Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
ВИФЕРОН мазь д/нар-го и мест-го прим-ия 40000МЕ/г 12г (012T##2 269) |
UZS 45 800
UZS 48 300
-5%
Экономия UZS 2 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Интерферон альфа-2 человеческий рекомбинантный
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
40000 МЕ
Ishlab chiqaruvchi
ООО ФЕРОН
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Sirtga surtish uchun malham
Viferon sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma 40000 XB/12g haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
VIFERON
Ta'sir etuvchi modda (XPN) interferon alfa-2b
Dori shakli
sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda odam rekombinant alfa-2 interferoni 40 000 XB;
yordamchi moddalar 0,02 g alfa-tokoferol atsetati, 0,34 g suvsiz lanolin, 0,45 g tibbiy vazelin, 0,12 g shaftoli moyi, 1 g gacha tozalangan suv.
Ta'rifi oq-sariqdan sariq ranggacha o‘ziga xos lanolin hidli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita (tsitokinlar).
ATX kodi L03AB04
Farmakologik xususiyatlari
Immunomodulyatsiya qiluvchi va viruslarga qarshi preparat. Odam rekombinant alfa-2 interferoni yaqqol viruslarga qarshi, antiproliferativ va immunomodulyatsiya qiluvchi xususiyatga ega. Preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar (antioksidant alfa-tokoferol atsetati) mavjudligida odam rekombinant alfa-2 interferonining viruslarga karshi spetsifik faolligi oshadi, uning immunomodulyatsiya qiluvchi ta'siri kuchayadi (jarohatlangan o‘choqda neytrofillarning fagotsitar funktsiyasini rag‘batlantirilishi).
Sirtga va mahalliy qo‘llanganida interferonning tizimli so‘rilishi past.
Qo‘llanilishi
Turli lokalizatsiyali teri va shilliq qavatlarning gerpetik infektsiyalarini (Herpes simplex 1 va 2 tip) davolash uchun qo‘llanadi.
1 yoshdan boshlab bolalarda gripp va boshqa O‘RVI ni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Gerpetik infektsiyada surtma shikastlanish o‘chog‘iga yupqa qavat qilib sutkada 3- 4 marta surtiladi, davolash davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Teri va shilliq qavatlarini shikastlanishining birinchi belgilari paydo bo‘lganda (qichishish, achishish, qizarish) darhol davolashni boshlash tavsiya qilinadi. Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrida yoki kasallikni qaytalanishining belgilari paydo bo‘lishini eng boshida boshlagan ma'qul.
Gripp va boshqa O‘RVI ni davolash uchun kasallikning butun davrida surtma burun yo‘llarining shilliq qavatiga yupqa qavat qilib sutkada 3-4 marta surtiladi Bolalarga 1 yoshdan 2 yoshgacha 2500 XB (diametri 0,5 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 3 marta, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2500 XB (diametri 0,5 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 4 marta, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5000 XB (diametri 1 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 4 marta. Davolash davomiyligi 5 kunni tashkil qiladi.
Ochilgan alyumin tuba 1 oy sovutgichda saqlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘pchilik hollarda VIFERON preparati, sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma yaxshi o‘zlashtiriladi. Burun shilliq qavatiga surtilganida nojo‘ya samaralari (rinoreya, aksirish, burun shilliq qavatini achishishi) kuchsiz va o‘tkinchi xarakterga ega va preparat bekor qilingandan keyin mustaqil o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlarini individual o‘zlashtiraolmaslik.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
VIFERON preparati, sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma O‘RVI, shu jumladan gripp, teri va shilliq qavatlarning virusli shikastlanishlarini (gerpetik) davolash uchun qo‘llanadigan barcha dori preparatlari bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Sirtga va mahalliy qo‘llanilganda interferonni tizimli so‘rilishi pastligi va preparat faqat shikastlanish o‘chog‘iga ta'sir ko‘rsatishi tufayli, VIFERON surtmasi preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma 40000 XB/g. 12g dan alyumin tubada.
1 tuba davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
2°C dan 8°C gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«FERON» MChJ, Rossiya. 123098, Moskva sh., Gamalei ko‘ch., 18 uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.