Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lineks kapsulalari №16
Nomi | Narx | |||||
Линекс капс. №16 (NR8645##2 326) |
UZS 49 500
UZS 51 600
-4%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс капс. №16 (NR8645##2 335) |
UZS 49 500
UZS 51 600
-4%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс капс. №16 (NR8645##2 350) |
UZS 49 500
UZS 51 600
-4%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (7)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс капс. №16 (NR8645##2 374) |
UZS 49 500
UZS 51 600
-4%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс капс. №16 (NN5808##2 418) |
UZS 49 100
UZS 51 200
-4%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Лиофилизированный лактобацилл ацидофильный, бифидобактерии
Kelib chiqqan mamlakat
Sloveniya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Lek d.d.
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Капсулы
Ko'rsatmalar
Mazmuni
1. Lineks o‘zi nima va undan nima uchun ishlatiladi
2. Lineksni qo‘llashdan oldin
3. Lineks qanday qabul qilinadi
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
5.
Saqlash sharoiti
LINEKS kapsulalari
liofilizatsiya qilingan sut-kislotali bakteriyalari
diareyaga qarshi probiotik
Tarkibi
Ta'sir etuvchi modda liofilizatsiya qilingan cut-kislotali bakteriyalar.
Bir kapsula antibiotiklar ta'siriga chidamli bo‘lgan kamida 1,2 x 107 KOE Lactobacillus acidophilus (L. gasseri), Bifidobacterium infantis va Enterococcus faecium cut-kislotali bakteriyalarni saqlaydi.
Yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, dekstrin, laktoza, magniy stearati, jelatin, titan dioksidi (E 171).
Ta'rifi oq kukun saqlovchi, tiniq bo‘lmagan, oq rangli qattiq kapsula.
O‘rami
16 yoki 32 kapsuladan qutiga joylangan alyuminiy blisterlarda.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Lek Farmasьyutikalz d.d., Verovshkova 57, Lyublyana, Sloveniya.
1. LINEKS O‘ZI NIMA VA UNDAN NIMA UCHUN ISHLATILADI
Lineks probiotik bo‘lib hisoblanadi. Lineks tarkibi ichakda mikroorganizmlarning (ichak florasining) fiziologik muvozanatini tartibga soluvchi liofilizatsiya qilingan tirik cut-kislotasi bakteriyalarning uch xil turidan iborat. Mazkur bakteriyalar ma'lum antibiotiklarga va ximioterapevtik vositalarga chidamlidir.
Sut-kislotali bakteriyalar normal sharoitlarda ingichka va yo‘g‘on ichakda mavjud bo‘ladi, u yerda ular ovqatni hazm qiluvchi fermentlar, immun tizimi va ichak peristalьtikasining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kislota-ishqor balansini saqlaydi. Agar cut-kislotasi bakteriyalarining tanqisligi kuzatilsa, ichak mikroflorasi muvozanati izdan chiqadi, bu esa ovqatni hazm qilishda turli buzilishlarga olib keladi.
Lineks preparatining bakteriyalari liofilizatsiya qilingan (ya'ni past haroratda quritilgan), bu preparatni xona haroratida shakli va faolligini o‘zgartirmay saqlash imkoniyatini beradi.
Lineks quyidagi hollarda
• emizikli bolalarda, kattaroq yoshli bolalarda va kattalarda me'da-ichak yo‘llaridagi virusli va bakterial infektsiyalarda (masalan, rotavirus infektsiyalari, sayyohlar diareyasi);
• ta'sir doirasi keng bo‘lgan antibiotiklar va ximioterapiya vositalari bilan davolashda;
• qorin bo‘shlig‘i va tos a'zolarini nurlantirish natijasida ichak mikroflorasi muvozanati buzilishi keltirib chiqargan diareyada, meteorizmda va ovqat hazm qilishning boshqa buzilishlarida profilaktika va davolash uchun qo‘llaniladi.
Probiotiklar yoki cut-kislotali bakteriyalarni qabul qilish ichakda normal mikroflorani buzilishi tufayli yuzaga keladigan yengil va o‘rtacha darajada ovqat hazm qilishni buzilishlari tez-tezligini va darajasini samarali pasaytiradi.
2. LINEKSNI QO‘LLASHDAN OLDIN
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta'sir etuvchi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik (allergiya).
Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Lineksni qabul qilishdan oldin quyidagi hollarda
• tana harorati 38°C dan oshganida;
• ahlatda qon yoki shilliqlar mavjud bo‘lganida;
• diareya ikki kundan ortiq davom etganida;
• suvsizlanish va tana vaznini yo‘qotish bilan kechuvchi og‘ir diareyada;
• qorinda kuchli og‘riq bilan kechuvchi diareyada;
• boshqa surunkali kasalliklarda (masalan, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklarida) yoki immun tanqisligi holatlarida (masalan, OIV infektsiyasida) shifokor bilan maslahatlashing.
6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda diareyani tibbiy nazoratsiz davolash mumkin emas.
Diareyani patsiyentning o‘zi tomonidan davolanganida yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarni o‘rnini to‘ldirish birinchi va bosh tadbir bo‘lib hisoblanadi.
Boshqa dori vositalarini qabul qilish
Lineks bakteriyalarini ma'lum bir antibiotiklarga va ximioterapiya vositalariga chidamliligi isbotlangan. Lineksni antibiotiklar va ximioterapiya vositalari bilan birga, ammo boshqa-boshqa vaqtda qabul qilish mumkin. Samara ko‘proq bo‘lishi uchun Lineksni antibiotik yoki ximioterapiya preparati qabul qilinganidan keyin kamida 3 soat o‘tgach qabul qiling.
O‘zaro ta'sirlarga doir boshqa tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Homiladorlik va emizish
Har qanday preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va emizish davrida diareyani davolash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida preparatning xavfsizligi haqidagi ma'lumotlar yetarli emas, shu sababli homilador va emizikli ayollarga Lineksni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Transportni boshqarish va texnika vositalari bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Transportni boshqarish va texnika vositalari bilan ishlash qobiliyatiga ta'siriga doir ma'lumotlar yo‘q.
Yordamchi moddalar haqida ma'lumot
Lineks laktozani saqlaydi (98,28 mg/kapsula). Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza/galaktoza so‘rilishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar mazkur preparatni qabul qilmasliklari lozim.
Lineks allergik reaktsiyalarni (yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini) keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sut oqsillari izlarini saqlashi mumkin.
3. LINEKS QANDAY QABUL QILINADI
To‘g‘ri qo‘llash, dozalash va qabul qilish davomiyligi bo‘yicha quyida keltirilgan tavsiyalarga aniq rioya qiling.
To‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
• Lineks ovqatlanish vaqtida (kislotali me'da shirasining cut-kislotali bakteriyalarga salbiy ta'siridan saqlanish maqsadida) ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
• Alkogol yoki issiq ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.
• Agar bola kapsulani yutishni bilmasa yoki yuta olmasa, kapsulani ochish, ichidagini (kukunni) qoshiqqa solish va bola uni yuta olishi uchun yetarli bo‘lgan suyuqlik miqdori bilan aralashtirish zarur.
Dozalash va qabul qilish davomiyligi
Emizikli va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 kapsuladan sutkada 3 marta.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1–2 kapsuladan sutkada 3 marta.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 2 kapsuladan sutkada 3 marta.
Lineksni simptomlar yengillashmaguncha qo‘llash mumkin.
Agar Lineksni qabul qilishdan 2 kun o‘tgach diareya to‘xtamasa, shifokorga murojaat qiling.
Diareyani mustaqil davolashda yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarni o‘rnini tiklash birinchi va bosh tadbir bo‘lib hisoblanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar doza oshirib yuborilganidan keyin nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Dozani oshirib yuborilishi
hollari haqidagi xabarlar yo‘q.
Qabul qilishni o‘tkazib yuborilishi
Qabul qilish o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini bosish uchun ikki dozani qo‘llamang.
Preparatni keyingi dozani qabul qilish vaqti kelganida qabul qiling, so‘ngra preparatni odatdagi sxema bo‘yicha qabul qilishni davom ettiring.
4. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALARI
Barcha dori preparatlari kabi, Lineks ham nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo ular hammada ham paydo bo‘lavermaydi.
Sut-kislotali bakteriyalar qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlar juda kam hollarda uchraydi (10 000 patsiyentdan bittasidan kam hollarda yuzaga keladi). Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuz berishi mumkin.
Agar biror-bir nojo‘ya samaralar og‘irligi kuchaysa yoki ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
5. SAQLASH SHAROITI
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
25°C yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.