Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Revarton in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 1g №1
Nomi | Narx | |||||
Ревартон пор.д/приг р-ра д/и 1г№1 (230914##1906) |
UZS 127 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Ревартон пор.д/приг р-ра д/и 1г№1 (231037##1947) |
UZS 127 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Ревартон пор.д/приг р-ра д/и 1г№1 (231037##1969) |
UZS 127 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фосфокреатин
Страна производитель
Китай
Дозировка
1 г
Производитель
Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co., Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Revarton
Ta'sir etuvchi modda (XPN) kreatinfosfatidinatriyli tuzi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda kreatin fosfati dinatriyli tuzi (kreatin fosfati dinatriyli tuzi tetragidrati ko‘rinishida).
Ta'rifi oq rangli yoki kristall kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita
ATX kodi C01EB05
Farmakologik xususiyatlari
Yurakni himoya qiluvchi, membranalarni barqarorlashtiruvchi, antiaritmik, metabolik vosita. Kreatin fosfati organizmning turli to‘qimalarida, ayniqsa miokardda keng tarqalgan endogen fiziologik faol substantsiyadir. Kreatin fosfati molekulasidagi fosfor kislotasining yuqori energiyali bog‘i, miokardni energiya bilan ta'minlashi mumkin. Xujayralarda energiya manbai bo‘lgan ekzogen kreatinin fosfati fosforlanuvchi birikmalarning xujayra ichidagi miqdorini me'yorida tutib turadi. Ushbu preparat 5´-nukleotidaza faolligini bostirish yo‘li bilan ATF sintezini oshirishi va fosfolipidazani ingibitsiya qilish yo‘li bilan xujayra membranasini barqarorlashtirishi va shunday qilib xujayralarni erkin radikallar chaqiradigan shikastlanishdan saqlashi mumkin. Ishemik reperfuziya vaqtida kreatinin fosfati energiyaga bog‘liq bo‘lgan sekin kaltsiy kanalini faollantiradi va kaltsiyni sekin oqimini oshiradi, qutbsizlanishni maksimal tezligini pasaytiradi, bu uning antiaritmik samarasiga sababchi bo‘ladi. Kreatinin fosfati yuqori samarali va kam zaharli yurakni himoya qiluvchi vosita bo‘lib, u miokard infarktida nekroz sohasini ancha qisqartirishi mumkin, o‘tkir qorinchalar aritmiyasini kamaytiradi va miokard xujayralariga barqarorlashtiruvchi ta'sir ko‘rsatib, ularning ishemiyasi oldini oladi. Revarton odatdagi davolash bilan birga surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda nojo‘ya ta'sirlar ko‘rsatmay, yurak faoliyatining ko‘rsatkichlarini oshiradi va ularning klinik statusini yaxshilaydi. Yurakda jarrohlik aralashuvlar o‘tkazilayotgan vaqtda kardioplegik eritmaga kreatinin fosfati ko‘shilganida miokard ishemiyasidan samarali himoyalanishga erishish mumkin. Bunda yurak faoliyatini tiklanishi tezlashadi, yurak aritmiyasining va boshqa asoratlarning rivojlanishini oldi olinadi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir miokard infarkti; surunkali yurak yetishmovchiligi; yurakdagi operatsiyalar; o‘tkir qonaylanishini buzilishi (asosiy davolashga qo‘shimcha sifatida); o‘tkirskelet mushaklarining zo‘riqish holatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Miokard infarktida birinchi kundagi boshlang‘ich doza 2 g, vena ichiga oqizib yuborish yo‘li bilan quyiladi (in'ektsiya 4 minutdan ko‘proq davom etishi kerak). 2 soat o‘tgach 5 g preparatni tomchilab infuziya qilish kerak, uning har grammi 30 ml 5% glyukoza eritmasida suyultiriladi (tomchilab yuborish 1 soat davomida o‘tkaziladi). Ikkinchi-beshinchi sutkalari preparat 5 g dan vena ichiga har kuni yuborilishi mumkin. Agar bemor kritik holatda bo‘lsa yoki preparatning terapevtik samarasi yetarli bo‘lmasa, dozasi 10 g gacha oshirilishi mumkin.
Yurak yetishmovchiligi birinchi 14 kun davomida preparat 1 g dan kuniga ikki marta vena ichiga yuboriladi. Preparatni asta-sekin (2 minutdan ziyodroq) yuborish kerak. 15-44 sutkalari preparatni vena ichiga yuboriladigan dozasi to 0,5-1 g gacha, mushak ichiga yuboriladigan dozasi 0,5 g gacha kamaytirilishi mumkin. Mushak ichiga yuborish uchun in'ektsiya qilingan joyidagi og‘riqni oldini olish maqsadida, preparat 40 mg lidokain saqlovchi 4 ml erituvchida eritiladi.
Yurakdagi operatsiyada operatsiyadan oldingi ikki kun davomida har kuni 12 ml in'ektsiya uchun steril suvda eritilgan 2 g preparatni vena ichiga asta-sekin (kamida 4 minut) yuborish tavsiya etiladi. So‘ngra, aortani qisish oldidan va to to‘liq anesteziyaga erishguncha, kardioplegik eritma ishlatilgunicha vena ichiga soatiga 1 g dozada yuboriladi. Operatsiya vaqtida kardioplegik eritmaga ushbu preparat kontsentratsiyasi 2,5 g/l (10 mmol/l) ga yetguncha ko‘shiladi va 4oS haroratda tana vazniga 15 mmol/kg birlamchi dozada keyinchalik esa, to aortani qisib qo‘yilishi tugamagunicha, 30 minutda 10 mmol/kg dozada yuboriladi. Operatsiya tugaganidan va aortadan qisqich olinganidan keyin, preparat har kunlik 8 g doza (4 g 500 ml 5% li glyukoza eritmasida quyish tezligi soatiga 40 ml) uzluksiz 48 soat ichida quyiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kreatin fosfati digoksin, furosemid, dopamin, maksiletin, karnitin, verapamil, gidrokartizon, sitikolin, oksitotsin, propafenom kabi preparatlar bilan birga qo‘llanganida 3-5 soat davomida barqarorligi saqlanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat 1 g 6 ml nisbatida in'ektsiya uchun suvda eritilishi mumkin, vena ichiga yuborilish vaqti kamida 2 minut.
Preparat barqaror, 5% li glyukoza eritmasida, in'ektsiya uchun suvda, fiziologik va kardioplegik eritmalarda kamida 16 soat barqarorligi saqlanadi.
Preparat yurakni himoyalovchi vositadir, lekin u kardiokinetik terapiyaning o‘rnini bosaolmaydi.
Diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun preparat 5% li glyukoza eritmasida suyultirilishi mumkin emas, lekin in'ektsiya uchun suvda yoki fiziologik eritmada eritilishi mumkin.
Homiladorlarda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Hozirgi kungacha preparatni fetal zaharliligi yoki homiladorlarga ta'siri haqida hech qanday ma'lumotlar aniqlangan emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabarlar hozirgacha kelib tushmagan.
Chiqarilish shakli
1 g dan flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
HEBEI TIANCHENG PHARMACEUTICAL CO., LTD, Xitoy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.