Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Eufillin in'ektsiya uchun eritma 2.4% 5мл №10 (Borisovskiy zavod)
Eufillin in'ektsiya uchun eritma 2.4% 5мл №10 (Borisovskiy zavod)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминофиллин
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
24 мг/мл
Производитель
Борисовский завод, Беларусь
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутривенного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- yordamchi modda
Preparatning savdo nomi
Eufillin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) aminofillin (aminophulline)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma 24 mg/ml
Tarkibi
1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol modda eufillin – 120 mg;
yordamchi modda
in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
bronxlarni kengaytiruvchi vosita – fosfodiesteraza ingibitori.
ATX kodi R03DA05
Qo‘llanilishi
Eufillin in'ektsiya uchun astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan bronxospazmni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Parenteral yuborishdan oldin eritmani tana haroratigacha ilitish kerak. Eritmani oldindan 5% li dekstroza yoki 0.9% li natriy xloridi eritmasi bilan kichik hajmda (5-10 ml) suyultirish va 4-6 minut davomida 5-10 ml dan (0,12-0,24 g) juda sekin yuborish kerak.
Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashni infuzion eritmalarni katta hajmda yuborish yo‘li bilan ta'minlash mumkin. Odatda vena ichiga tomchilab yuborilishida 10-20 ml preparat (0,24-0,48 g) 100-150 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultiriladi va minutiga 30-50 tomchi tezligida yuboriladi.
Eufillin sutkada 3 martagacha yuboriladi, davolashning davomiyligi 14 kundan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kattalar uchun eufillinning vena ichiga yuborilgandagi yuqori dozalari bir martalik – 0,25 g, sutkalik – 0,5 g ni tashkil qiladi.
Teofillin preparatlarini qabul qilmagan patsiyentlar
Eufillinning 1 kg tana vazniga 6 mgyuklama dozasini vena ichiga sekin, minutiga 25 mg dan oshmagan tezligida yuborish mumkin. Patsiyentning xolatiga qarab, samarani bir maromda saqlab turuvchi dozani keyingi 12 soat davomida quyidagi tarzda hisoblash mumkin
-6 oylikdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarga soatiga 1,2 mg/kg (12 soatdan keyin dozasoatiga 1 mg/kg gacha kamaytiriladi);
-9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yosh katta chekuvchilar soatiga 1 mg/kg (12 soatdan keyin doza soatiga 0,8 mg/kg gacha kamaytiriladi);
-sog‘lom chekmaydigan kattalarga soatiga 0,7 mg/kg (12 soatdan keyin doza soatiga
0,5 mg/kg gacha kamaytiriladi);
-keksa yoshli patsiyentlar va o‘pka-yurak yetishmovchiligi bo‘lgan shahslar soatiga
0,6 mg/kg (12 soatdan keyin doza soatiga0,3 mg/kg gacha kamaytiriladi);
-dimlangan yurak yetishmovchiligi yoki jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga soatiga 0,5 mg/kg (12 soatdan keyin dozani soatiga 0,1-0,2 mg/kg gacha kamayishi).
Teofillin preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlar. Yuklama doza ko‘rinishida yuboriladigan teofillinning har 0,5 mg/kg dozasi qon zardobida teofillinning kontsentratsiyasini 1 mkg/ml ga oshishiga olib kelishi mumkin. Yuborishni qon zardobida teofillinning kontsentratsiyasi aniqlangunicha qoldirish kerak. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa va, agar klinik vaziyat preparatni yuborishni talab qilsa, unda eufillin
3,1 mg/kg dozada yuboriladi.
Keyinchalik samarani bir maromda saqlab turuvchi doza yuqorida ko‘rsatilgandek.
Nojo‘ya ta'sirlari
In'ektsiya tez bajarilganda gipotenziya, aritmiyalar va tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Immun tizimi allergik reaktsiyalar.
Metabolizmni va ovqatlanishni buzilishlari gipokaliyemiya, gipofosfatemiya, giponatriyemiya.
Ruhiy buzilishlar xavotirlik, uyqusizlik. Yuqoriroq dozalari maniakal xulq va alahlashga olib kelishi mumkin.
Nerv tizimining buzilishlari bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi, bezovtalik, giperventilyatsiya,bosh aylanishi va tremor.Yuqoriroq dozalari tirishishlarga olib kelishi mumkin.
