Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Артишок настоящий
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Производитель
Здоровье ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Kapsulalar
Artishok ekstrakt-Zdorovye kapsulalar 100 mg №60 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Artishok ekstrakt-Zdorovye
Dori shakli
kapsulalar.
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
Faol modda quruq moddaga qayta hisoblanganda 100 mg yoki 300 mg artishokning yangi o‘tidan (ekstragent – tozalangan suv) quyuq ekstrakti (7,51);
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, krospovidon; kapsula qobig‘i titan dioksidi (E 171), sariq shafaq FCF (E 110), jelatin (100 mg li doza) yoki titan dioksidi (E 171), temir (III) oksidi (E 172), temir (II, III) oksidi (E 172), jelatin (300 mg li doza) saqlaydi.
Ta'rifi to‘q sariq rangli qopqoqcha va korpusli (100 mg li doza) yoki to‘q sariq-jigarrangdan jigarranggacha rangli (300 mg li doza) qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – kul rang tusli och-jigarrangdan kul rang tusli to‘q jigarrang rangligacha bo‘lgan mayda granulalangan kukun. Oq rangli kiritmalar, kukun va kukun zarrachalarining agregatlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llarining kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar. Biliar patologiyada qo‘llanadigan vositalar.
ATX kodi A05A X.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan vosita; artishok barglarining ekstraktini saqlaydi. Safro haydovchi, gepatoprotektor, siydik haydovchi ta'sirga ega.
Farmakologik samarasi preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarning - sinarin, xlorogen kislotasi, askorbin kislotasi, karotin, V guruhi vitaminlari, inulinning majmuasi bilan bog‘liq. Preparatning asosiy ta'sir etuvchi moddasi – sinarin – asosan, xoleretik ta'sirga ega. Xolekinetik ta'siri kamroq darajada namoyon bo‘ladi. Askorbin kislotasi, karotin, V guruhi vitaminlari va inulin almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi.
Preparat safro ajralishini rag‘batlantiradi, qonda xolesterin darajasini pasaytiradi, gepatotsitlarning regeneratsiyasini rag‘batlantiradi; siydik haydovchi va gipolipidemik ta'sir ko‘rsatadi. Me'daning to‘lib ketish yoki cho‘zilishi hissini kamaytiradi, spazmni bartaraf qiladi.
Organizmdan mochevina, kreatinin, hamda toksinlarning (shu jumladan nitrobirikmalarni, alkaloidlarni, og‘ir metall tuzlarini) chiqarilishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
O‘t yo‘llarining gipotonik-gipokinetik tur diskineziyasi, surunkali toshsiz xolestsistit, turli etiologiyali surunkali gepatit, surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali intoksikatsiyalar (gepatotoksik moddalar, nitrobirikmalar, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari bilan), dispeptik buzilishlar (epigastriyada og‘irlik, meteorizm, ko‘ngil aynishi, kekirish) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza va qo‘llash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga qarab shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi.
Ovqatdan 15-30 minut oldin qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 200-300 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Davolashni 1-2 oylik tanaffusdan keyin shifokor bilan kelishilgan holda takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida diareya, qorinning yuqori qismida og‘riq, ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashi, allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Har qanday odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga/murakkab guldoshlar oilasiga mansub boshqa o‘simliklarga yuqori sezuvchanlik, o‘t yo‘llarining yoki siydik chiqarish yo‘llarini tutilishi, o‘t qopini yiringlashi (empiyema), o‘t-tosh kasalligi, o‘tkir gepatit, og‘ir jigar yetishmovchiligi, buyrakning o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz qanday biron-bir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta preparatni qo‘llash mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashing!
Preparat kumarin turidagi antikoagulyantlarning (fenprokumon, varfarin) ta'sirini susaytirishi mumkin, bu antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab qiladi. Preparat gipoazotemik va gipoxolesterinemik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipoazotemik va gipoxolesterinemik samaralar kuchayishi mumkin.
Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari.
Preparatni birinchi marta qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing! Shifokorning maslahatisiz preparatni ko‘rsatilgan vaqtdan ortiq qabul qilmang!
O‘t yo‘llarini tutilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va jigarning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar kasallik simptomlari saqlanib qolsa yoki doimo qaytalansa yoki diareya yoki qorinda og‘riq paydo bo‘lgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Davolash davrida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak. Preparatni uzoq muddat qo‘llanilganida qonda azot saqlovchi moddalar va xolesterinning darajasi pasayadi. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktazani yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ehtiyotkorliklar
Bu guruh preparatlarini qabul qilishga Sizdagi ilgarigi reaktsiyalar to‘g‘risida shifokorga albatta xabar bering.
Bolalar. 6 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llashning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan. Preparatning nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin.
Davolash preparatni bekor qilish, me'dani yuvish, simptomatik davolash. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 100 mg dan №10x2, №10x6 blisterlar qutida yoki 300 mg dan №10x3, №10x6 blisterlar qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil (100 mg li doza), 2 yil (300 mg li doza).
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ
Ukraina, 61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.