Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mildronat kaps. 250mg №40
Nomi | Narx | |||||
Милдронат 250 мг капс №40 (4840324##2 276) |
UZS 117 100
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мельдоний
Страна производитель
Латвия
Дозировка
250 мг
Производитель
Гриндекс, АО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MILDRONAT®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) meldoniy (meldonium)
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 250 mg meldoniy digidrati;
yordamchi moddalar quritilgan kartoshka kraxmali, kremniy dioksidi, kaltsiy stearati.
Kapsula (korpusi va qopqog‘i) titan dioksidi (E 171), jelatin.
Ta'rifi oq rangli, qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – kuchsiz hidli oq kristall kukun. Kukun gidroskopik xususiyatga ega.
Farmakoterapevtik guruhi
yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi C01EB22.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Meldoniy – odam organizmining har bir hujayrasida bo‘ladigan gamma-butirobetain moddasining strukturali analogi.
Kuchli zo‘riqish sharoitlarida meldoniy hujayralarning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va uni yetkazib berilishi orasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarda ularda moddalar almashinuvining toksik mahsulotlarini to‘planishini bartaraf etib, ularni shikastlanishlardan himoya qiladi; shuningdek tonusni oshiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Uni qo‘llash natijasida organizm zo‘riqishga chidamlilik va energetik zahiralarni tezda tiklab olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ushbu xususiyatlari tufayli meldoniydan yurak-qon tomir tizimi faoliyatidagi, bosh miyani qon bilan ta'minlanishidagi turli buzilishlarni davolash, shuningdek jismoniy va aqliy ishlash qobiliyatini oshirish uchun foydalaniladi. Karnitin kontsentratsiyasini pasayishi natijasida qon tomirlarini kengaytiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan gamma-butirobetain (GBB) kuchli ravishda sintezlanadi. Miokard o‘tkir ishemik shikastlanganda meldoniy nekrotik sohani hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, reabilitatsiya davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardni qisqaruvchanligini oshiradi, jismoniy zo‘riqishga tolerantlikni oshiradi, stenokardiya xurujlari sonini kamaytiradi. Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, qonni ishemiyaga uchragan soha foydasiga qayta taqsimlashga yordam beradi. Ko‘z tubining vaskulyar va distrofik patologiyasida samarali hisoblanadi. Preparat surunkali alkogolizm bilan xastalangan bemorlarda abstinentsiya sindromida nerv tizimining funktsional buzilishlarini bartaraf etadi.
Nevrologik xarakterga ega buzilishlarda (bosh miyada qon aylanishi buzilishlari, bosh miyadagi jarrohlik operatsiyalari, bosh jarohatlari, o‘tkazilgan kanali entsefalitdan keyingi) sog‘ayish davrida jismoniy va intellektual faoliyatlarni tiklanish jarayoniga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Bir martalik peroral dozadan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) 2,23-2,43 mkg/ml ni, takroriy dozalar qo‘llanilganidan keyin esa 2,77 mkg/ml ni tashkil etadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti (tmax) 1-3 soatni tashkil etadi. Peroral yuborilganida biokiraolishligi 78% ni tashkil etadi. Ovqat ushbu dori vositasini so‘rilishini biroz sekinlashtiradi.
Taqsimlanishi
Meldoniy qon oqimidan to‘qimalarda tezda tarqaladi. Taqsimlanish hajmi 88,07±8,56 l ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish 78% ni tashkil etadi. Meldoniy va uning metabolitlari yo‘ldosh to‘sig‘i orqali qisman o‘tadi.
Biotransformatsiyasi
Eksperimental hayvonlarda metabolizmni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarda meldoniyni asosan jigarda metabolizmga uchrashi aniqlangan.