Ko‘rishni buzilishlari ko‘rishni buzilishlari.
Yurak buzilishlari yurak urishi, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya. To‘satdan o‘lim to‘g‘risida xabarlar berilgan.
Me'da-ichak buzilishlari ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, me'da-qizilo‘ngach reflyuksi, me'da-ichak qon ketishlari.
Teri va teriosti to‘qimalarining kasalliklari dog‘li-papulyoz toshma, qizarish, qichishish, eshakemi, eksfoliativ dermatit.
Umumiy buzilishlar yuqori dozalari gipertermiya va chanqoqlikga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Eufillin in'ektsiya uchun etilendiaminga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki teofillinlarga, kofein va teobrominga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Eufillinni boshqa ksantin saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda, shuningdek eufillin va/yoki teofillinning turli yuborish yo‘llarini birga qo‘llash mumkin emas.
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda eufillinni vena ichiga yuborish tavsiya qilinmaydi.
O‘tkir porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Quyidagi preparatlar fluvoksamin, simetidin, makrolidlar (masalan eritromitsin, klaritromitsin), xinolonlar (masalan, siprofloksatsin, norfloksatsin), flukonazol, izoniazid, propranalol, allopurinol, (kuniga 600 mg dan yuqori dozalar), oral kontratseptivlar, meksiletin, propafenon, kaltsiy kanallarini blokatorlari (diltiazem, verapamil), teshik dala choy preparatlari, disulfiram, alfa interferon, grippga qarshi vaktsinalar, metotreksat, zafirlukast, takrin, tiabendazol, qalqonsimon bezi gormonlari, teofillinning kotsentratsiyasini oshiradi va zaharlilikni oshish potentsialini yaratadi.
Quyidagi preparatlar rifampitsin, tutqanoqga karshi (masalan karbamazepin, fenitoin, primidon, fenobarbital), ritonavir, aminoglyutetimid, sulfinpirazon plazmada teofillinning kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.
Boshqa o‘zaro ta'sirlar
Boshqa ksantin hosilalarini, jumladan teofillin va pentoksifillinni xam qo‘shib ularning zaharlilik xavfi tufayli, birgaqo‘llash mumkin emas.
Litiy va benzodiazepinlarning davolovchi samarasini kamaytiradi.
Xinolonlar, umumiy anestetiklar, doksapam bilan – tirishishlar xavfi oshadi, galotan bilan yuborilganda aritmiya bo‘lishi mumkin.
Pankuroniy bilan birga qo‘llanganda, nerv-mushak bloklanishiga nisbatan rezistentlik rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan.
Efedrin va boshqa simpatomimetiklar bilan birga qo‘llanganda, eufillin sinergik zaharlik namoyon qilishi va yurak aritmiyasiga olib kelishi mumkin.
β2 agonistlari bilan - yurak aritmiyasi, gipokaliyemiyaning yuqori xavfi.
β – blokatorlar aminofillinning bronxolitik samarasini susaytiradi.
Yurak glikozidlarining zaharliligini oshirish mumkin.
Adenozinning antiaritmik samarasini pasaytiradi.
Leykotriyenlarning antagonistlari teofillinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Kortikosteroidlar va diuretiklar bilan birga buyurilganda, gipokaliyemiyaning yuqori xavfi mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qon zardobida eufillinning kontsentratsiyasini, ayniqsa davolashning boshida muntazam nazorat qilish kerak. Preparatni vena ichiga yuborilishi sekin va tezligi minutiga 25 mg dan oshmasligi kerak.
55 yoshdan katta shahslarda va yurak yoki jigar kasalliklari bo‘lgan keksa yoshli patsiyentlarda eufillinning zaharlilik belgilarini nazorat qilish kerak.
Eufillin bolalarga buyurilganda alohida ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hatto eufillinning qon zardobidagi kontsentratsiyasi normal bo‘lgan sharoitlarda ham tirishish xavfi bo‘lishi mumkin. Anamnezida tirishish faolligi bo‘lgan patsiyentlarda muqobil davolashni ko‘rib chiqish,va agar bunday patsiyentlarda eufillinin'ektsiya uchun ishlatilsa, ularda markaziy nerv tizimining giperstimulyatsiyasi belgilarini bo‘lishi mumkinligini nazorat qilinishi kerak.
