Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enterojermina 2mlrd.kaps. №12
Nomi | Narx | |||||
Энтерожермина 2 млрд.капс.№12 (3I010##2 260) |
UZS 80 700
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Споры Bacillus clausii, полирезистентные к антибиотикам
Страна производитель
Италия
Дозировка
2 миллиарда
Производитель
Sanofi Aventis S.p.A.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Enterojermina®/Enterogermina®
Xalqaro patentlanmagan nomi
yo‘q
Dori shakli
kapsulalar.
Tarkibi
Bir kapsula saqlaydi
faol modda antibiotiklarga polirezistent bo‘lgan Bacillus clausii sporalari – 2 milliard;
yordamchi moddalar kaolin, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati, kapsula tarkibi jelatin, titan dioksidi (E171), tozalangan suv.
Ta'rifi oqish rangdan fil suyagi rangigacha bo‘lgan mayda kukun saqlovchi qattiq oq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vosita.
ATX kodi A07FA.
Qo‘llanilishi
Ichak disbakteriozi (dismikrobioz) va undan keyingi endogen disvitaminozni oldini olish va davolash.
Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalar bilan davolashdagi ichak mikroflorasini tiklash bo‘yicha davolash.
Bolalardagi intoksikatsiya yoki ichak disbakteriozi (dismikrobioz) va disvitaminozi uchun xarakterli bo‘lgan o‘tkir va surunkali me'da-ichak buzilishlari.
Dozalash va qo‘llash usuli
Ichga qabul qilish uchun.
Dozalash
Kattalarga kuniga 2-3 kapsuladan, Davolovchi shifokor patsiyentning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin.
Preparatning bir martalik dozasini (1 kapsula) qabul qilishlar orasidagi tavsiya etilgan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
6 yoshdan oshgan bolalar kuniga 1-2 kapsula.Davolovchi shifokor patsiyentning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin.
Agar preparatning sutkalik dozasi kuniga 1 kapsulani tashkil qilsa, preparat kuniga bir marta qabul qilinishi kerak.
Agar sutkalik doza 1 kapsuladan ortiq bo‘lsa, preparatning bir martalik dozalarini (1 kapsula) qabul qilish orasidagi tavsiya etilgan intervallar 3-4 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llash usuli
Kapsulani oz miqdordagi suv yoki boshqa ichimlik bilan ichish kerak. Bolalarga kapsulani yutishi qiyin bo‘lgan hollarda, suspenziya ko‘rinishidagi preparatni ishlatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi yoki qanday bo‘lmasin boshqa ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
va qo‘llashdagi ehtiyotkorliklar
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu preparatni seliakiyada (yoki glyuten kasalligi) qo‘llash mumkin.
Ehtiyotkorlik choralari
Antibiotiklar bilan davolash vaqtida preparatni, antibiotiklarni qabul qilishlar orasidagi tanaffus vaqtida qabul qilish kerak.
Homiladorlik va emizish
Ushbu dori preparatini homiladorlik va emizish vaqtida qabul qilish mumkin.
Nojo‘ya ta'siri
Preparat qabul qilgandan so‘ng paydo bo‘luvchi toshma va eshakemi kabi allergik reaktsiyalar haqida ma'lumotlar bor.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining klinik ko‘rinishlari qayd etilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri va o‘zaro ta'sirning boshqa shakllari.
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish natijasida dorilar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari va mashina qurilmalarini boshqarish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
12 kapsuladan PVX/PVDX/Al blisterlarda. 1 yoki 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
.
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Sanofi-Aventis S.p.A., Italiya (Sanofi-Aventis S.p.A., Italy)
Viale Yevropa, 11, 21040 Oridjio, Italiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.