Chiqarilishi
Meldoniy va uning metabolitlarini organizmdan chiqarilishida buyrak orqali ekskretsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bir martalik doza peroral qabul qilinganidan keyin meldoniyning organizmdan erta chiqarilishining yarim davri (t1/2) taxminan 3,5-4,0 soatni tashkil etadi. Takroriy dozalar qo‘llanganida meldoniyni yarim chiqarilish davri farqlanadi. Ushbu natijalar meldoniyni qon plazmasida to‘planishi mumkinligidan dalolat beradi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan va taxmin qilingan biokiraolishlik yuqori bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda meldoniyning dozasini pasaytirish lozim.
Buyrak faoliyatini buzilishlari
Buyrak faoliyati kuchsizlangan va taxmin qilingan biokiraolishligi oshgan patsiyentlarga meldoniyning dozasini pasaytirish lozim. Meldoniy yoki uning metabolitlari (masalan, 3-gidroksimeldoniy) va karnitinning buyrak reabsorbtsiyasi jarayonida o‘zaro ta'siri mavjud bo‘lib, uning natijasida karnitinning buyrak klirensi oshadi. Meldoniy, GBB va meldoniy/GBB majmuasining renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga bevosita ta'siri yo‘q.
Jigar faoliyatini buzilishlari
Jigar faoliyatini buzilishlari va taxmin qilingan biokiraolishligi oshgan patsiyentlarga meldoniyning dozasini pasaytirish lozim. Meldoniy 100 mg/kg dan ortiq dozada qo‘llanilganida, kalamushlarda preparatning toksikligini o‘rganishga oid tadqiqotlarda jigarni sariq rangga kirishi va yog‘larni denaturatsiyasi aniqlangan. Meldoniyning yuqori dozalari (400 mg/kg va 1600 mg/kg) qo‘llanganidan keyin hayvonlarda o‘tkazilgan gistopatologik tadqiqotlarda jigar hujayralarida yog‘larni to‘planishi aniqlangan. Meldoniyning 400-800 mg li yuqori dozalari qo‘llanganidan keyin odamlarda jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari kuzatilmagan. Jigar hujayralarida yog‘larni infiltratsiyasini istisno etish mumkin emas.
Pediatrik populyatsiya
Meldoniyni bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llanilishi
Quyidagi kasalliklarni majmuaviy davolash uchun qo‘llaniladi
• yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiya, shuningdek bosh miyani qon bilan ta'minlanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (bosh miya insulti va serebrovaskulyar yetishmovchilikni) majmuaviy davolashda;
• gemoftalm va ko‘zning shox pardasiga turli etiologiyadagi qon quyilishlari, ko‘zning shox pardasi markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyadagi (diabetik, gipertonik) retinopatiyalar;
• ish qobiliyatini pasayishi; jismoniy zo‘riqishlar, shu jumladan sportchilardagi zo‘riqishlar;
• surunkali alkogolizmda abstinentsiya sindromi (alkogolizmni spetsifik davolashbilan majmuada);
• bronxial astma va surunkali obstruktiv bronxitda (immunomodulyator sifatida majmuaviy davolashda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘zg‘atuvchi samarasini rivojlanishi ehtimolini nazarda tutib, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi.
1. Yurak-qon tomir kasalliklari
Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan, butun dozani darhol yoki uni 2 marta qabul qilishga bo‘lib, ichga qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-6 hafta.
Miokardning disgormonal distrofiyasi fonidagi kardialgiyada – kuniga 0,5 g dan, butun dozani darhol yoki 2 marta qabul qilishga bo‘lib, ichga qabul qilinadi. Davolash kursi – 12 kun.
2. Bosh miya qon aylanishini buzilishlari
O‘tkir fazada – preparatning in'ektsiya dori shaklini 10 kun davomida qo‘llaniladi, so‘ngra preparatni kuniga 0,5-1,0 g dan, butun dozani darhol yoki 2 marta qabul qilishga bo‘lib, ichga qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta.
Surunkali buzilishlarda – kuniga 0,5 g dan, butun dozani darhol yoki 2 marta qabul qilishga bo‘lib, ichga qabul qilinadi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta. Takroriy davolash kurslarini (odatda bir yilda 2-3 marta) shifokor bilan maslahatlashgandan keyin o‘tkazish mumkin.
