Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Темпалгин таб. п/о №20 (431N23##2 431) |
UZS 29 400
UZS 30 700
-4%
Экономия UZS 1 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Темпалгин таб. п/о №20 (431N23##2 460) |
UZS 29 400
UZS 30 700
-4%
Экономия UZS 1 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Метамизол натрий, триацетонамин 4-толуенсульфонат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Bolgariya
Dozasi
500 мг
Производитель
Sopharma AD
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Tempalgin tab. №20 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tempalgin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) metamizol natriy, triatsetonamin – 4 – toluyensulfonati
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 500 mg metamizol natriy (metamizole sodium) va 20 mg triatsetonamin – 4 – toluyensulьfonati (triacetonamine – 4 - toluensulfonate);
yordamchi moddalar bug‘doy kraxmali, mikrokristall sellyuloza (101 tip), magniy stearati, tal'k, povidon K25;
qobig‘ining tarkibi – opadray II yashil (polivinil spirti – qisman gidrolizlangan, makrogol 3350, tal'k, titan dioksidi Ye171, xinolin sarig‘i Ye104, brilliant ko‘ki Ye133).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, yashil rangli, diametri 13 mm bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
analьgetik-antipiretik
ATX kodi N02BB72
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Metamizol natriy og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida kuchli og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. U prostaglandinlar sintezini tormozlaydi, siklooksigenaza faolligini susaytirib biroz membranani barqarorlashtiruvchi ta'sirga ega, endogen pirogenlar hosil bo‘lishini susaytiradi.
Triatsetonamin – 4 – toluyensulьfonati yaqqol anksiolitik faollikka ega va bezovtalik, qo‘rquv va tanglik holatiga ta'sir qiladi. Harakat qo‘zg‘alishini kamaytiradi, markaziy N-xolinolitik ta'sir ko‘rsatadi. Metamizolning og‘riqni qoldiruvchi ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi. Triatsetonamin – 4 – toluyensulьfonati shuningdek og‘riqning emotsional tarkibiy qismiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Metamizol natriy va triatsetonamin – 4 – toluyensulьfonati majmuasi metamizolning og‘riqsizlantiruvchi ta'sirini kuchaytiradi va ta'sir qilish davomiyligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Peroral qo‘llanilganidan keyin metamizol me'da-ichak yo‘llarida gidrolizlanadi. Faol metabolitlari bo‘lib 4-metil-amino-antipirin (MAA) va 4-amino-antipirin (AA) hisoblanadi. MAA tez va to‘liq so‘rilishi bilan xarakterlanadi. Maksimal plazmadagi kontsentratsiyalariga 1-2 soat oralig‘ida erishiladi. MAA ning biokiraolishligi taxminan 90% ni tashkil qiladi. Ovqat metamizolning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Triatsetonamin – 4 – toluyensulьfonati me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarida so‘riladi. Plazmadagi terapevtik kontsentratsiyalari qabul qilinganidan so‘ng 30 minutdan keyin aniqlanadi. Plazmadagi maksimal 0,8 mkg/ml kontsentratsiyaga 60 minut atrofida erishiladi.
Taqsimlanishi
Metamizol natriy plazmadagi proteinlar bilan qisman bog‘lanadi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarning natijalari triatsetonamin – 4 – toluyensulьfonatini to‘qimalarda taqsimlanishi ahamiyatli ekanligini ko‘rsatdi.
Metabolizmi
Metamizol natriy jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Uning asosiy metabolitlari4-metil-amino-antipirin, 4-amino-antipirin farmakologik faoldir.
Chiqarilishi
Metabolitlari shaklida siydik bilan chiqariladi, bunda chiqarilgan metamizolning faqat 3% o‘zgarmagan holda bo‘ladi. Metamizolning metabolitlari ko‘krak suti bilan chiqariladi. Triatsetonamin – 4 – toluyensulьfonati o‘zgarmagan holda qo‘llangan dozaning 2/3 miqdorida, siydik bilan chiqariladi.
Jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar MAA faol metabolitining yarim chiqarilish davri jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda taxminan3 marta uzayadi. Bunday patsiyentlarga metamizolning pastroq dozalari bilan davolanish tavsiya qilinadi.
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ayrim metabolitlarining chiqarilish darajasini pasayishi kuzatiladi. Bunday patsiyentlarga metamizolning pastroq dozalari bilan davolanish tavsiya qilinadi.
