Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metostil vag. supp. №7
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазола, клотримазола , хлоргексидина ацетата
Страна производитель
Китай
Производитель
Mu Lin Sen
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metostil®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) metronidazol, klotrimazol, xlorgeksidin atsetati
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar metronidazol – 200 mg; klotrimazol – 160 mg; xlorgeksidin atsetati –
8 mg;
yordamchi moddalar yarimsintetik yog‘li glitserid (38 tipi), parafin, lanolin.
Ta'rifi och sariq (sarg‘ish) rangli silindrik shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Asosan akusherlik va ginekologiyada qo‘llanadigan vosita. Imidazol hosilalari.
ATS kodi
G01AF
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Metostil suppozitoriylari − bu antibakterial va zamburug‘larga qarshi keng ta'sir doirasiga ega majmuaviy preparat.
Metronidazol passiv diffuziya yo‘li bilan mikroorganizmga kiradi. U bakteriya hujayrasining ichida tiklanadi va biologik faol sitotoksik metaboliti DNK ni shikastlaydi. Metronidazolning nitroguruhini tiklaydigan ferment nitro-reduktaza kislorod borligida nofaol bo‘lib, metronidazolni faqat anaerob sharoitlarda ta'sir qilishi shu bilan tushuntiriladi.
Metronidazol sodda hayvonlar (trixomonadalar, lyambliyalar), obligat anaerob bakteriyalarga (klostridiyalar) nisbatan keng ta'sir doirasiga ega.
Metronidazol ba'zi soddalar (Trichomonas vaginalis, Entamoeba hystolitica va Giardia lamblia) va obligat anaerob mikroorganizmlar bilan infektsiyalanganda samaralidir.
Klotrimazolning antimikotik samarasi zamburug‘larning hujayra membranalari tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzilishi bilan bog‘liq, bu membranalarning o‘tkazuvchanligini o‘zgarishiga olib keladi va hujayralarning keyingi lizisini chaqiradi. Kichik kontsentratsiyalarda klotrimazol fungistatik, katta kontsentratsiyalarda esa − fungitsid ta'sir qiladi, bunda nafaqat proliferatsiyalanayotgan hujayralarga. Fungitsid kontsentratsiyalarda mitoxondrial va peroksidaz fermentlar bilan o‘zaro ta'sirlashadi, natijada vodorod peroksidining kontsentratsiyasini toksik darajagacha oshishi kuzatiladi, bu ham zamburug‘ hujayralarining parchalanishiga yordam beradi.
Klotrimazol zamburug‘larga qarshi keng ta'sir doirasiga ega.
Xlorgeksidin bakteriyalarning hujayra membranalaridagi fosfolipidlar bilan nospetsifik bog‘lanish yo‘li bilan antibakterial ta'sir ko‘rsatadi, bunda xlorgeksidin degidrogenaza va ATF-azaning faolligini tormozlaydi va kaliy, nukleotidlar va aminokislotalar uchun membranalarning o‘tkazuvchanligini buzadi.
Xlorgeksidin ko‘p uchraydigan faol mahalliy antiseptik vositalardan biri hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Metronidazol qin ichiga qo‘llanganida tizimli qon oqimiga so‘riladi. Qonda Smax 6-12 soatdan keyin aniqlanadi va metronidazolning ekvivalent dozasi bir marta ichga qabul qilinganidan so‘ng erishiladigan (1-3 soatdan keyin) Smax ning taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metronidazol va uning metabolitlarini 60-80% buyraklar orqali chiqariladi, ichak orqali yuborilgan dozaning 6-15% chiqariladi.
Klotrimazol shilliq qavatlardan ahamiyatsiz darajada (3%) so‘riladi. So‘rilgan preparat jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi; yarim parchalanish davri 3-5 soatni tashkil qiladi.
Xlorgeksidin shilliq qavatlar orqali amalda so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
-bakterial vaginit;
-zamburug‘li kolpit;
-vaginal trixomoniaz;
-aralash infektsiyali kolpitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga buyuriladi. Bevosita yotishdan oldin, qo‘llarni yuvib, yotgan holatda, barmoqlar uchi bilan suppozitoriy ushlanadi va qinning ichiga (orqa gumbaziga) chuqur yuboriladi. Bir martaga bir suppozitoriydan qo‘llanadi. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi. Takroriy davolash kursini preparatni qo‘llash to‘xtatilgandan keyingi, birinchi mensis (hayz qoni) dan so‘ng o‘tkazish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar, qinda achishish hissi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vaginal qo‘llash uchun boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Nistatin va natamitsin klotrimazolning samaradorligini pasaytiradilar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikning birinchi uch oyligida homilador ayollarga preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
G‘ilofining butunligi buzilganida yoki suppozitoriyning tashqi ko‘rinishi o‘zgarganida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransport va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish xususiyati
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
7 suppozitoriydan polivinilxlorid polietilen plyonkali (PVE-PE) kontur uyali o‘ramda. 1 kontur o‘ramdan bir marta qo‘llaniladigan tibbiy polietilen barmoq uchligi bilan davlat va rus tillarida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yoruqlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd, Xitoy, Xubey provintsiyasi, Tyanmen sh., Iqtisodiy va Texnologik Rivojlanish Xududi, Tian bin ko‘ch.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar ( takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin Sen” MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi,Toshkent sh., Durmon yo‘li ko‘ch., 31A uy,
www.mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.