Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Armaniston
Производитель
Арпимед
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Kardiolayf tab. 75 mg/15,2mg №96 (Kardiomagnil-75) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kardiolayf
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Atsetilsalitsil kislotasi/Magniy gidroksidi.
Dori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar atsetilsalitsil kislotasi - 75 mg, magniy gidroksidi - 15,2 mg;
yordamchi moddalar mag‘zi - mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, qobig‘i – titan dioksidi, gipromelloza, tozalangan talk, propilenglikol.
Ta'rifi oq rangli, yuraksimon, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antiagregant.
ATX kodi V01AS30
Farmakologik xususiyatlari
Atsetilsalitsil kislotasining ta'sir mexanizmi asosida siklooksigenaza fermentini (TSOG-1) qaytmas ingibitsiya qilinishi yotadi, buning natijasida A2 tromboksanning sintezi bloklanadi va trombotsitlar agregatsiyasi bostiriladi. Atsetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasini bostirishining boshqa mexanizmlari ham bor deb hisoblanadi, bu uni turli qon tomir kasalliklarida qo‘llash sohasini kengaytiradi. Atsetilsalitsil kislotasi shuningdek yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi samaralarga ham ega.
Magniy gidroksidi me'da-ichak yo‘llarining (MIY) shilliq qavatini atsetilsalitsil kislotasining ta'siridan himoya qiladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin atsetilsalitsil kislotasi MIY dan deyarli to‘liq so‘riladi. Atsetilsalitsil kislotasining T1/2 taxminan 15 minutni tashkil qiladi, chunki fermentlar ishtirokida atsetilsalitsil kislotasi ichakda, jigarda va qon plazmasida tez salitsil kislotasiga gidrolizlanadi. Salitsil kislotalari T1/2 - taxminan 3 soatni tashkil qiladi, ammo fermentli tizimga to‘yingan atsetilsalitsil kislotalarini yuqori dozada (3,0 g dan ortiqroq) bir vaqtda yuborilganda T1/2 sezilarli darajada oshishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasining biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil qiladi, lekin bu kattalik MIY shilliq qavatlari va jigarda esterazalarining ta'siri ostida salitsil kislotasini hosil bo‘lishi bilan tizimoldi gidrolizi tufayli ahamiyatli individual o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Salitsil kislotalarining biokiraolishligi 80-100% ni tashkil etadi. Magniy gidroksidi (qo‘llanayotgan dozalarda) atsetilsalitsil kislotasining biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
-xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semizlik, chekish, keksalik yoshi) mavjudligi tufayli tromboz va o‘tkir yurak yetishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklarini birlamchi oldini olish.
-qaytalangan miokard infarkti va qon tomirlar trombozini oldini olish.
-qon tomirlardagi jarrohlik aralashuvlaridan (aortokoronar shuntlash, teri orqali translyuminal koronar angioplastika) keyingi tromboemboliyani oldini olish.
-nostabil stenokardiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni butunligicha suv bilan birga yutish kerak.
Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semizlik, chekish, keksalik yoshi) mavjudligida tromboz va o‘tkir yurak yetishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklarini birlamchi oldini olish uchun 75 mg dozada atsetilsalitsil kislotasini saqlovchi Kardiolayf tabletkasidan birinchi sutkada2 tabletkadan, so‘ngra 1 tabletkadan sutkada 1 marta buyuriladi.
Qaytalangan miokard infarkti va qon tomirlar trombozini oldini olish uchun Kardiolayf 75-150 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.
Tomirlardagi jarrrohlik aralashuvlardan (aortokoronar shuntlash, teri orqali translyuminal koronar angioplastika) keyingi tromboemboliyalarni oldini olish uchun Kardiolayf 75-150 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.
Nostabil stenokardiyada Kardiolayf 75-150 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'silari
Allergik reaktsiyalar tez-tez - eshakemi, Kvinke shishi;
Immun tizimi kam hollarda - anafilaktik reaktsiyalar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan juda tez-tez - jig‘ildon qaynashi; tez-tez - ko‘ngil aynishi, qusish; kam hollarda - qorin sohasida og‘riq hissi, me'da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining yaralari, me'da-ichak qon ketishlari; kam hollarda - me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasining perforatsiyasi, «jigar» fermentlari faolligini oshishi; juda kam hollarda – stomatit, ezofagit, me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini eroziv shikastlanishi, strikturalar, kolit, ichakning ta'sirlanish sindromi.
