Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yodoksid vaginal suppozitoriylar 200 mg. №10 (Nijfarm)
Nomi | Narx | |||||
Йодоксид супп.ваг. 200 мг. №10 (Нижфарм) (10723##1938) |
UZS 27 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Повидон йод
Страна производитель
Россия
Дозировка
200 мг
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol modda
Preparatning savdo nomi
Yodoksid
XPN yoki guruhlangan nomi Povidon-yod
Dori shakli
Vaginal suppozitoriylar
Bir suppozitoriy tarkibi
faol modda
povidon-yod (povidon-yod 30/06) – 200 mg (11% li povidon-yod faolligida; preparatning faolligini boshqa holida asosning miqdori muvofiq ravishda kamaytiriladi yoki oshiriladi);
yordamchi moddalar polietilenoksid asosi makrogol-1500 (polietilenoksid-1500) – 2,66 g, makrogol-400 (polietilenoksid-400) - 0,14 g.
Ta'rifi
Jigarrangdan to to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Yuzasining marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik vosita.
ATX kodi G01AX11
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
Antiseptik preparatdir. Xujayra oqsillarining aminoguruhlarini bloklaydi. Mikroblarga qarshi keng ta'sir doirasiga ega. Bakteriyalar (shu jumladan ichak tayoqchasi, tilla rang stafilokokk), zamburug‘lar, viruslar, sodda hayvonlarga nisbatan
faol modda
dir.
Preparatning
faol modda
si – yod – povidon yodni bog‘lovchi yodoforalar turkumidagi polivinilpirrolidon (povidon) bilan kompleks shaklida samara ko‘rsatadi. Faol yodning kontsentratsiyasi – 0,1-1%. Teri va shilliq qavatlarga qo‘yilganda yod asta-sekin va bir tekis ajralib chiqib, mikroorganizmlarga bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Qo‘llangan joyda yupqa bo‘yalgan qavatni hosil qilib, yodning hamma miqdori ajralib chiqmagunicha saqlanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi va taqsimlanishi
Povidon-yod shilliq qavatlar bilan kontaktda bo‘lganida yodni so‘rilishi va qonda uning miqdorini oshishi mumkin (preparat oxirgi marta qo‘llanganidan keyin 7-14 kun o‘tgach kontsentratsiya dastlabki darajasiga qaytadi). Qalqonsimon bezi faoliyati me'yorida bo‘lgan patsiyentlarda yodni yuqori so‘rilishi, uning gormonal faoliyatini ahamiyatli o‘zgarishlarini chaqirmaydi.
Chiqarilishi
Yod asosan buyraklar orqali chiqariladi. Intravaginal qo‘llanganidan keyin yarim chiqarilish davri (T½) taxminan 48 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Qinning o‘tkir va surunkali infektsion yallig‘lanish kasalliklari (trixomonad, zamburug‘li, virusli, nospetsifik, aralash infektsiyalar); bakterial vaginit.
Ginekologik aralashuvlarni (homiladorlikni sun'iy to‘xtatish, bachadon ichki spiralini qo‘yish va olib tashlash, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyatsiyasi, gisterosalpingografiya va boshqalar) o‘tkazish oldidan infektsion-yallig‘lanishli asoratlarni oldini olish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yodga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, tireotoksikoz (gipertireoz), Dyuringning gerpetiform dermatiti, qalqonsimon bezi adenomasi,radioaktiv yodni bir vaqtda qo‘llash, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Surunkali buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, emizish davri, keksalik yoshida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Yod yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Yodoksid® preparatini homiladorlikning II uch oyligida va emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Yodoksid® preparatini ko‘rsatilgan davrlarda, faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lganida qo‘llash mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida, davolash shaxsiy tibbiy nazorat ostida o‘tkazilishi mumkin. Onalari Yodoksid® qo‘llagan yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarda, qalqonsimon bezining faoliyatini nazorat qilish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga qo‘llaniladi. Oldindan suppozitoriyni kontur uyali o‘ramdan ajratib olib, chalqancha yotgan holda uni qinga chuqur kiritiladi. O‘tkir vaginitlarda – 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta 7 kun davomida, nimo‘tkir va surunkali vaginitlarda – 1 suppozitoriydan sutkada bir marta uyqudan oldin 14 kun davomida (hayz ko‘rish siklining fazasidan qat'iy nazar) yuboriladi.
