Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Псило-бальзам гель 1% 20г Нижфарм (391223##2 462) |
UZS 65 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Дифенгидрамин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Germaniya
Производитель
Stada Arzneimittel AG, Германия (производитель), Нижфарм, ОАО, Россия (держатель р.у.)
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Psilo-Balzam gel 1% 20g Nijfarm haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Psilo-Balzam
XPN yoki guruhlash nomi difengidramin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel saqlaydi
faol modda difengidramin gidroxloridi - 10,0 mg;
yordamchi moddalartsetilpiridiniy xloridi - 1,0 mg, makrogol glitserilkaprilokaprati - 150,0 mg, poliakril kislotasi - 12,0 mg, trometamol - 22,2 mg, suv - 1 g gacha.
Ta'rifi rangsiz, tiniq bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Allergiyaga qarshi vosita – N1-gistamin retseptorlarining blokatori
ATX kodi D04AA32.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Psilo-Balzam ning allergiyaga qarshi ta'siri uning tarkibida N1-gistamin retseptorlarning blokatori bo‘lgan difengidramin gidroxloridning borligi bilan bog‘liq, va buning oqibatida qichishishni tez pasaytiradi, og‘riq, giperemiyani kamaytiradi, kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligini, to‘qimalarning shishini pasaytiradi; mahalliy anesteziyani chaqiradi, shuni hisobiga Psilo-Balzam® yoqimli sovutuvchi ta'sirga ega. Maxsus gel asosi terini himoya qiladi va ko‘rinarli iz qoldirmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi ahamiyatsiz, teri qoplamlarining butunligini buzilishi preparatning so‘rilishini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Quyosh nuridan kuyish va I darajali kuyishlar; hashoratlarning chaqishi; eshakemi; kelib chiqishi turlicha bo‘lgan terining qichishishi (xolestazdagi qichishishdan tashqari); qichima dermatozlar, ekzema, suvchechak, terining allergik ta'sirlanishi, o‘simliklarga tegish oqibatidagi kontakt dermatitlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; difengidramin saqlovchi har qanday preparatlarni bir vaqtda qo‘llash; terining katta yuzalariga qo‘llash; 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Qo‘yish joyda teri qoplamalarining shikastlanishlari, shilliq qavatlarga qo‘yish.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiyada preparatni qo‘llash, ona uchun potentsial foyda va bola uchun kutilgan xavfni baholashni talab qiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga Psilo-Balzam® terining shikastlangan sohalariga (3-5 sm uzunlikdagi gel tasmasi kaft o‘lchamidagi shikastlangan maydonga) kuniga 3-4 marta qo‘yiladi va yengil uqalovchi harakatlari bilan taqsimlanadi.
Nojo‘ya ta'siri
Kam - terining o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (ekzema, kontakt dermatit).
Preparat sirtga qo‘llanganida tizimli xarakterga ega nojo‘ya samaralari kuzatilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari qizarish, preparat qo‘yilgan teri soxani o‘rtacha shishi.
Davolash preparat qo‘yilgan teri sohani suv bilan yuvish.
Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta'siri
Difengidraminning sirtki shakllari qo‘llanganida boshqa dori vositalari bilan nomutanosibligi yoki o‘zaro ta'sirining hollari ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Psilo-Balzam qo‘yilgandan so‘ng darhol (1-2 soat davomida) fotodermatozlar rivojlanishi xavfidan saqlanish uchun quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish kerak. Psilo-Balzam bilan davolash vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel 1%.
20 g yoki 50 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
STADA Artsnaymittel AG
Shtadashtrasse 2-18
V-61118 Bad Filbel, Germaniya
Tel. (+49) 6101-60-30
Faks (+49) 6101-60 32 59
Internet http//www.stada.ru
“Nijfarm” OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.
GSP-459, Salaganskaya ko‘ch., 7
Tel. (831) 278-80-88
Faks (831) 430-72-28
Internet http//www.nizhpharm.ru
Qayd etish guvoxnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi va manzili/shikoyatlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Nijfarm” OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.
GSP-459, Salaganskaya ko‘ch., 7 uy
Tel. (831) 278-80-88
Faks (831) 430-72-28
Internet http//www.nizhpharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.