Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lakto-G kaps. №10
Nomi | Narx | |||||
Лакто-G капс. №10 (99091023##2 222) |
UZS 53 900
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лакто-G капс. №10 (99091023##2 234) |
UZS 53 900
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Грузия
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Грузия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Lakto -G
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) tirik bakteriyalar Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 g (2 kapsula) preparat quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar 10X109 CFU/g tirik bakteriyalar Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis.
yordamchi moddalar fruktooligosaxaridlar, guruch maltodekstrini.
Ta'rifi №0 o‘lchamli, qattiq polisaxaridli kapsulalar. Kapsulaning qopqog‘i va korpusi tiniq. Kapsula ichidagisi- sarg‘ishdog‘li oq kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
ichak mikroflorasini boshqaruvchi preparat.
ATX kodi A07FA01
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning tarkibiga kiruvchi sut achitqi bakteriyalari ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tutib turadi va tiklaydi. Bifidobakteriyalar va laktobatsillalar, sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi va yashashi uchun noqulay sharoit yaratadi; ovqat hazm qilish jarayonida va vitaminlarning (V, K...) sintezida ishtirok qiladi; elektrolitlar muvozanatini, oqsillar, fosfolipidlar, o‘t va yog‘ kislotalari, bilirubin, xolesterin almashinuvini boshqaradi.
Tabiiy polisaxaridlar – fruktooligosaxaridlar ichak bakteriyalari – eubiotiklarning ko‘payishi, kolonizatsiyasi va yashash faoliyati uchun qulay muhit yaratadi. Fruktooligosaxaridlar ovqatni hazm qiluvchi kislotalar ta'siri ostida parchalanmaydi va o‘zgarmagan holatda ichakning quyi bo‘limlariga o‘tadi.
Qo‘llanilishi
- ichak mikroflorasining muvozanatini buzilishi – disbakteriozni (ta'sirlangan ichak sindromi) oldini olish va davolash;
- antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan davolanish vaqtida bolalar va kattalarda rivojlanadigan disbakteriozlar;
- diareya, meteorizm, qabziyatlar;
- kolitlar, gastroentrokolitlarda (o‘tkir va surunkali) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir kapsulaning ichidagisini ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (sharbat, shirin suv) bilan aralashtirib, ovqatdan oldin qabul qilish buyuriladi.
2-12 yoshli bolalarga sutkada 1-2 kapsuladan ovqatni qabul qilishgacha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2-3 kapsuladan, och qoringa yoki ovqatdan oldin ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.
Davolash davomiyligi disbakteriozning rivojlanish sababi va organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, preparatni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlari qayd etilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlarigayuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Lakto-G ni boshqa dori vositalari bilan noxush o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash davrida alkogolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus ko‘rsatmalar
yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 kapsula o‘ramda.
Saqlash sharoiti
10-250S haroratda, quruq joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish sharoiti
Shifokor retseptisiz!
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«GMP» MChJ vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh.,
Mustaqillik prospekti, 75, tel. 141-03-73
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.