Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
100 г
Производитель
Lekinterkaps
Xolosas LIK 90g haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Xolosas-LIK
Ta'sir etuvchi modda dorivor o‘simlik xom ashyosi (na'matak ekstrakti).
Dori shakli
sirop
Tarkibi
Na'matak mevasi – 264 g, qand – 316 g, tozalangan suv – 1000 g preparat olish uchun yetarli miqdorda.
Ta'rifi o‘ziga xos hidli, nordon-shirin ta'mli, to‘q-jigarrang rangli quyuq siropsimon suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Cafro haydovchi vosita.
Kod ATX A05AX
Farmakologik xususiyatlari
Cafro haydovchi vositadir. Gepatotsitlarning me'yoriy faoliyatini tiklaydi va saqlab turadi, jarayonni surunkaliga o‘tishini oldini oladi, safro chiqishini tiklaydi, immun tizimining holatini me'yorlashtiradi, yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi ta'sirlarga ega, ichak motorikasini kuchaytiradi. S vitamini va boshqa biofaol tabiiy moddalar bo‘lganligi tufayli, umumiy quvvatlantiruvchi ta'sirga ega, immunitetni oshiradi.
Qo‘llanilishi
Gepatitlar, xoletsistitlar, xolangitlar, medikamentoz va alkogolli intoksikatsiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qo‘llanadi. Kattalarga 1 choy qoshiqdan, bolalarga - 1/4-1/2 choy qoshiqdan, ovqatlanishdan 30 minut oldin, kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda (preparat qand saqlaydi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Sirop 100 g, 140 g dan buraladigan qopqoqli shisha flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kartonli penalga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
Tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.