Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Laktofiltrum tab. №60
Nomi | Narx | |||||
Лактофильтрум таб. №60 (430424##2 266) |
UZS 65 300
UZS 68 100
-4%
Экономия UZS 2 800
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лактофильтрум таб. №60 (840724##2 288) |
UZS 63 900
UZS 66 600
-4%
Экономия UZS 2 700
Stokda yetarli (12)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Лактулоза, лигнин гидролизный
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
АВВА РУС, АО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Laktofiltrum
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) laktuloza, gidrolizli lignin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar gidrolizli lignin (quruq moddaga qayta hisoblaganda) – 355 mg; laktuloza (100 % moddaga qayta hisoblaganda) – 120 mg;
yordamchi moddalar natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza.
Tavsif
i oq-kulrang dog‘lari bo‘lgan to‘q-jigar rangli, ikki yoqlama qavariq kapsulasimon shaklli, riskali tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi preparatlar. Ichak adsorbentlari. Boshqa ichak adsorbentlari. Kombinirlangan preparatlar.
ATX kodi A07BC
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning farmakologik ta'siri tarkibiga kiruvchi faol komponentlar - lignin va laktulozaning xususiyatlari bilan bog‘liq.
Gidrolizli lignin - yog‘och komponentlari gidrolizining mahsulotlaridan tashkil topgan tabiiy enterosorbent, yuqori sorbtsiyalovchi (yutuvchi) faollikka va nospetsifik dezintoksikatsion ta'sirga ega. Ichakda patogen bakteriyalarni va bakterial toksinlarni, dori preparatlarini, og‘ir metall tuzlarini, alkogolni, allergenlarni, shuningdek modda almashinuvining ayrim ortiqcha mahsulotlarini, shu jumladan bilirubin, xolesterin, gistamin, serotonin, siydikchil, endogen toksikozning rivojlanishi uchun mas'ul bo‘lgan boshqa metabolitlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.
Toksik emas, so‘rilmaydi, 24 soat davomida ichakdan to‘liq chiqariladi.
Laktuloza – sintetik disaxarid bo‘lib, uning molekulasi galaktoza va fruktoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Laktuloza me'dada va ichakning yuqori bo‘limlarida so‘rilmaydi va gidrolizga uchramaydi. Tabletkadan yo‘g‘on ichakda substrat sifatida ajralib chiqqan laktuloza, bifidobakteriyalar va laktobatsillalar o‘sishini kuchaytirib, ichakning me'yoriy mikroflorasi tomonidan fermentga uchraydi. Laktulozaning yo‘g‘on ichakdagi gidrolizi natijasida, patogen mikroorganizmlarning o‘sishini susaytiruvchi va buning oqibatida azot saqlovchi toksik moddalarni hosil bo‘lishini kamaytiruvchi organik kislotalar – sut, sirka va chumoli kislotalari hosil bo‘ladi. Ta'riflangan jarayon yo‘g‘on ichak ichida osmotik bosimning oshishiga va peristaltikaning kuchayishiga olib keladi.
Preparatning majmuali ta'siri yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining me'yorlashuviga va endogen toksik holatlari jadalligining pasayishiga qaratilgan.
Preparatning bakterial vaginozni (qin disbiozini) majmuali davolashda qo‘llanilishi davolash samaradorligining oshishiga, shu jumladan, qinda laktobatsillalar sonining oshishiga, shuningdek shartli – patogen flora o‘sishining samarali bostirilishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Ichak mikroflorasining buzilishlari (ichak disbakteriozi), shu jumladan antibiotikoterapiya natijasida; ta'sirlangan ichak sindromini, gepatitlar va jigar sirrozini, allergik kasalliklarni (atopik dermatit, eshakemi), bakterial vaginoz qin disbiozi) ni majmuali davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichish uchun, zarur bo‘lganda - ovqatdan va boshqa dori vositalarini qabul qilishdan bir soat oldin oldindan maydalab, suv bilan ichiladi.
Ichak disbakteriozida
- kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga - 2-3 tabletkadan kuniga 3 mahal,
- 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 1-2 tabletkadan kuniga 3 mahal,
- 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 1 tabletkadan kuniga 3 mahal,
- 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 1/2 tabletkadan kuniga 3 mahal buyuriladi.
Bakterial vaginozda (qin disbiozida)
2 tabletkadan kuniga 3 mahal.
Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi - 2-3 hafta.
Preparatning uzoq vaqt qo‘llanilishi va davolashning qayta kurslari faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, kam hollarda - meteorizm, diareya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslik, ichak tutilishi, me'da-ichakdan qon ketishlari, galaktozemiya. Preparatni me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo‘rayishida, ichak atoniyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtning o‘zida peroral qabul qilinayotgan ayrim dori preparatlarning davolovchi ta'siri pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa dori preparatlari bilan alohida qabul qilish qoidasiga rioya qilgan holda majmuali davolashda qo‘llash mumkin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Belgilari qabziyat, qorinda og‘riqlar.
Davolash preparat qabul qilishni to‘xtatish lozim.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
10 yoki 15 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma loklangan alyumin folgadan tayyorlangan kontur uyali o‘ramada.
15 tabletkadan bo‘lgan 2 yoki 4 ta kontur uyali o‘ramalar qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoitlari
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«AVVA RUS» AJ,
Rossiya 610044, Kirov vil., Kirov sh., Luganskaya k., 53A uy
Tel. +7 (8332) 25-12-29, +7 (495) 956-75-54
Ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomlanishi va manzili
“AVVA RUS” AJ,
Rossiya, 121614, Moskva sh., Krilatskiye Xolmi ko‘ch., 30 uy, 9 korpus.
Tel./faks +7 (495) 956-75-54
info@avva-rus.ru
avva.com.ru
laktofiltrum.uz
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«AVVA VOSTOK» IP OOO,
O‘zbekiston Respublikasi 100057, Toshkent sh., Bayroktol ko‘ch., 15
Tel. +998 95 7959548
drug.safety@avva-rus.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.