Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bestoksol ko‘z tomchilari 4% 10 ml №1
Nomi | Narx | |||||
Бестоксол гл. капли 4% 10мл №1 (304001424##2 218) |
UZS 54 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Таурин
Страна производитель
Турция
Дозировка
4% 10 мл
Производитель
World Medicine Ophtalmics Ilaclari Ltd. STI
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bestoksol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) taurin
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda taurin – 0,04 g;
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoati, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
ko‘z patologiyalarini davolash uchun preparatlar. Metabolik jarayonlarni boshqaruvchi preparatlar.
ATS kodi
501XA21
Farmakologik xususiyatlari
Bestoksol - oftalmologik preparat bo‘lib, uning ta'sir etuvchi komponenti taurindir.
Taurin - organizmda sisteinni o‘zgarishi jarayonida hosil bo‘ladigan oltingugurt saqlovchi aminokislota. Energetik jarayonlarni yaxshilanishiga yordam beradi, tirishishga qarshi faollikka ega, kardiotrop ta'sir ko‘rsatadi, distrofik xarakterga ega bo‘lgan kasalliklarda va ko‘z to‘qimalari metabolizmini keskin buzilishi bilan kechuvchi kasalliklarda reparativ jarayonlarni stimullaydi. Preparat xujayra membranalarining faoliyatini normallashishiga va energetik hamda almashinuv jarayonlarini faollashuviga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
• ko‘zning to‘r pardasini distrofik shikastlanishlari;
• ko‘zning nasliy tapetoretinal degeneratsiyasi;
• shox pardaning distrofiyasi va jarohatlari;
• kelib chiqishi turlicha bo‘lgan katarakta;
• glaukoma (ochiq burchakli) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Bestoksol preparati, agar shifokor tomonidan o‘zgacha qo‘llash ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shikastlangan ko‘zning kon'yunktivasiga 2 tomchidan sutkada 3-4 marta tomiziladi.
Kataraktalarda – instillyatsiyalar ko‘rinishida 2-3 tomchidan har kuni 2-4 marta 3 oy davomida qo‘llanadi. Davolash kursi bir oylik interval bilan takrorlanadi.
Jarohatlarda xuddi o‘sha dozalarda 1 oy davomida qo‘llanadi.
Glaukomada (ochiq burchakli) instillyatsiya ko‘rinishida kuniga 2 marta timololni tomizishdan 20-30 minut oldin qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tauringa yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glaukomasi (ochiq burchakli) bo‘lgan bemorlarda Bestoksol preparati timolol bilan birga qo‘llanganida, gipotenziv ta'sirini ahamiyatli darajada kuchayishi kuzatilgan. Samaraning kuchayishi ko‘z suyuqligining ishlab chiqarilishini pasayishi va oqib chiqishini yengillik koeffitsiyentini oshishi hisobiga erishiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Bestoksolni instillyatsiyasidan (tomizilganidan) so‘ng avtotransportni boshqarish, ko‘rish aniqligini talab qiladigan murakkab texnika, stanoklar yoki boshqa uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etuvchi ko‘rishni qisqa muddatli buzilishlari paydo bo‘lgan patsiyentlar uchun, davolanish davrida mashinani boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik, emizish vaqtida va bolalarda qo‘llash yuzasidan tajriba yetarli emas. Preparatni faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga binoan, agar kutilayotgan davolash samarasi kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarning rivojlanish xavfidan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bestoksol ko‘z tomchilarini qo‘llaganda dozani oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Bestoksol ko‘z tomchilari 10 ml dan tiqin-tomchilagichli va himoya halqasi bilan ta'minlangan, buraluvchi himoya qopqoqchali plastik flakonda chiqariladi. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilganidan so‘ng preparatni 4 hafta davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin», Buyuk Britaniya.
(“World Medicine”, Great Britain).
«Romfarm Kompanii S.R.L.», Otopen, Yeroilor 1 A ko‘ch., Ruminiyada ishlab chiqarilgan.
(“Rompharm Company S.R.L.”, Otopeni, Eroilor street 1A, Romania).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.