Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pulmolan tab. 30mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амброксол
Страна производитель
Турция
Дозировка
30 мг
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Pulmolan
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ambroksol.
Dori shakli
tabletkalar, sirop.
Tarkibi
Preparatning bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 30 mg ambroksol gidroxloridi.
Yordamchi moddalar kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall sellyuloza, jelatinlangan kraxmal, LS-gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearati.
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 30 mg ambroksol gidroxloridi.
Yordamchi moddalar 70% li sorbitol eritmasi, glitserin, propilenglikol, gidroksietiltsellyuloza 4000, benzoy kislota, suvsiz limon kislotasi, malina ekstrakti, tozalangan suv.
Ta'rifi
Tabletkalar dumaloq, oq, rangli, ikki tomoni qavariq yuzali tabletkalar.
Sirop toza, tiniq, o‘ziga xos hidli va shirin ta'mli, biroz tovlanuvchi suyuqlik o‘lchov qoshiqchali va plastmassa qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda.
Farmakoterapevtik guruhi
mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi preparat.
ATX kodi R05CB06.
Farmakologik xususiyatlari
Mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega.
Pulmolan bronxlarning shilliq qavatlaridagi bezlarning seroz xujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga balg‘amni suyultiradi, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, bronxlar va alveolalarda surfaktant hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark xujayralaridan lizosomalar ajralib chiqishini kuchaytirib, balg‘amning qovushqoqligini va adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi. Xilpillovchi epiteliy kiprikchalarining harakat faolligini oshiradi, balg‘amning mukotsiliar tashilishini oshiradi.
Ichga qabul qilinganidan keyin ambroksol me'da-ichak yo‘llarida (MIY) deyarli to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi Smax ga 2 soatdan keyin erishiladi.
Ambroksol gematoentsefalik to‘siq va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, sut bilan chiqariladi. Buyraklar orqali chiqariladi. T1/2 – 1,3 soat. T1/2 surunkali buyrak yetishmovchiligining og‘ir darajasida oshadi, lekin jigar faoliyatini buzilishlarida o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining quyidagi o‘tkir va surunkali kasalliklarida qo‘llanadi
-o‘tkir va surunkali bronxit;
-pnevmoniya;
-o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi;
-balg‘amning ajralishi qiyin kechuvchi bronxial astma;
-bronxoektatik kasallik.
Qo‘llash usuli va dozalari
Pulmolanning tabletka shaklidagi dozasi kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat birinchi 2-3 kun 1 tabletkadan sutkada 3 marta, keyinchalik esa – 1 tabletkadan sutkada 2 marta yoki ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Zarurati bo‘lganida terapevtik samarani kuchaytirish uchun 60 mg (2 tabletka) dan sutkada 2 marta buyurish mumkin.
5-12 yoshli bolalarga preparat ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
2-5 yoshli bolalarga preparat ¼ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – ¼ tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.
Tabletkalarni ovqatdan keyin ichga qabul qilish va ko‘p miqdorda suyuqlik ichish kerak.
Pulmolanning sirop shaklidagi dozasi kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) dan sutkada 3 marta buyuriladi.
5-12 yoshli bolalarga 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
2-5 yoshli bolalarga 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 3 marta buyuriladi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 2 marta buyuriladi.
Preparatni shifokorning maslahatisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida – jig‘ildon qaynashi, gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; alohida hollarda – allergik kontakt dermatit; yakka hollarda – anafilaktik tipidagi reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-homiladorlikning I uch oyligi;
-ambroksolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning II va III uch oyligida, laktatsiya davrida, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash, yo‘talni kamayishi fonida balg‘amning ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.
Ambroksol amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsillinlarning bronxial sekretga o‘tishini oshiradi. Ambroksol tug‘ruq faoliyatini tormozlovchi preparatlar bilan mutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Balg‘amning ajralishini qiyinlashtiruvchi yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining belgilari ta'riflanmagan.
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, gastralgiya kuzatilishi mumkin.
Davolash qusishni chaqirish kerak, qabul qilinganidan keyingi birinchi 1-2 soatda me'dani yuvish ko‘rsatilgan, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish; simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 30 mg dan; o‘ramda 20 tabletka.
Sirop 30 mg/5 ml; 150 ml sirop plastmassa qalpoqchali to‘q shisha flakonlarda va o‘lchov qoshiqchasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Tabletkalar 10-25°S haroratda saqlansin.
Sirop 25°S gacha bo‘lgan haroratda (muzlatilmasin!), quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Tabletkalar 5 yil.
Sirop 2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz!
Pulmolan sirop shaklida balk (yarim tayyor) mahsulotni ishlab chiqaruvchi
Santa Farma Ilac Sanayii A.S.
Sofali Cesme Sokak №72-74 34091-Edirnekapi, Istanbul, Turkey
Tel +902125347900; Faks +902125010644
Pulmolan tabletka shakli va Pulmolan sirop shaklida tayyor mahsulotni ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel +995 32 404801/02; Faks +995 32 404803
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.