Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oblepixovoye maslo-LIK 50ml
Nomi | Narx | |||||
Масло облепиховое "LIK" 50мл (020924##2 323) |
UZS 7 600
UZS 8 000
-5%
Экономия UZS 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Масло облепиховое "LIK" 50мл (020924##2 326) |
UZS 7 600
UZS 8 000
-5%
Экономия UZS 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Дозировка
50 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
"LEKINTERKAPS" ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Раствор
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Oblepixovoye maslo-LIK
Dori shakli
Moyli eritma
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
Faol modda chakanda moyi kontsentrati 250 g
Yordamchi moddalar rafinadlangan kungaboqar moyi
Ta'rifi To‘q sariq-qizil rangli, o‘ziga xos xid va ta'mga ega bo‘lgan moysimon eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vosita
Farmakologik xususiyatlari
O‘simlikdan olinadigan vosita bo‘lib, A, Ye, K vitaminlarining manbaidir.
Tarkibi
da tabiiy biologik faol moddalar bo‘lganligi tufayli, toksik moddalarni, perekislarni, boshqa agressiv omillarning shikastlovchi ta'sirlarini kamaytiradi va hujayra qobig‘ini, hujayra ichki strukturalarini himoya qiladi. Preparat teri qoplamalari va shilliq qavatlarining shikastlanishida bitish jarayonlarini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi, o‘rab oluvchi va safro haydovchi ta'sirlarni namoyon qiladi. Chakanda moyi hujayrani oziqlanish jarayonlariga, ovqat hazm qilish a'zolarining faoliyatiga yaxshi ta'sir qiladi.
Preparatning so‘rilishining jadalligi qo‘llash usuliga bog‘liq. Chakanda moyi ichga qo‘llanganida almashinuv mahsulotlari ahlat va siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kuyishlarni, yotoq yaralarni, teri va shilliq qavatlarini nur bilan shikastlanishini, ginekologik kasalliklarni (kolьpitlar, endotservitsitlar, bachadon bo‘yni eroziyasi), proktologik patologiyani (to‘g‘ri ichakning eroziv-yarali, atrofik va boshqa patologiyalari, anus yorig‘i, gemorroy) davolashda sirtga qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi.
Terining shikastlanishlarida moyli bog‘lovlar ko‘rinishida qo‘llanadi. Terining oldindan nekrotik to‘qimalardan tozalangan sohasiga chakanda moyi, so‘ngra paxta-dokali bog‘lam qo‘yiladi, u kunora almashtiriladi. Davolash granulyatsiyalar paydo bo‘lgunicha o‘tkaziladi.
Kolьpitlarni, endotservitsitlarni, bachadon bo‘yni eroziyasini, gemmorroyni, to‘g‘ri ichakning yoriqlarini davolashda, chakanda moyi ko‘p shimdirilgan tamponlar ko‘rinishida qo‘llanadi. Davolash kursi kolьpitlarda 10-15 muolaja, endotservitsitlarda, bachadon bo‘yni eroziyalarida 8-12 muolajani tashkil qiladi. To‘g‘ri ichak yoriqlari va gemorroyni davolashda davolash kursi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar terini qichishishi, giperemiya, terini shishi, teri toshmalari, achishish hissi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Odam organizmiga chakanda moyini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqidagi patologik ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
25, 40, 50, 90 va 100 ml dan buraladigan plastmass qopqoqli shisha flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ, Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy, tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.