Qo‘llanilishi
Tempalgin quyidagi hollarda bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i va stomatologik muolajalar, mialgiyalar (mushaklardagi og‘riqlar), nevralgiyalar, artralgiyalar (bo‘g‘imlardagi og‘riqlar) da kuchsizdan o‘rtacha ifodalangan og‘riqlarni uzoq bo‘lmagan simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tempalginni ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibga har doim rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz biron bir narsaga ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Tabletkalarni suv bilan ichga, ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan Tempalginni 3-5 kundan ortiq qabul qilmang.
Kattalar
Odatdagi doza – simptomlarning og‘irlik darajasiga qarab, 1 tabletkadan kuniga 1-3 marta qo‘llanadi. Bir martalik maksimal doza 1 tabletkadan, maksimal sutkalik doza esa – 4 tabletkadan oshmasligi kerak.
Stomatologik muolajalarda – 1 tabletkadan aralashuvdan ½ soat oldin.
15 yoshdan oshgan bolalar
Kuniga 1 tabletkadan buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 2 tabletkani tashkil qiladi va simptomlarning og‘irlik darajasiga bog‘liq.
65 yoshdan oshgan patsiyentlar
Agar Siz 65 yoshdan oshgan bo‘lsangiz, odatda dozani kamaytirish talab qilinmaydi, ammo Sizda jigar yoki buyraklaringizda muammolar bo‘lsa, Tempalgin bilan davolanish uzoq muddatli bo‘lmasligi kerak. Maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan oshmasligi kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Agar Sizda yaqqol jigar kasalligi bo‘lsa, davolashni kattalar uchun tavsiya qilingan dozaning ½ qismidan boshlang (sutkada 2 tabletkadan ortiq emas).
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Agar Sizda buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lsa, Siz sutkada 2 tabletkadan ortiq qabul qilishingiz mumkin emas.
Agar Siz Tempalgin qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bir doza qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni mumkin qadar tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qiladigan vaqt yetgan bo‘lsa, unda unutilgan dozani o‘tkazib yuborib, uni odatdagidek qabul qiling. Unutilgan doza o‘rnini qoplash uchun dozani ikki marta qabul qilmang. Dori vositasini qabul qilishni ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda davom ettiring.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha har qanday qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi, barchada namoyon bo‘lavermasligiga qaramasdan, Tempalgin nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin. Tempalginni qo‘llashda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar ko‘proq metamizol natriy bilan bog‘liq.
Quyidagilar kuzatilishi mumkin
-agranulotsitoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infektsiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi), leykopeniya (oq qon xujayralarining sonini kamayishi, bu infektsiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi), aplastik anemiya (qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu holsizlik, ko‘karishlarni paydo bo‘lishi yoki infektsiyalar rivojlanishi ehtimolini oshishiga olib keladi), trombotsitopeniya (trombotsitlar sonini kamayishi, bu qon ketishlar yoki ko‘karishlarni paydo bo‘lishi xavfini oshiradi), gemolitik anemiya (qizil qon xujayralarini kamayishi, bu rangparlik yoki terini sarg‘ayishi, holsizlik yoki hansirashga olib keladi) kabi qon manzarasini buzilishlari;
-ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i va diskomfort, ayrim hollarda – yara paydo bo‘lishi va qon ketishi;
-siydikda oqsil paydo bo‘lishi, siydikning miqdorini kamayishi yoki ko‘payishi, buyraklarni yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘luvchi buyraklarni shikastlanishi;
-yurak ritmini buzilishi, qon bosimini pasayishi;
-o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar) – qichishish, achishish, terini qizarishi, urtikariya, shishlar (tarqalgan va mahalliy), nafas olishni qiyinlashishi, kam hollarda – me'da-ichak tomonidan shikoyatlar, astmatik xuruj (aspirin astmasi bo‘lgan patsiyentlarda), angionevrotik shish (shu jumladan laringeal), Stivens-Djonson yoki Layell sindromi (terida, og‘iz bo‘shlig‘ida, ko‘zda va jinsiy a'zolarda pufaklar paydo bo‘lishi bilan kechuvchi og‘ir reaktsiyalar), sirkulyator shok;
-nerv tizimi tomonidan buzilishlar – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi;
-jigar funktsiyasini buzilishlari – jigar fermentlari darajasini oshishi, xolestaz (safro oqib chiqishini buzilishi), giperbilirubinemiya (qonda bilirubinning miqdorini oshishi).