Nafas tizimi tomonidan tez-tez - bronxospazm
Qon yaratish tizimi tomonidan juda tez-tez – qon ivishini oshishi; kam hollarda – anemiya; juda kam hollarda - gipoprotrombinemiya, trombotsitopeniya, neytropeniya, aplastik anemiya, eozinofiliya, agranulotsitoz.
Markaziy nerv tizimi tomonidan kam hollarda - bosh aylanishi, uyquchanlik; tez-tez - bosh og‘rig‘i, uyqusizlik; kam hollarda - quloqlarda shovqin, bosh miyaga qon quyilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-atsetilsalitsil kislotasiga, preparatning yordamchi moddalariga va boshqa NYaQP yuqori sezuvchanlik,
-bosh miyaga qon qo‘yilishi;
-qon ketishiga moyillik (K vitaminining yetishmovchiligi, trombotsitopeniya, gemorragik diatez);
-salitsilatlar va NYaQP ni qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma;
-me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishi (zo‘rayish bosqichidagi);
-me'da-ichakdan qon ketishlari;
-og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK 10 ml/min);
-glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
-metotreksat bilan bir vaqtda qabul qilish (haftada 15 mg);
-homiladorlikning I va III uch oyliklari;
-laktatsiya (emizish) davri;
-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Podagra,giperurikemiya, anamnezida MIY yarali shikastlanish yoki qon ketishlar, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, bronxial astma, pichanli isitma, burun polipozi, allergik holatlar va homiladorlikning II uch oyligida ehtiyot bo‘lish zarur.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Atsetilsalitsil kislotasi bir vaqtda qo‘llanganida quyidagi dori vositalarining ta'siri kuchayadi
-metotreksatni, buyrak klirensini pasayishi va oqsillar bilan bog‘idan uni siqib chiqarilishi hisobiga
-geparin va bilvosita antikoagulyantlarni, trombotsitlar funktsiyasini buzilishi va bilvosita antikoagulyantlarni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi hisobiga
-trombolitik va antitrombotsitar preparatlarni (tiklopidinni)
-digoksinni, uning buyrak ekskretsiyasini pasayishi oqibatida
-gipoglikemik vositalarni (insulin va sulfonilmochevina hosilalarini), atsetilsalitsil kislotasining o‘zini yuqori dozalarda gipoglikemik xususiyatlari va sulfonilmochevina hosilalarini oqsillar bilan bog‘lanishidan siqib chiqarilishi hisobiga
-valproat kislotasini, uni oqsillar bilan bog‘lanishidan siqib chiqarilishi hisobiga
Atsetilsalitsil kislotasini ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llaganda atsetilsalitsil kislotasini kardioprotektorlik samarasini pasayishiga olib keladi.
Atsetilsalitsil kislotasi etanol (alkogol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida additiv samara kuzatiladi.
Siydik kislotasining raqobatli tubulyar eliminatsiyasi hisobiga atsetilsalitsil kislotasi urikozurik vositalarning (benzbromonning) ta'sirini susaytiradi.
Tizimli glyukokortikosteroidlar salitsilatlarning eliminatsiyasini kuchaytirib, ularning ta'sirini susaytiradi.
Antatsidlar va kolestiramin preparatning so‘rilishini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Atsetilsalitsil kislotasi bronxospazmni qo‘zg‘atishi, shuningdek bronxial astma xurujlarini va yuqori sezuvchanlikning boshqa reaktsiyalarini chaqirishi mumkin.
Anamnezda bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas tizimining surunkali kasalliklarini, shuningdek boshqa preparatlarga (masalan, teri reaktsiyasi, qichishish, eshakemi) allergik reaktsiyalarni bo‘lishi xavf omillari hisoblanadi.
Atsetilsalitsil kislotasi jarrohlik aralashuvlar vaqtida va keyin turli darajadagi yaqqol qon ketishlarini chaqirishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasini past dozalarda qabul qiluvchi patsiyentlarda rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlaridan bir necha kun oldin qon ketishning rivojlanish xavfini ishemik asoratlarni rivojlanish xavfi bilan taqqoslashni baholash zarur. Agar qon ketishlar rivojlanish xavfi sezilarli darajada bo‘lsa, atsetilsalitsil kislotasini qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish zarur bo‘ladi.
