Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Taufon 40mg/ml ko‘z tomchilari 10ml. Farmak
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Таурин
Страна производитель
Украина
Дозировка
40мг/мл
Производитель
ПАТ Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Taufon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Taurin
Dori shakli
Ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml quyidagilarni saqlaydi
faol modda 40 mg taurin;
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat (E 218), tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Trofik vositalar.
ATX kodi S01XA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Taufon distrofik harakterdagi ko‘z to‘r pardasi kasalliklarida, ko‘z to‘qimalarini jarohat shikastlanishlarida, bu to‘qimalarning metabolizmini keskin buzilishlari bilan kechuvchi patologik jarayonlarda reparativ va regeneratsion jarayonlarni rag‘batlantiruvchi aminokislota preparatlariga kiradi. Oltingugurt saqlovchi birikma sifatida, preparat hujayralar membranasining funktsiyasini normallashishiga, energetik va almashinuv jarayonlarini optimallashishi, hujayralar sitoplazmasining elektrolit tarkibini doimiyligini tutib turish, sinaptik o‘tkazuvchanlikni tormozlanishiga (neyromediator rol) yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taufon tomizilganda ko‘z to‘qimasiga kiradi, u yerda o‘zining spetsifik ta'sirini namoyon qiladi. Preparat terapevtik dozalarda qo‘llanilganda tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Ko‘z to‘r pardasi va shox pardalarining distrofik shikastlanishlari, jumladan nasliy tapetoretinal degeneratsiyalar; qarilik, diabetik, jarohat va nur ta'siridagi kataraktalar; shox pardani shikastlanishlarida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi vosita sifatida; ochiq burchakli glaukomani davolashda qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat kattalarga buyuriladi.
Flakonni ochish qopqoqni har tomonga burab bo‘yinning yuqori qismini teshish orqali amalga oshiradi.
Qo‘llashdan bevosita oldin preparat saqlovchi flakonni tana haroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish maqsadga muvofiq. Shikastlangan ko‘zning kon'yunktival qopchasiga 2-3 tomchidan sutkada 2-4 marta tomiziladi.
Davolash davomiyligi jarohatlarda – 1 oy, kataraktada – 3 oy (1 oy interval bilan takrorlansin).
Ko‘z to‘r pardasining tapetoretinal degeneratsiyasi va boshqa distrofik kasalliklari, shox pardani teshib o‘tuvchi jarohatlarni davolashda preparat kon'yunktiva ostiga yuboriladi 4% li eritma 0,3 ml dan sutkada 1 marta 10 kun davomida. 6-8 oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.
Ochiq burchakli glaukomada timololni qo‘llashdan 20-30 minut oldin har bir kon'yunktival qopchaga sutkada 2 marta 2-3 tomchidan instillyatsiya qilinadi. Davolash kursi individual ravishda belgilanadi.
Bolalar
Bolalarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun bu toifadagi patsiyentlarda preparatni buyurish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni qo‘llaganda preparatning komponentlariga individual o‘ta yuqori sezuvchanlik bilan chaqirgan allergik kon'yunktivit ko‘rinishida allergik reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin. Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar ko‘zda qichishish, kon'yuktivada giperemiya, ko‘zning ta'sirlanishi (ko‘zlarning sanchib og‘rishi va achishish).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Timolol ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ko‘z ichki bosimini potentsial pasayishi, shuningdek arterial bosimining ham potentsial pasayishini kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ochiq burchakli glaukomada preparat timololni tomizishdan 20-30 minut oldin timolol bilan birgalikda qo‘llanadi.
Dori vositasi metilparagidroksibenzoat (E 218) saqlaydi, bu allergik reaktsiyalarni (ehtimol asta sekin) chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni boshqargan vaqtda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlagandaodam organizmiga preparatning ta'siri o‘rganilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 ml dan flakonda. 1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalash uchun original o‘ramda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Preparat, qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagach, qo‘llanilmasin.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati - 28 sutka
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.