Agar har qanday nojo‘ya ta'sirlari jiddiylashsa yoki ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan boshqasini sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tempalginni qabul qilmang
-agar Sizda faol moddalar – metamizol natriy, triatsetonamin – 4 – toluyensulfonati yoki Tempalginning har qanday yordamchi moddalaridan biriga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
-agar Sizda pirazolonning boshqa preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lsa;
-agar o‘tkir jigar porfiriyasi (eritrotsitlarni hosil bo‘lishini buzilishi bilan kechuvchi nasliy kasallik) bilan kasallangan bo‘lsangiz;
-agar Sizda glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma yetishmovchiligi (eritrotsitlarni hosil bo‘lishini buzilishi bilan kechuvchi nasliy kasallik) bo‘lsa;
-og‘ir buyrak va jigar kasalliklarida;
-agar Sizda suyak ko‘migining funktsiyasini buzilishi (tsitostatiklar bilan davolanishdan keyin) yoki aplastik anemiya (qon xujayralarining sonini kamayishi, bu holsizlik, ko‘karishlarni paydo bo‘lishi yoki infektsiyalar rivojlanishi ehtimolini oshishiga olib keladi), agranulotsitoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infektsiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi), leykopeniya (oq qon xujayralarining umumiy sonini kamayishi) kabi qon kasalliklari bo‘lsa;
-100 mm.sim.ust. past ko‘rsatkichli qon bosimini pasayishida;
-agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz;
-agar patsiyent 15-yoshdan kichik bola bo‘lsa.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga Siz hozir qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan boshqa dori preparatlari, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori preparatlari haqida xabar berishingizni so‘raymiz.
Markaziy nerv tizimini bostiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari, homiladorlikka qarshi dori preparatlari, kumarin antikoagulyantlari (qon ivishini pasaytiradi), xlorpromazin (ruhiy kasalliklarni davolash uchun), xloramfenikol (antibiotik), siklosporin (o‘sma kasalliklarida qo‘llanadi), uxlatuvchi dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llash davolashga ta'sir qilishi mumkin.
Tempalginni ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qo‘llash
Tabletkalarni suv bilan ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Tempalgin bilan davolanish vaqtida alkogolni iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi, chunki dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
-Agar Sizda qonning oq xujayralarining sonini kamayishi (leykopeniya) bilan kechuvchi kasallik Sizga ma'lum bo‘lsa;
-Agar Sizda boshqa dori preparatlari va ovqat mahsulotlariga, og‘riqsizlantiruvchi va revmatizmga qarshi dori preparatlariga allergiya (analьgetiklarni o‘zlashtiraolmaslik) bo‘lsa;
-Allergiya bilan bog‘liq bo‘lgan bronxial astmada (bo‘g‘ilish huruji);
-Agar Sizda qon bosimi past bo‘lsa;
-Agar Sizda buyraklar va jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lsa.
Homiladorlik va emizish davri
Har qanday dori preparatini qabul qilishdan avval shifokoringiz yoki farmatsevtga maslahat uchun murojaat qiling.
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida Tempalginni qo‘llash mumkin emas.
Emizish
Emizish davrida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agar preparat bilan davolashning zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta'sirini o‘ziga xosligi
Transport vositasini boshqarmang va hech qanday asbob yoki mashinalarni ishlatmang, chunki Tempalgin diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytiradi va shartli reflekslarni sekinlashtiradi.
Preparatning ayrim yordamchi moddalari haqida muhim ma'lumot.
Dori preparatining tarkibiga bug‘doy kraxmali kiradi. U seliakiyasi bo‘lgan shaxslarga mos keladi. Bug‘doyga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlar (tseliakiyadan farqli) ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori preparatning yuqori dozalarini qabul qilish hollarida kuzatish mumkin ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, qorin og‘rig‘i, hushni yo‘qotishgacha holsizlik, shokkacha qon bosimini keskin pasayishi (qon bosimini pasayishi bilan hushni yo‘qotish) va yurak ritmini buzilishi.
Ushbu simptomlardan biri paydo bo‘lganida dori preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokor bilan maslahatlashing!
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan PVX plyonka/alyumin folьgali blisterda;
2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalash uchun original o‘ramida, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Yaroqlilik muddati
4 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
SOFARMA AJ - Bolgariya
1220 Sofiya, Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100179, Olmazor tumani, Chimboy Mavzesi 5A Tel +998712292709.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.