Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Validol tab. 0,06g №10 Farmak
Validol tab. 0,06g №10 Farmak
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левоментола раствор в ментил изовалерате
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,06 г
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Validol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) yo‘q
Dori shakli
sublingval tabletkalari
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,06 g (60 mg) izovaleriana kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi (tabiiy mentol – yalpiz ekstrakti – 4,9%);
yordamchi moddalar maydalangan qand (upasi), kaltsiy stearati.
Ta'rifi yassi silindrik shaklli, faskali va riskali, oq yoki sarg‘ish-oq rangli, o‘ziga xos mentol hidli tabletkalar. Tabletkaning yuzasida kulrang dog‘ va qand upasi kukunining dog‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
kardiologik preparatlar
ATX kodi S01EX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlarining sezgir nerv retseptorlarini (“sovuqqa sezgir”) reflektor qo‘zg‘atish yo‘li orqali qon-tomirlarni o‘rtacha kengaytiruvchi reflektor (koronarolitik) ta'sirga ega. Retseptorlarning rag‘batlanishi endorfinlar, enkefalinlarni va og‘riq hislarini kamayishida, qon-tomirlarning o‘tkazuvchanligini normallashishida va yurak qon-tomir va nerv tizimi funktsiyasida boshqa muhim mexanizmlarini boshqarilishida muhimi rol o‘ynaydigan boshqa peptidlar, gistamin, kininlarni ajralib chiqishi induktsiyasi bilan kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Validol sublingval qo‘llanganda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlaridan so‘riladi. Terapevtik samara taxminan 5 minutdan keyin namoyon bo‘ladi.
So‘rilgandan keyin jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va glyukuronidlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yengil darajadagi stenokardiya hurujlari;
dengiz va havo kasalligi;
isteriya;
nevroz;
nitratlarni qabul qilish bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni to‘liq so‘rilgungacha og‘izda (til ostida) ushlash kerak.
Kattalar uchun bir martalik doza 1-2 tabletkani; sutkalik doza 2-4 tabletkani tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida sutkalik dozani oshirish mumkin.
Maksimal sutkalik doza – 600 mg. Davolash kursi – 7 kungacha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uzoq vaqt qo‘llanganida, mustaqil tez o‘tib ketuvchi yengil ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort, ko‘z yoshi oqishi, bosh aylanishi, qisqa muddatli arterial gipotenziya, uyquchanlik kuzatilishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, eshakemi, toshma, qichishish rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Yaqqol arterial gipotenziya;
O‘tkir miokard infarkti
18 yoshgacha bulgan bolalar va o‘smirlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nitratlarni qabul qilishga bog‘liq bosh og‘rig‘i yaqqolligini kamaytiradi.
Sedativ va antigipertenziv samaralari boshqa psixotrop va antigipertenziv vositalar, opioid analgetiklar, alkogol va narkoz uchun vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmagan hollarda o‘tkir koronar sindromni bartaraf etish uchun albatta shifokorga murojaat etish kerak.
Preparat qand saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda e'tiborga olishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida, agar, shifokor fikriga ko‘ra ona uchun kutilgan ijobiy samara homila/bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Bolalar
Preparatni bolalarni davolash uchun qo‘llashdagi tajriba yo‘q.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilgandan keyin birinchi soatlar davomida, diqqatni jamlashni talab qiluvchi transport vositalari bilan ishlashda yoki xuddi shunday ishda bosh aylanishi, uyquchanlik va psixomotor reaktsiyalar tezligining pasayishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qo‘zg‘aluvchanlik, yurak faoliyatini buzilishi, arterial qon bosimni pasayishi, markaziy nerv tizimini susayishi.
Davolash preparatni bekor qilish va simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoitlari
Original o‘ramida, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 63.
Ishlab chiqaruvchi
ning joylashgan joyi va faoliyat ko‘rsatayotgan joyning manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
100170 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘ch.12a, 1/2
HYPERLINK "mailtoinfo@farmak.ua" info@farmak.ua
Tel. +998 (71) 235-77-13
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.