Atsetilsalitsil kislotasini antikoagulyantlar, trombolitiklar va antitrombotsitar preparatlar bilan birga qo‘llash qon ketishlar rivojlanishini yuqori xavfi bilan birga kechishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasi past dozalarda moyil shaxslarda (siydik kislotasining pasaygan ekskretsiyasiga ega bo‘lganlarda) podagraning rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasini metotreksat bilan qo‘shilishi qon yaratish a'zolari tomonidan nojo‘ya samaralarning rivojlanishini yuqori tez-tezligi bilan birga kechishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasining yuqori dozalari gipoglikemik samara ko‘rsatadi, buni gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga uni buyurishda nazarda tutish kerak. Glyukokortikosteroidlar va salitsilatlar birga buyurilganida, davolash vaqtida qonda salitsilatlarning darajasini pasayishini, glyukokortikosteroidlar bekor qilinganidan keyin esa, salitsilatlarning dozasi oshib ketishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Atsetilsalitsil kislotasini iburofen bilan birga qo‘llash yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori patsiyentlarga tavsiya qilinmaydi atsetilsalitsil kislotani 300 mg gacha bo‘lgan dozada ibuprofen bilan bir vaqtda qabul qilganda antiagregant ta'sirini pasayishi kuzatiladi, bu atsetilsalitsil kislotani kardioprotektor samarasini kamayishiga olib keladi.
Atsetilsalitsil kislotasining dozasini oshirish me'da-ichak qon ketishlari xavfi bilan bog‘liq.
Atsetilsalitsil kislotasini antiagregant davolash sifatida past dozalarda davomli qabul qilganda keksa yoshdagi patsiyentlarda me'da-ichakdan qon ketishlar rivojlanish xavfini inobatga olgan holda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Atsetilsalitsil kislotasi alkogol bilan qo‘shilganida me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini shikastlanishini va qon ketishi vaqtini uzayishini xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlikning birinchi 3 oyligida salitsilatlarning yuqori dozalarini qo‘llash homilaning rivojlanish nuqsonlarining yuqori tez-tezligi bilan assotsiatsiyalanadi. Homiladorlikning II uch oyligida salitsilatlarni faqat xavf va foydani qat'iy hisobga olib buyurish mumkin. Homiladorlikning oxirgi uch oyligida salitsilatlar yuqori (sutkada 300 mg dan ko‘p) dozada tug‘ruq faoliyatini tormozlanishini, homilada arterial yo‘lini muddatidan oldin bekilishini, ona va homilada yuqori qon oquvchanlikni chaqiradi, bevosita tug‘ruq oldidan buyurish esa bosh miya ichki qon quyilishini, ayniqsa chala tug‘ilgan bolalarda chaqirishi mumkin. Homiladorlikning oxirgi uch oyligida salitsilatlarni buyurish mumkin emas.
Emishish davrida preparatni qo‘llashni mumkin yoki mumkin emasligini joriy qilish uchun klinik ma'lumotlar yetarli emas. Emizish davrida atsetilsalitsil kislotani buyurishdan avval ko‘krak yoshidagi bolalar uchun preparat bilan davolashdan bo‘lgan potentsial foydani potentsial xavfga nisbatini baholash lozim.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Atsetilsalitsil kislotasi bilan davolanish davrida patsiyentlar transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya etish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘rtacha og‘irlik darajasidagi dozani oshirib yuborish simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarda shovqin, eshitishni yomonlashishi, bosh aylanishi, ongni chalkashishi. Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Og‘ir darajadagi dozani oshirib yuborish simptomlari isitma, giperventilyatsiya, ketoatsidoz, respiratorli alkoloz, koma, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, yaqqol gipoglikemiya.
Davolash shoshilinch davolash - me'da yuvishni o‘tkazish, kislota-ishqor muvozanatini aniqlash, ishqoriy va jadal ishqoriy diurez, gemodializ, tuzli eritmalarni yuborishni o‘tkazish uchun darhol ixtisoslashtirilgan bo‘limlarga gospitalizatsiya qilish., faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik davolash. Ishqoriy diurezni o‘tkazishda rN qiymatini 7,5 va 8,0 orasida bo‘lishiga erishish kerak. Salitsilatlarning plazmadagi kontsentratsiyasi kattalarda 500 mg/l (3,6 mmol/l) dan va bolalarda 300 mg/ml (2,2 mmol/l) dan ko‘proqni tashkil qilganida jadallashtirilgan ishqoriy diurezni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
4 blister (24 tabletka saqlovchi 1 blister) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Preparat namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 - 25°C haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.