Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kandid B krem 15 g.
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Клотримазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
15 г
Производитель
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kandid B
Ta'sir etuvchi modda (XPN) yo‘q
Dori shakli
krem
Tarkibi
100 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar klotrimazol – 1,000 g,
beklometazon – 0,025 g;
yordamchi moddalar benzil spirti, oq vazelin jele, suyuq parafin, setomakrogol, emulgirlangan mum, propilenglikol, metilparaben, propilparaben, butilogidroksitoluol, suvsiz natriy fosfat, natriy digidrofosfat, tozalangan suv.
Ta'rifi oq rangli yumshoq krem
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar. Majmuaviy preparatlar.
ATX kodi D01AC20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kandid B – sirtga qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi komponentlari bilan zamburug‘larga qarshi majmuaviy preparatdir. Preparatni farmakologik ta'siri uning tarkibiga kiruvchi klotrimazol va beklametazon dipropionatning xususiyatlari bilan bog‘liq. Klotrimazol – imidazol hosilalari guruhiga mansub keng ta'sir doirali zamburug‘larga qarshi vosita. Dermatofitlar, achitqi zamburug‘lari (Candida, Torulopsis glabarata, Rhodotorula oilasi), mog‘or zamburug‘i, shuningdek rangbarang temiratki va eritrazmalar klotrimazolga sezgir. Bundan tashqari, klotrimazol grammusbat (stafilakokklar, streptakokklar) va grammanfiy bakteriyalar (Bacteroides, Gardnerella vaginalis) ga nisbatan, shuningdek Trichomonas vaginalis, Malassezia furfur, Corinebacterium minussumum ga nisbatan samaralidir. Klotrimazolni samarasi zamburug‘ hujayralari membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzish qobiliyati bilan bog‘liq.
Beklametazon dipropionati – sintetik glyukokortikosteroid yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishlarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Glyukokortikosteroidlarni tizimli qo‘llash ta'sir mexanizmi yallig‘lanishning barcha bosqichlari spetsifik steroid retseptorlari bilan bog‘lanib, ular hujayra yadrosiga kiriladi va DNK bilan bog‘laniladi, informatsion RNK hosil bo‘lishini rag‘batlantiriladi; natijada ribosomalarda RNK translyatsiyasini turli xil boshqaruvchi oqsillari sintezlanadi
Farmakokinetikasi
Klotrimazol mahalliy qo‘llanganida teri yuzasidan yomon so‘riladi (epidemisni shox qavatida to‘planadi).
Krem uzoq muddat qo‘llanganida beklametazon tizimli so‘rilishga ega. Uning faol metaboliti beklametazon dipropinati tez so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Tmax) erishish vaqti 3 soatni tashkil qiladi. Qon plazmasining oqsillari bilan bog‘lanishi birmuncha yuqori – 87%. Beklametazon dipropionati yuqori plazma klirensiga ega. Yarim chiqarilish davri – 0,5 soat. Qon oqimiga tushishi va tizimli paydo bo‘lishi kremning umumiy dozasi va terining gidratatsiya darajasiga bog‘liq.
Qo‘llanilishi
Terining zamburug‘li infektsiyalari, ayniqsa agar ular o‘tkir ekzematozni paydo bo‘lishi bilan kechganida
- tananing turli qismlaridagi dermatomikozlari;
- tovon epidermofitiyasi, chov epidermofitiyasi;
- ikkilamchi asoratlangan infektsiyalar, dermatozlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Krem terining shikastlangan sohasiga yupqa qatlam qilib kuniga2-3 marta va ishqalab surtiladi. Shikastlangan sohani birlamchi yuvish va quritish kerak. Odatda dermatozlarni davolash davomiyligi 3-4 hafta, tovon epidermofitiyasida – 4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat qo‘llash zarurati bo‘lganida kam-kam kunora qo‘llaniladi. Surunkali kasalliklarni davolashda kasallikni qaytalanishidan saqlanish uchun davolashni barcha simptomlari yo‘qolganidan keyin yana bir necha vaqt davom ettirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kandid B kremi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda
- preparat surtilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchish hissi.
Juda kam hollarda
- gipopigmentatsiya, husnbuzarsimon toshma, kontaktli dermatoz, terini atrofiyasi, terini ikkilamchi infektsiyasi. Ta'sirlanish paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatni komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- teri sili, suvchechak, oddiy gerpes, qizamiq;
- emlashdan keyingi teri reaktsiyalari, sifilisni teri ko‘rinishi;
- aktinomikoz, blastomikoz;
- surunkali venoz yetishmovchiligi fonida trofik yaralar;
- teri o‘smasi;
- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan preparatni o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat dermatologiya amaliyotida ishlatish uchun mo‘ljallagan. Krem qo‘llanganida, agar preparat faqat ochiq yoki germetik bog‘lamli jarohatlarga surtilmaganda tizimli nojo‘ya reaktsiyalari istisno qilingan. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak; ko‘z sohasini terisiga va shilliq qavatlarga surtish mumkin emas.
Infektsiyani rivojlanishi yoki tarqalishi preparatni bekor qilish va antibakterial davolashni buyurishni talab etadi.
Pediatriyada qo‘llanishi
2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda teri orqali o‘tishini ehtimolligi yuqoriligini va tizimli toksik reaktsiyalarni rivojlanishini inobatga olib ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda germetik bog‘lamlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar amaliyotida kremni qo‘llash qat'iy shifokor kuzatuvi ostida o‘tkazish kerak.
Dori vositalarini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etish xususiyati
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kandid B mahalliy surtilganida o‘tkir dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam va hayot uchun xavf namoyon qilmasligi mumkin.
Chiqarilish shakli
15 g dan krem teshish uchun o‘tkir qopqog‘i bo‘lgan alyumin tyubalarda.
1 tyuba davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Glenmark Farmasyutikalz Ltd,
Hindiston, PLOT № Ye 37, 39, MIDS Area, Saptur, Nasik-422007, Maxarashtra.
Qayd qilish guvohnomasining egasi
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, 100031, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘chasi, 4A,
Tel/faks +99871 140 52 12
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.