan flakonda. 1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2 °S dan 8 °S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilganidan so‘ng 2 °S dan 8 °S gacha bo‘lgan haroratda (sovutkichda) yaroqlilik muddati - 10 sutka.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 63.
Ishlab chiqaruvchi
ning joylashgan joyi va faoliyat ko‘rsatayotgan joyning manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dorivor vositalarning sifati bo‘yicha shikoyatlarni (takliflarni) qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi.
100170 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘ch.12a, 1/2
HYPERLINK "mailtoinfo@farmak.ua" info@farmak.ua
Tel. +998 (71) 235-77-13
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.