Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Бензокаин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Gretsiya
Производитель
Bayer Consumer Care AG, Швейцария произведено: Istituto De Angeli S.r.l.
Relif Advans malham 28.4g №1 haqida va yo'riqnoma
Savdo nomi
Relif Advans
Dori shakli
Rektal surtma
Ta'rifi
Oq yoki sarg‘ish begona moddalarsiz surtma.
Tarkibi
Faol ingrediyentlari
benzokain 200 mg/g, akula jigarining moyi 30 mg/g.
Nofaol ingrediyentlari yorqin mineral moyi, oq vazelin, propilenglikol, metilparagidroksibenzoat (E218), propilparagidroksibenzoat (E216), sorbitan stearati.
Farmakoterapevtik guruhi
Gemorroyni va anal yoriqlarini davolashda qo‘llanadigan vosita, mahalliy qo‘llash uchun.
Farmakologik xususiyatlari
Benzokain - mahalliy anestetik, yaqqol mahalliy og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Rezorbtiv ta'sir ko‘rsatmaydi, o‘rganib qolishini chaqirmaydi.
Akula jigarining moyi mahalliy yallig‘lanishga qarshi, yarani bitkazuvchi va immunomodullovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Tashqi va ichki gemorroy, eroziyalar, yoriqlar va anorektal sohasidagi mikrojarohatlarni simptomatik davolash; proktologik operatsiyalarini o‘tkazgan patsiyentlardagi operatsiyadan keyingi davrda, diagnostik muolajalarini o‘tkazishda og‘riqsizlantirish uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat gigiyenik muolajalar o‘tkazilganidan keyin qo‘llanishi kerak. Applikatordan himoya qalpoqchasini olinadi. Applikator tyubikka o‘rnatiladi va applikatorni moylash uchun oz miqdordagi surtma siqib chiqariladi. Surtma applikator orqali ehtiyotkorlik bilan shikastlangan sohalarga, sirtga yoki orqa chiqaruv yo‘lining ichiga kuniga 4 martagacha (ertalab, kechqurun va ichak har bir bo‘shalganidan keyin) yuboriladi. Har bir qo‘llashdan keyin applikator yaxshilab yuviladi va u himoya qalpoqchasiga joylanadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - shifokor tavsiyasi bo‘yicha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar achishish, giperemiya, anal teshigi sohasida teri toshmalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ingrediyentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, tromboembolik kasalligi, granulotsitopeniya.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya qilingan bir martalik va sutkalik dozalarni ahamiyatli oshishi hollarida benzokainning tizimli so‘rilishini oshishi mumkin, bu uyquchanlik, bezovtalik, qo‘zg‘alish ko‘rinishidagi klinik belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin; kam hollarda tirishishlar bo‘lishi mumkin. Juda kam benzokainning yuqori dozalari metgemoglobinemiya chaqirishi mumkin, u nafasning buzilishlari va sianozlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Akula jigari yog‘ining tavsiya etilgan dozalardan ahamiyatli oshishi ayrim patsiyentlarda qon ivishining tezlashishiga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
hollarida davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari
Orqa chiqarish yo‘lidan ko‘p miqdorda qonli ajralmalar kelganida yoki preparat qo‘llanganidan keyin 7 kun davomida terapevtik samara bo‘lmaganida proktolog bilan qo‘shimcha maslahatlashish kerak.
Shifokorning roziligisiz homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Shifokor har bir patsiyent uchun dori vositasining xavf/foyda nisbatini baholashi kerak.
Preparat avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Preparatni MAO ingibitorlari, antidepressantlar va gipotenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Saqlash sharoiti
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
O‘rami
Tuba 28,4 g (1 oz). Tuba applikator va ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.