Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Галавит пор.д/приг.р-ра для в/м введ.50мг №5 (010124##2 303) |
UZS 127 900
UZS 133 300
-4%
Экономия UZS 5 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Аминодигидрофталазиндион натрия
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
50 мг
Производитель
Сэлвим
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Galavit rektal suppozitoriylar. 50 mg №5 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- yordamchi moddalar
Preparatning savdo nomi
Galavit®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) aminodigidroftalazindion natriy.
Dori shakli
rektal suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda 50 mg aminodigidroftalazindion natriy (Galavit®);
yordamchi moddalar
vitepsol W-35 (yog‘ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg, vitepsol N-15 (yog‘ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg.
Ta'rifi oqdan to sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli, uzunasiga kesimda ko‘rinadigan dog‘lari bo‘lmagan suppozitoriy.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyator vosita.
ATX kodi L03, G02.
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'sir mexanizmi makrofaglarning funktsional-metabolik faolligiga ta'sir qilish qobiliyati bilan bog‘liq.
Yallig‘lanish kasalliklarida preparat yallig‘lanish reaktsiyalarining darajasini, ularning siklikligini, shuningdek intoksikatsiyaning yaqqolligini belgilovchi o‘ta yuqori faollashgan makrofaglar tomonidan o‘smalar nekrozi omili, interleykin-1 va boshqa yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, kislorodning faol shakllarini oshiqcha sintezini 6-8 soatga qaytar ingibitsiya qiladi. Makrofaglarning funktsional holatini normallashishi ularning antigen ifodalovchi va boshqaruvchi faoliyatini tiklanishiga va autoagressiya darajasini kamayishiga olib keladi. Preparat fagotsitozni kuchaytirib va infektsion kasalliklarga organizmning nospetsifik rezistentligini oshirib, neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rektal qo‘llanganidan keyin yarim chiqarilish davri 40-60 minutni tashkil qiladi. Asosiy farmakologik samaralari 72 soat davomida kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda majmuaviy davolash tarkibida immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida
-intoksikatsiya va/yoki diareya bilan kechuvchi ichakning infektsion kasalliklari;
-me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi;
-virusli gepatitlar;
-gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
-papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;
-yiringli jarrohlik kasalliklar (kuyishli shikastlanishlar, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omnetit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);
-astenik xolatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy mehnat qobiliyatini pasayishi;
-operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan onkologik bemorlarda);
-bakterial va virusli etiologiyali urogenital infektsiyalarni davolash va oldini olish;
-og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, paradontning kasalliklari;
-bakterial va virusli etiologiyali nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari (tez-tez kuzatiladigan O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit);
-gripp va o‘tkir reapirator infektsiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal buyuriladi. Suppozitoriy kontur o‘ramdan chiqarib olinadi va so‘ngra to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Oldindan ichakni bo‘shatish tavsiya etiladi.
Preparatning dozasi va qo‘llashning davomiyligi kasallikning xarakteri, og‘irligi va davomiyligiga bog‘liq.
-Diareya sindromi bilan birga kechuvchi o‘tkir infektsion ichak kasalliklarida boshlang‘ich doza bir marta 2 50 mg li suppozitoriyni tashkil qiladi, so‘ngra 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta intoksikatsiya simptomlari yo‘qotilgunicha. Keyinchalik kursni 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan davom ettirish mumkin. Kurs - 20 50 mg li suppozitoriy.
-Me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligining o‘tkir davrida 2 kun 2 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15-25 suppozitoriy. Surunkali davrida 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan – har 72 soatda. Kurs - 20 suppozitoriy.
-Virusli gepatitlarda boshlang‘ich doza bir marta 2 suppozitoriyni tashkil qiladi, so‘ngra bittadan – kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari yo‘qolgunicha. Keyinchalik kurs 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan davom ettiriladi. Kurs - 20 suppozitoriy.
-Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda 1 suppozitoriydan har kuni 5 kun davomida, so‘ngra bittadan kunora – 15 suppozitoriy.
-Papilloma virusi chaqirgan infektsiyalarda 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bir suppozitoriydan kunora. Kurs – 20 suppozitoriy.
-Yiringli xirurgik kasalliklarda (kuyishli shikastlanishlar, qaytalanuvchi furunkulyoz, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, surunkali plevritda) 5 kun bir suppozitoriydan xar kuni, so‘ngra 1 suppozitoriydan kunora 10 kun davomida.
-Astenik holatlarda, nevrotik va somatoform buzilishlarda 5 kun bir suppozitoriydan har kuni, so‘ngra bittadan har 72 soatda. Kurs - 15 suppozitoriy. Jismoniy ishlash qobilyatini oshirish uchun 1 suppozitoriydan kunora, kursga - 5 suppozitoriy.
-Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda xirurgik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda) 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta - 5 suppozitoriy operatsiyagacha, 5 - operatsiyadan keyin bittadan kunora va 5 suppozitoriy - 72 soatlik interval bilan buyuriladi. Kasallikning og‘ir kechishida boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta yoki bittadan kuniga 2 marta. Kurs - 20 suppozitoriy.
-Bakterial va virusli etiologiyali urogenital infektsiyalarni davolash va oldini olishda 1 kuni 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta, so‘ngra 1 suppozitoriydan kunora. Kurs - 10-15 suppozitoriy (patologik jarayonning og‘irligiga qarab),
-Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklarida, parodontning kasalliklarida boshlang‘ich doza 1 suppozitoriydan har kuni – 5 suppozitoriy, so‘ngra bittadan – 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15 suppozitoriy.
-Nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining tez-tez qaytalanuvchi bakterial va virus etiologiyali kasalliklarida (tez-tez kuzatiladigan O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit) bir suppozitoriydan xar kuni 5 kun davomida, so‘ngra 1 suppozitoriydan kunora 10 kun davomida. Kurs - 15 suppozitoriy.
-Gripp va o‘tkir respirator infektsiyalarni oldini olish uchun bir suppozitoriydan kuniga 1 marta. Kurs - 5 suppozitoriy.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida antibiotiklarning kursli dozalarini pasaytirish mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 50 mg. 5 donadan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Selvim“ MChJ,
Manzil 123290, Rossiya, Moskva sh., 1-nchi Magistralniy berk ko‘ch., 5A uy, 91 xona.
Tel/faks (495) 269-03-43, 269-03-44.
Ishlab chiqarish joyining manzili
308013, Belgorod sh., Rabochaya ko‘ch., 14.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“SELVIM” MChJ O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
100042, Toshkent sh., Uyg‘ur-Xodjayev ko‘ch. 4-4
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.