Chekadigan shahslar uchun eufillinning yuqori dozalari talab qilinishi mumkin.
Grippga qarshi immunizatsiyani o‘tkazgan patsiyentlarda, gripp infektsiyasi yoki o‘tkir isitma kasalliklari bo‘lgan shaxslarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Yurak yetishmovchiligi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, buyrak yoki jigar disfunktsiyasi va surunkali alkogolizmi bo‘lgan patsiyentlarga eufillinni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Muntazam davolash vaqtida (ayniqsa β2-agonistlarni, kortikosteroidlarni va diuretiklarni qo‘llanganda, gipoksiya bo‘lganida) kaliyning zardobdagi darajasi nazorat qilinishi kerak.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gipertireoz, glaukoma, qandli diabet, og‘ir gipoksemiya, arterial gipertenziya va yurak funktsiyasining yoki qon aylanishining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, eufillinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Homiladorlik va laktatsiya
Eufillinni homiladorlik vaqtida qo‘llash masalasini shifokor hal qiladi. Eufillin yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga o‘tadi va ba'zida emizikli bolalarda ta'sirlanish va zaharlilikning boshqa belgilarini chaqirishi mumkin va, demak emizuvchi onalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Noxush ta'sirlari to‘g‘risida xabarlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kattalarda 3 g dan ortiq dozalar zaharlanishni chaqirishi mumkin (bolada 40 mg/kg). Kattalarda o‘lim dozasi 4,5 g ni tashkil qiladi (bolada 60 mg/kg), lekin odatda uyuqoriroq bo‘ladi.
Simptomlari me'da-ichak simptomlari anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qonli qusish.
Nevrologik simptomlar bezovtalik, uyqusizlik, ta'sirchanlik, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, kuchli chanqash, tana haroratini biroz oshishi, ko‘z qorachig‘ini kengayishi va quloqlarda shovqin. Tirishishlar hatto zaharlanishidan oldingi simptomlarsiz ham paydo bo‘lishi mumkin va ko‘pincha o‘limga olib keladi.
Yurak- qon tomir simptomlari yurak urishi, arterial gipotenziya, yurak qorinchalar usti va qorinchalar aritmiyasi.
Metabolik simptomlar gipokaliyemiya, giperglikemiya, albuminuriya, gipertermiya, gipomagniyemiya, gipofosfatemiya, giperkaltsiyemiya, respirator alkaloz va metabolik atsidoz. Rabdomioliz.
Davolash tutib turuvchi va simptomatik davolash. Faollashtirilgan ko‘mirni takroriy peroral qabul qilish hatto vena ichiga yuborilgandan keyin xam, teofillinning organizmdan chiqarilishiga yordam beradi. Faollashtirilgan ko‘mirni peroral yuborish uchun qusishga qarshi agressiv davolash o‘tqazish talab qilinishi mumkin. Tirishishlar va qo‘zg‘alish vena ichiga 0,1-0,3 mg/kg 10 mg gacha diazepamni yuborish bilan bartaraf qilinishi mumkin. Gipokaliyemiyani vena ichiga kaliy xloridi infuziyasi bilan tuzatilishi mumkin.
Astmasi bo‘lmagan patsiyentlarda propanololni taxikardiyani, gipokaliyemiyani va giperglikemiyani davolash uchun vena ichiga qo‘llash mumkin.
Gemodializ o‘rinli emas. Gemosorbtsiyani
-agar ichakning tutilishi faollashtirilgan ko‘mirni yuborishiga xalakit bersa;
-agar teofillinning plazmadagi kontsentratsiyasi > 80 mg/l (o‘tkir) yoki > 60 mg/l (surunkali) bo‘lsa qo‘llash mumkin. Keksa yoshli odamlarda teofillinning kontsentratsiyasi > 40 mg/l bo‘lganda, gemosorbtsiyani o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Chiqarilish shakli
5 ml dan ampulalarda o‘ramda №10, №5x2.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
“Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov” Ochiq aktsionerlik jamiyati
Belarus Respublikasi, Minsk viloyati, Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64/27.
Tel/faks +375(177)735612
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi
“Laxisam” MChJ, 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., A. Qodiriy ko‘ch., 25A.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.