Ko‘z uchun qanday tomchilarni tanlash va ularni qachon ishlatish kerak?
Hozir dorixonalarda turli xil ko‘z tomchilarini topish mumkin. Bunday dorilarning narxi ishlab chiqaruvchiga, dori vositasining maqsadiga, tarkibiga, hajmiga va boshqa parametrlarga qarab farq qilishi mumkin. Ko‘z uchun dori vositalari ishlatilish maqsadiga qarab tanlanadi. Odatda, mutaxassis avval ko‘zlarni tekshiradi, kerak bo‘lsa, laboratoriya tahlillarini tayinlaydi, natijalariga ko‘ra patologiyani aniqlaydi va medikamentoz terapiyani tayinlashga kirishadi.
Ko‘z uchun qanday tomchilar bor?
Ushbu guruh preparatlari davolash maqsadiga qarab tasniflanadi. Quyidagi turlar ajratiladi:
-
namlantiruvchi ko‘z tomchilari;
-
charchoqqa qarshi ko‘z tomchilari;
-
qizarishga qarshi ko‘z tomchilari;
-
ko‘rish uchun ko‘z tomchilari;
-
zo‘riqishga qarshi ko‘z tomchilari;
-
yallig‘lanishga qarshi ko‘z tomchilari;
-
konyunktivitga qarshi ko‘z tomchilari.
Ko‘z mushaklari charchaganda va zo‘riqqanda noqulay hissiyotlar paydo bo‘ladi - sanchish va achishish, yorug‘likdan qo‘rqish hissi, bosh og‘rig‘i, ko‘rinadigan tasvirning aniqligi buziladi, ko‘z yoshlanadi. Bu holatda tomchilar charchoqni yengillashtiradi, mushaklarni bo‘shashtiradi. Ularni davolash maqsadida ham, profilaktika maqsadida ham qo‘llash mumkin. Namlash uchun quruq ko‘z uchun mo’ljallangan tomchilaridan foydalanish mumkin. Profilaktika maqsadida ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun ko‘z tomchilarini ham tomizish mumkin.
Agar ko‘z yiringlasa, tomchilar yallig‘lanishga qarshi yoki antibakterial ta’sirga ega bo‘lishi kerak. Yiringning mavjudligi yallig‘lanish jarayonidan dalolat beradi, uni o‘z vaqtida davolash kerak.
Ko‘z tomchilarini ishlatishdan oldin, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishish shart. Shuningdek, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Toshkentda kattalar va bolalar uchun ko‘z tomchilarini xarid qilish
PharmaClick.uz saytida siz ko‘zni yallig‘lanishga qarshi eng yaxshi ko’z tomchilarini tanlashingiz mumkin. Bizda ko‘z kasalliklarini davolash uchun sifatli preparatlar mavjud. Ularni hamyonbop narxda xarid qilishingiz va butun Toshkent bo‘ylab manzilingizga yetkazib berishingiz mumkin. Shuningdek, biz boshqa hududlarga buyurtmalarni siz tanlagan manzilga ham o‘zingiz olib ketish sharti bilan yetkazib beramiz. Agar sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, ularni onlayn mutaxassislarimizga yuboring va professional maslahat oling.