Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yomogi kaps 250 mg № 10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лиофилизированные дрожжи Saccharomyces boulardii
Страна производитель
Германия
Дозировка
250 мг
Производитель
Ardeypharm GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Yomogi®
Xalqaro patentlanmagan nomi
yo‘q.
Dori shakli
kapsulalar, 250,0 mg
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 250,0 mg Saccharomyces boulardii (Saccharomyces cerevisiae Hansen CBS 5926 sinonomi) liofilizatsiyalangan achitqilari,
yordamchi moddalar suvsiz laktoza, magniy stearati,
kapsula tarkibi xlorofillin mis kompleksi (E141), titan dioksidi (E171), temir (II) oksidi (E172), jelatin, suv.
Ta'rifi sariq qopqoqchali va ochyashil korpusli uzunchoq qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula tarkibi kulrangsarg‘ish tusli oxra rangli va o‘ziga xos hidli granulalangan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
probiotik.
ATX kodi A07FA02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Yomogi® ichakning normal mikroflorasini tiklashga yordam beradi va yaqqol etiopatogenetik diareyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. MIY (me'da-ichak yo‘llari) dan o‘tishda Saccharomyces boulardii ichakning normal mikroflorasiga nisbatan biologik himoya ta'sirini ko‘rsatadi. Saccharomyces boulardii ichakning mikrobiotsenozini izdan chiqaruvchi Clostridium difficile, Klebsiella pneumonia, Staphilococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa,Candida krusei, Candida pseudotropical, Candida albicans, Salmonella typhi, Salmonella enteritidis, Ecsherichia coli, Shigella dysenteriae, Shigella flexneri, Vibrio cholera, boshqa Klebsiella va Proteus turi qo‘zg‘atuvchilari kabi patogen va shartli patogen mikroorganizmlarning va zamburug‘larning o‘sishini susaytiradi.
Yomogi® toksinlarni parchalovchi proteazalarni ishlab chiqarilishi va toksin (ayniqsa Clostridium difficile A sitotoksiniga nisbatan) bog‘lanadigan enterotsit retseptori bilan bog‘liq antitoksik ta'sir hamda enterotsitlarda sAMF hosil bo‘lishini pasayishi yordamida amalga oshiriladigan antisekretor ta'sir ko‘rsatadi.
Yomogi® sekretor IgA moddasini oshishi natijasida nospetsifik immun himoyani kuchaytiradi, ingichka ichak disaxaridlarining (laktaza, saxaraza, maltaza) fermentativ faolligini oshiradi.
Yomogi® spermin va spermidin ajrab chiqarilishi natijasida ingichka ichak shilliq qavatining trofikasini yaxshilaydi.
Saccharomyces boulardii antibiotiklar ta'siriga genetik bog‘liq bo‘lgan chidamliligi ularni ovqat hazm qilish yo‘lining normal mikrobiotsenozining himoyasi uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkoniyatini beradi.
Farmakokinetikasi
Yomogi® ichga qabul qilinganidan keyin yo‘g‘on ichakda Saccharomyces boulardii ning yuqori kontsentratsiyasiga tez erishiladi va sutka davomida tutib turiladi. Saccharomyces boulardii qon oqimi va mezenterial limfatik tugunlar orqali o‘tmaydi. Davolash to‘xtatilganidan keyin Saccharomyces boulardii 35 kun davomida ahlat bilan butunlay chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Quyidagilarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi
-o‘tkir ichak infektsiyalari chaqirgan diareyada,
-antibiotikoterapiya bilan bog‘liq diareya, kolitda (shuningdek, Clostridium difficile chaqirgan soxtamembranoz kolitda),
-zond orqali ovqatlanishdagi diareyada,
-sayyohatchi diareyasida,
-aknening surunkali shaklida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 2 yoshdan katta bolalarga
O‘tkir ichak infektsiyalarida diareyani davolashda 1 kapsuladan kuniga 12 marta qabul qilinadi. Davolash davomiyligi 35 kun, yaxshi samaraga erishish uchun davolash diareya bartaraf qilinganidan keyin bir hafta davomida davom ettiriladi.
Antibiotikoterapiya bilan bog‘liq diareya, kolitda (shuningdek, Clostridium difficile chaqirgan soxtamembranoz kolitda) antibiotikoterapiyaning birinchi kunidanoq antibiotiklar bilan birga sutkada 2 marta 2 kapsuladan dozada buyuriladi. Davolash davomiyligi 1014 kunni tashkil qiladi.
Sayyohatchi diareyasini oldini olishda sayohat boshlanishidan 5 kun avval kuniga 1 kapsuladan 12 marta qabul qilish kerak.
Zond orqali uzoq vaqt ovqatlanishdagi diareyani oldini olish va davolash uchun kuniga
1,5 l oziqlantiruvchi suyuqlikka 3 kapsuladan buyuriladi.
Aknening surunkali shaklida davolashga qo‘shimcha sifatida 1 kapsuladan kuniga 3 marta buyuriladi. Bir necha hafta davomida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Kapsulalarni ovqatdan 1 soat oldin qabul qilish va yetarli miqdordagi suyuqlik (1 stakan)bilan ichish kerak.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yoki zondli oziqlantirishda Yomogi kapsulalarini qo‘llash usuli
-kapsulani o‘ralgan g‘ilofidan ajratib olib ochish kerak;
-ehtiyotkorlik bilan kapsula ichidagisini xona haroratidagi suvga yoki mos keladigan boshqa suyuqlikka (oziqlantiruvchi aralashma) silkitib soling.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda
-qichishish, toshma, ekzantema ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar, preparatning komponetlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikning boshqa ko‘rinishlari,
-meteorizm.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik,
-2 yoshgacha bolalar,
-immun tanqisligi holatida (OITVinfektsiyada, a'zolar transplantatsiyasida, leykemiyada, xavfli o‘smada, ximiyaterapiya, nur bilan davolagandan keyin, glyukokortikoidlarni yuqori dozalari bilan uzoq vaqt davolashda),
-markaziy venoz kateter bo‘lganida (gospital sharoitlarda markaziy venoz kateter bo‘lgan bemorlarda kam hollarda fungemiya yuzaga kelganligi qayd qilingan) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Zamburug‘lar qarshi preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda Yomogi®ning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Yomogi®ni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilganda qon bosimi oshishi mumkin, bu shuningdek, preparatni qisqa vaqt qabul qilganda ham kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar diqqatiga Yomogi® ning 1 kapsulasi 0,01 NB (non birligi) ga mos keladi.
Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Yomogi® preparatini qo‘llaganda 2 sutkadan keyin holat yaxshilanmasa, shuningdek tana harorati oshsa, ahlatda shilliq yoki qon aniqlansa shifokorga murojaat qilish kerak.
Chanqoq va og‘iz qurishi patsiyentda regidratatsiya yetarli darajada emasligidan dalolat beradi.
Saccharomyces boulardii ning faolligini pasaytirmaslik uchun preparatni juda issiq yoki sovuq ovqat yoki ichimlik bilan qabul qilinmasligi kerak.
Agar Yomogi® bilan davolash vaqtida yoki keyin axlatni mikrobiologik tekshiruvlari o‘tkazilsa, bu haqida laboratoriyaga habar qilish kerak, aks holda soxtamusbat natijalarni olish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Yomogi® preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Transport vositasini yoki potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan PVX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 10 yoki 20 kapsuladan davlat va rus tilidagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Ardeyfarm GmbX”, Germaniya 58313 Xerdeke, tel (+0 23 30) 977 677, faks 977 697
Qayd etish guvohnomasi egasi
“Ardeyfarm GmbX”, Germaniya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.