Nojo‘ya ta'siri
Preparatni qo‘llash joyida unga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari giperemiya, qichishish. Allergik reaktsiyalar, shu jumladan psoriazga o‘xshash qizil maydabullez elementlarni hosil bo‘lishi bilan kontakt dermatit bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar yuz berganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari yod bilan o‘tkir intoksikatsiya uchun quyidagilar xarakterlidir og‘izda metall ta'mi, so‘lak ajralishini kuchayishi, og‘izda yoki xalqumda achishish yoki og‘riq hissi; ko‘zni ta'sirlanishi va shishi; teri reaktsiyalari; me'da-ichak buzilishlari va ich ketishi; buyrak faoliyatini buzilishi va anuriya; qon aylanishining yetishmovchiligi; ikkilamchi asfiksiya bilan kechuvchi xiqildoq shishi, o‘pka shishi, metabolik atsidoz, gipernatriyemiya.
Davolash simptomatik terapiya va hayotiy muhim a'zolar va tizimlarning faoliyatini (shu jumladan elektrolit balansi, buyrak va qalqonsimon bez faoliyatini) tutib turish.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Povidon-yod oksidlovchilar, ishqorlarning tuzlari va nordon reaktsiyali moddalar bilan nomutanosib. Povidon-yodni vodorod peroksidi va simob, kumush saqlovchi vositalar va fermentlar bilan bir vaqtda ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qon borligida povidon-yodning bakteritsid ta'siri kamayishi mumkin.
Nomanifest gipertireoz va qalqonsimon bezining boshqa kasalliklari holida (ayniqsa keksa bemorlarda) preparat faqat qat'iy ko‘rsatilishlar bo‘yicha va shifokorning doimiy nazorati ostida qo‘llanadi.
Povidon-yodning oksidlovchi xususiyatlari tufayli, uning juda oz miqdorlari ahlatda yashirin qonni, shuningdek siydikda qon yoki glyukozani aniqlash uchun o‘tkaziladigan ayrim turdagi tadqiqotlarning soxta musbat natijalariga olib kelishi mumkin.
Povidon-yodni qo‘llash vaqtida qalqonsimon bez tomonidan yodni yutilishi pasayishi mumkin, bu ayrim diagnostik tadqiqotlarning (masalan, qalqonsimon bez stsintigrafiyasi, oqsil bilan bog‘langan yodni aniqlash, radioaktiv yodni qo‘llash yordamida tekshirishlar) ning natijalariga ta'sir qilishi mumkin, shuningdek qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan yod preparatlari bilan o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez stsintigrafiyasining o‘zgarmagan natijalarini olish uchun, povidon-yod bilan uzoq muddat davolangandan keyin bu preparatsiz yetarli darajada uzoq vaqt davomida tanaffus qilish tavsiya qilinadi. Agar davolash kursi davomida gipertireoz simptomlari yuz bersa, qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish lozim.
Ilgari diagnostika qilingan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni muntazam qo‘llaganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Litiy preparatlarini olayotgan bemorlarda Yodoksid preparatini muntazam qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Vaginal suppozitoriylarni qiz bolalarga yuborishda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya qilinadi.
Teri va to‘qimalardagi rangi suv bilan oson yuviladi.
Suppozitoriylar spermitsid ta'sirga ega, shu boisdan ularni homiladorlikni rejalashtirayotgan shaxslarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Shamchalarni qo‘llash vaqtida gigiyenik tagliklarni ishlatishni tavsiya qilish mumkin. Preparat qo‘llanganidan keyin uni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar 200 mg.
5 suppozitoriydan polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramga joylanadi. 2 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Nijfarm» OAJ,Rossiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.