Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tiogamma tab.p/o 600mg №60
Nomi | Narx | |||||
Тиогамма таб.п/о 600мг №60 (388188##2 240) |
UZS 452 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоктовая кислота
Страна производитель
Германия
Дозировка
600 мг
Производитель
Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Solupharm Pharmazeutische Erzeugnisse GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tiogamma
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tioktat kislotasi
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda tioktat kislotasi - 600 mg;
yordamchi moddalar 25,00 mg gipromelloza, 25,00 mg kolloid kremniy dioksidi, 49,00 mg mikrokristall sellyuloza, 49,00 mg laktoza monogidrati, 16,00 mg natriy karmellozasi, 36,364 mg talьk, 3,636 mg simetikon (dimetikon va kolloid kremniy dioksidi 946),
16,00 mg magniy stearati;
qobiq 0,60 mg makrogol 6000, 2,80 mg gipromelloza, 2,00 mg talьk, 0,025 mg natriy laurilsulfati.
Ta'rifi uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, silliq va biroz yaltiroq yuzali oq yoki to‘q sariq rangli dog‘lari bo‘lgan, ikkala tomonida bitta bo‘luvchi riskasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi A16AX01
Farmakologik xususiyatlari
Tioktat kislotasi – endogen antioksidant (erkin radikallarni bog‘laydi).
Organizmda alьfa-ketokislotalarning oksidlanishli karboksil guruhini ajralishi hosil bo‘ladi.
Mitoxondrial mulьtifermentli komplekslarning koenzimi sifatida pirouzum kislotasi va alьfa-ketokislotalarni oksidlanishli karboksil guruhini ajralish jarayonida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning kontsentratsiyasini pasayishiga va jigarda glikogenni oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni pasayishiga yordam beradi.
Lipid va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, xolesterin almashinuviga ta'sir qiladi, jigar funktsiyasini yaxshilaydi, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanishda va boshqa intoksikatsiyalarda dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi. Neyronlarning trofikasini yaxshilaydi.
Qandli diabetda tioktat kislotasi glyukozani oqsil bilan birikib kimyoviy bog‘ hosil qilishi (glikirlanish) ning yakuniy mahsulotlarini hosil bo‘lishini kamaytiradi, endonevral qon oqimini yaxshilaydi, glyutationning miqdorini fiziologik qiymatlar darajasigacha oshiradi, bu natijada diabetik polineyropatiyada periferik nerv tolalarining funktsional holatini yaxshilanishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida me'da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi, ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so‘rilishini pasaytiradi. Biokiraolishligi jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasi tufayli – 30-60% ni tashkil qiladi. Maksimal kontsentratsiyasiga
(4 mkg/ml) erishish vaqti – taxminan 30 minut. Yon zanjirini oksidlanishi va kon'yugatsiyalanishi yo‘li bilan jigarda metabolizmga uchraydi. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%), ko‘p bo‘lmagan miqdori – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25 minutni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Diabetik polineyropatiya va alkogolli polineyropatiyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tiogamma preparati ichga 600 mg (1 tabletka) dan sutkada 1 marta buyuriladi. Tabletkalarni och qoringa, chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Davolash kursining davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga qarab, 30-60 kunni tashkil qiladi. Davolash kursini yiliga 2-3 marta takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush nojo‘ya reaktsiyalarning paydo bo‘lishini tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan
Juda tez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan ko‘prog‘i
Tez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamrog‘i, lekin 100 nafaridan 1 tadan ko‘prog‘i
Tez-tez emas100 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamrog‘i, lekin 1000 nafaridan 1 tadan ko‘prog‘i
Kam hollarda1000 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamrog‘i, lekin 10000 nafaridan 1 tadan ko‘prog‘i
Juda kam hollarda10000 nafardan 1 tadan kamrog‘i, shu jumladan alohida holatlar
Juda kam hollarda (<1/100000) quyidagi nojo‘ya samaralari rivojlanadi
Me'da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan
Ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal og‘riq, diareya;
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Allergik reaktsiyalar (hatto anafilaktik shok rivojlanishigacha), teri toshmasi, eshakemi, qichishish;
Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan
Ta'm sezishni o‘zgarishi yoki buzilishi;
Boshqa nojo‘ya ko‘rinishlar
Glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi tufayli, qonda glyukoza kontsentratsiyasi pasayishi mumkin. Bunda gipoglikemiya simptomlari - bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi yuz berishi mumkin.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi yomonlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tioktat kislotasiga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
(«Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi» bo‘limiga qarang).
Preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tioktat kislotasi glyukokortikosteroid vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta'sirini kuchaytiradi. Tioktat kislotasi va sisplatin bir vaqtda buyurilganida sisplatinning samaradorligini pasayishi aniqlanadi.
Tioktat kislotasi metallarni bog‘laydi, shuning uchun uni metallarni saqlovchi preparatlar (masalan, temir, magniy, kaltsiy preparatlari) bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak.
Tioktat kislotasi va insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida, ularning ta'siri kuchayishi mumkin.
Etanol va uning metabolitlari tioktat kislotasining ta'sirini susaytiradi.
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, Tiogamma preparatini qabul qilishdan oldin, albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi yoki glyukoza-izomalьtoza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlar Tiogamma preparatini qabul qilmasliklari kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida, qondagi glyukozaning kontsentratsiyasini doimo nazorat qilish lozim. Ayrim hollarda gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, insulin yoki peroral gipoglikemik preparatning dozasini pasaytirish kerak.
Tiogamma preparatini qabul qilayotgan patsiyentlar alkogolni iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak. Tiogamma preparati bilan davolanish vaqtida alkogolni iste'mol qilish davolovchi samarani pasaytiradi va neyropatiyani rivojlanishi va kuchayishiga olib keluvchi xavf omili hisoblanadi.
Tiogamma 600 mg 1 qobiq bilan qoplangan tabletka 0,0041 non birligini saqlaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Tiogamma preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. («
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limiga qarang).
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Tiogamma preparatini qabul qilish avtotransport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Tioktat kislotasi 10 g dan 40 g gacha dozalarda alkogol bilan birga qabul qilinganda, hatto o‘lim bilan yakunlangan intoksikatsiya hollari kuzatilgan.
Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari odatda keyinchalik tarqalgan tirishishlarni rivojlanishi va laktoatsidozni shakllanishi bilan kechuvchi psixomotor qo‘zg‘alish yoki ongni xiralashuvi hisoblanadi. Shuningdek gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz, disseminatsiyalangan tomir ichki qon ivishi, suyak ko‘migining depressiyasi va ko‘p a'zolarda yetishmovchilik hollari ta'riflangan.
Davolash simptomatik o‘tkaziladi. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
600 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 qobiq bilan qoplangan tabletkadan PVX/PVDX/alyumin folьgali blisterda.
3, 6 yoki 10 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, +25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Balalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroklik muddati o‘tgach ko‘llanilmasin
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.