3. Qon tomirlar patologiyasi va ko‘zning shox pardasini distrofik kasalliklari
Preparatning in'ektsiya dori shakli qo‘llaniladi.
4. Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, shu jumladan sportchilarda
Kattalarga – kuniga 0,25 g dan 4 marta yoki kuniga 0,5 g dan 2 marta ichga qabul qilinadi. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurat bo‘lganida davolashni 2-3 haftadan keyin takrorlanadi.
Sportchilarga kuniga 0,5-1,0 g dan 2 marta mashg‘ulotlardan oldin ichga qabul qilinadi. Davolash kursi davomiyligi tayyorgarlik davrida – 14-21 kun, musobaqalar davrida – 10-14 kun.
5. Surunkali alkogolizm
Kuniga 0,5 g dan 4 marta ichga qabul qilinadi. Davolash kursi – 7-10 kun.
6. Bronxial astma
3 hafta davomida har kuni 0,25 g dan ichga qabul qilinadi. Davolash bronxolitik preparatlar bilan majmuada olib boriladi.
Agar Siz preparatning navbatdagi dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Shifokor tavsiyalariga muvofiq preparatni qabul qilishni davom ettiring.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlar a'zolar tizimining guruhlari va MedDRA bo‘yicha uchrash tez-tezligiga muvofiq tasniflangan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish.
Juda kam hollarda anafilaktik shok.
Ruhiy buzilishlar
Kam hollarda qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, shilqimlik, uyquni buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez bosh og‘riqlari.
Kam hollarda paresteziyalar, et uvishishi, gipesteziya, quloqlarni shang‘illashi, bosh aylanishi, yurishni buzilishi, hushdan ketishdan oldingi holat, hushdan ketish.
Yurak tomonidan buzilishlar
Kam hollarda yurakni tez urib ketishi, taxikardiya/sinusli taxikardiya, yurak bo‘lmachalarining fibrillyatsiyasi, aritmiya, ko‘krakda diskomfort/ko‘krakda og‘riqlar.
Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda qon bosimini oshishi/pasayishi, gipertenziv kriz, giperemiya, teri qoplamalarini oqarishi.
Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i kasalliklari
Kam hollarda tomoqni yallig‘lanishi, yo‘tal, dispnoe, apnoe.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez dispepsiya.
Kam hollarda disgevziya (og‘izda metall ta'mi), ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qorinda og‘riqlar, og‘izni qurishi yoki gipersalivatsiya.
Metabolizmni buzilishlari
Tez-tez dislipidemiya, S-reaktiv oqsil miqdorini oshishi.
Teri va teri osti yog‘ to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda toshmalar, umumiy/makulyoz/papulyoz toshmalar, qichishish.
Suyak-mushak va unga yondosh tizim tomonidan buzilishlar
Kam hollarda belda og‘riqlar, mushakni bo‘shashishi, mushak spazmlari.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda pollakiuriya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar
Kam hollarda umumiy holsizlik, et uvishishi, asteniya, shish, yuzni shishi, oyoqni shishi, qizib ketish hissi, gipertermiya, sovuq qotish hissi, sovuq ter chiqishi, yuborish joyida reaktsiyalar, shu jumladan yuborilgan joyda og‘riq.
Tekshirishlar
Kam hollarda elektrokardiogrammada (EKG) siljishlar, eozinofiliya.
Keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada qayd etib o‘tilmagan nojo‘ya reaktsiya paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Meldoniyga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
Bosh miya ichki bosimini oshishi (venada qon o‘tishi buzilganida, bosh miya ichi o‘smalarida).
Buyrak va jigar yetishmovchiligi (qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar yetarli emas).
