Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Furotalgin quloq tomchilari, eritma 5ml
Nomi | Narx | |||||
Фуроталгин ушные капли р-р 5мл (205H23##2 267) |
UZS 27 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нитрофурал, тетракаина гидрохлорид, феназон
Страна производитель
Болгария
Дозировка
2,5 мг/31,25 мг/87,5 мг/мл 5 мл
Производитель
Софарма, АО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Ушные капли
Ko'rsatmalar
Dori shakli
Quloq tomchilari, eritma
Tarkibi
1 ml (27 tomchi) eritma quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar nitrofural (nitrofural) 2,5 mg, tetrakain gidroxloridi (tetracaine hydrochloride) 31,25 mg, fenazon (phenazone) 87,5 mg.
Yordamchi moddalar glitserol.
Ta'rifi
Tiniq, yashil tusli sariq rangli, hidsiz suyuqlik.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamik xususiyatlari
Furotalgin – mikroblarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sirlarga ega majmuaviy dori preparatidir.
Farmakokinetik xususiyatlari
Furotalgin mahalliy qo‘llanilganda dori moddalarini so‘rilishi va klinik ahamiyatli plazmadagi kontsentratsiyalarga erishishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda eshituv yo‘li va o‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Furotalginni har doim shifokoringiz buyurganidek qo‘llang. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Furotalgin – quloqqa tomizish uchun mo‘ljallangan dori preparatidir. Burun va ko‘zlarga tomizilmasin! Ichga qabul qilinmasin!
Tomchilarni eshituv yo‘llari tozalangandan keyin qo‘llang. Boshni tomchilar quloqda bir necha minut davomida qoladigan holatda yon tomonga egmoq kerak, shundan keyin eshituv yo‘li paxta bilan berkitiladi. Sovuq tomchi bilan noxush kontaktdan saqlanish uchun eritmani dastlab tana haroratigacha isitish kerak.
Dozalash
Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalar 6-10 tomchidan kuniga 3-4 marta.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 3-4 tomchidan kuniga 2 marta.
Davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi. 10 kundan oshmasligi kerak.
Agar Siz Furotalginni qo‘llashni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
O‘takazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi Furotalgin har bir odamda namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Eshituv yo‘lini ta'sirlanishi yoki qizarishi bilan namoyon bo‘luvchi allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Ichki quloqqa tushganda garchi kam hollarda kuzatilsada, quyidagilar kuzatilishi mumkin
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas tez o‘tuvchan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va yuqori chastotalarga nisbatan eshitishni pasayishi.
Umumiy buzilishlar
Tez-tez emas ko‘ngil aynishi, qusish.
Agar nojo‘ya ta'sirlardan birontasi jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Furotalginni qo‘llamang
-agar Sizda faol moddalar (nitrofural va nitrofuranning boshqa hosilalari, tetrakain, fenazon, boshqa mahalliy anestetiklar, ayniqsa efir tipdagi, paraaminobenzoy kislotasi va uning hosilalari) yoki yordamchi moddalarga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
-agar Sizda quloq pardasini teshilishi yoki zamburug‘lar chaqirgan quloq infektsiyalari (otomikoz) bo‘lsa, davolovchi shifokor Sizga Furotalginni buyurmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtni xabardor qiling.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davri
Furotalginni shifokor tomonidan baholangandan keyin homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini ishlatishdan oldin shifokoringiz yok farmatsevt bilan maslahatlashing.
Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Furotalgin transport vositalarini boshqarish va texnika va mashinalarda ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz Furotalginni keragidan ortiq dozada qo‘llagan bo‘lsangiz
Furotalginni to‘g‘ri qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
va o‘rami
Quloq tomchilari, eritma.
Birlamchi o‘ram
5 ml dan preparat sig‘imi 10 ml li jigarrang shishali dumaloq flakonlarga joylanadi. Flakon tomchilagichli buraladigan qopqoq bilan berkitiladi;
5 ml dan preparat sig‘imi 10 ml li polipropilen dumaloq flakonlarga joylanadi. Flakonlar polietilen tomchilagichga ega va “Pilferpruf” tipdagi polietilen qalpoqchalar bilan berkitilgan.
Ikkilamchi o‘ram 1 (bir) flakon qo‘llash bo‘yicha ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati 1 oygacha.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach Furotalginni qo‘llamang.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha!
Ishlab chiqaruvchi
Sofarma AJ – Bolgariya
1220 Sofiya, Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.