Homiladorlik, laktatsiya davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (qo‘llash xavfsizligi tekshirib ko‘rilmagan).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Meldoniyni uzoq ta'sirga ega bo‘lgan nitratlar va boshqa antianginal vositalar (stabil zo‘riqish stenokardiyasida), yurak glikozidlari hamda diuretik preparatlar (yurak yetishmovchiligida) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Meldoniyni shuningdek antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Meldoniy glitseriltrinitrat, nifedipin preparatlari, beta adrenoblokatorlar, boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatorlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Sorbifer va meldoniyni temir tanqisligi oqibatidagi anemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda bir vaqtda qo‘llanishi natijasida qizil qon tanachalarida yog‘ kislotalarining tarkibi yaxshilangan.
Ishemiya/reperfuziya oqibatida yuz bergan shikastlanishlarni bartaraf qilish uchun meldoniyni orotat kislotasi bilan majmuada qo‘llanilganida qo‘shimcha farmakologik samara kuzatiladi.
Meldoniy yurakda azidotimidin (AZT) chaqirgan patologik o‘zgarishlarni bartaraf qilishga yordam beradi va, mitoxondriyalarni disfunktsiyasiga olib keluvchi AZT chaqirgan oksidlanish stressi reaktsiyalariga bilvosita ta'sir ko‘rsatadi. Meldoniyni azidotimidin yoki OITS ni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash orttirilgan immun tanqislik (OITS) ni davolashda ijobiy ta'sirga ega.
Etanol chaqirgan muvozanat refleksini yo‘qolishi yuzasidan o‘tkazilgan testda meldoniy uyquni davomiyligini kamaytirgan. Pentilentetrazol tomonidan chaqirilgan mushak tirishishlari vaqtida meldoniyni mushak tirishishlariga qarshi yaqqol ifodalangan ta'siri aniqlangan. O‘z navbatida, meldoniy bilan davolashdan oldin α2 adrenoblokatorini, yoximbinni 2 mg/kg dozada va azot oksidi sintazasi (AOS) ingibitori N-(G)-nitro-L-argininni 10 mg/kg dozada qo‘llanilganida meldoniyning mushak tirishishlariga qarshi ta'siri to‘liq bloklanadi.
Meldoniyning dozasini oshirib yuborilishi siklofosfamid keltirib chiqargan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.
Meldoniy qo‘llanilganida hosil bo‘ladigan karnitin tanqisligi ifosfamid keltirib chiqargan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.
Indinavir keltirib chiqargan kardiotoksiklik va efavirenz keltirib chiqargan neyrotoksiklik yuzaga kelgan taqdirda meldoniy himoyalovchi ta'sirini ko‘rsatadi.
500 mg li meldoniy kapsulalarini tarkibida meldoniy saqlaydigan boshqa preparatlar bilan birgalikda qo‘llash mumkin emas, chunki nojo‘ya ta'sirlarning namoyon bo‘lish xavfi oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrakning surunkali kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar preparat uzoq muddat qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya etishlari kerak.
Meldoniyni bolalarda qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar yetarli emas.
Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi meldoniy o‘tkir koronar sindromida birinchi qator preparati bo‘lib hisoblanmasligini ko‘rsatadi.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga nojo‘ya ta'siridan saqlanish uchun homiladorlik vaqtida preparatni buyurilmaydi.
Meldoniyni onaning ko‘krak sutiga ajralib chiqishi tufayli, preparatni laktatsiya davrida qo‘llanganda emizish to‘xtatilishi kerak.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siriga oid tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Meldoniyning dozasini oshirib yuborilgan holatlar to‘g‘risida xabar berilmagan. Preparat kam zaharli va xavf soluvchi nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi.
Simptomlari arterial qon bosimi past bo‘lganida bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy holsizlik yuz berishi mumkin.
Davolash simptomatik.
Dozani oshirib yuborilishi
ning og‘ir holatlarida jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim. Meldoniyni oqsillar bilan yaqqol bog‘lanishi tufayli meldoniyning dozasi oshirib yuborilganida gemodializ sezilarli ahamiyatga ega emas.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan polivinilidenxlorid qoplamali polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
4 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
4 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
«Grindeks» AJ, Krustpils ko‘ch., 53, Riga, LV-1057, Latviya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.