Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metromikon vag. supp. №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол, миконазол
Страна производитель
Молдова
Дозировка
100мг/100мг
Производитель
FARMAPRIM SRL,Молдова
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metromikon
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) metronidazol, mikonazol (metronidazolum, miconazolum)
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
1 vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar metronidazol - 100 mg, mikonazol nitrati - 100 mg;
Yordamchi moddalar qattiq yog‘.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, silindrkonik shaklli suppozitoriylar. Kesimida havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Imidazol hosilalarining majmuasi.
ATX kodi G01AF20.
Farmakologik xususiyatlari
Metromikon – protozoylarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antibakterial ta'sirga ega bo‘lgan majmuaviy preparatdir.
Metronidazol Gardnerella vaginalis; sodda hayvonlar Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica; anaerob grammanfiy bakteriyalar Bacteroides spp. (B. fragilis, B. distasonis, B. ovatus, B. thetaiotaomicron, B.vulgatus), Fusobacterium spp., Prevotella spp. (P. bivia, P. buccae, P.disiens); anaerob grammusbat bakteriyalar Clostridium spp., Eubacterium spp.; anaerob grammusbat kokklar Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. ga nisbatan faol. Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar chidamlidir. Ta'sir mexanizmi metronidazolning 5-nitroguruhini anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayrasi ichidagi transport proteinlari tomonidan biokimyoviy jihatdan qaytarilishi bilan bog‘liq. Metronidazolning biokimyoviy jihatdan qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizm hujayrasining DNK bilan o‘zaro ta'sirga kirishib, ularning nuklein kislotasi sintezini ingibirlaydi, bu esa bakteriyani nobud bo‘lishiga olib keladi.
Mikonazolga eng sezgir dermatomitsetlar va achitqilar hisoblanadi. Rang-barang temiratki qo‘zg‘atuvchisiga (Malassezia furfur), ayrim dermatomikozlarning qo‘zg‘atuvchilari (Candida albicans, Trichophyton, Epidermophyton floccosum, Microsporum) ga nisbatan faoldir. Dimorphons fungi, Cryptococcus neoformans, Aspergillus spp., Pityrosporum, Torulopsis glabrata, Pseudallescheria boydii ga nisbatan; ayrim grammusbat mikroorganizmlar, shu jumladan stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan faollikni namoyon etadi. Mikonazolning fungitsid va fungistatik samarasi ergosterol biosintezini ingibirlanishi, xujayra devorining lipid tarkibi va o‘tkazuvchanligini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu zamburug‘ jujayrasini o‘limiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Suppozitoriylar ko‘rinishida intravaginal qo‘llanganda metronidazolning biokiraolishligi 20% ni tashkil etadi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siq orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Gidroksil metabolitlari faol emas. Metronidazolning yarim chiqarilish davri 6-11 soatni tashkil qiladi. Buyrak orqali (taxminan 20% o‘zgarmagan holda) va ichak orqali chiqariladi.
Intravaginal yuborilganda mikonazol nitrati juda oz so‘riladi va plazmada aniqlanmaydi.
Qo‘llanilishi
Quyidagi vaginal infektsiyalarni davolashda qo‘llanadi
- vaginal kandidoz;
- trixomonad vaginit;
- bakterial vaginoz;
- aralash infektsiyalar tomonidan chaqirilgan vaginitlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal, bir suppozitoriydan sutkada 1 marta, bevosita uyqudan oldin, 10 kun davomida qo‘llanadi.
Davolash kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin yana bir necha kun davom ettiriladi.
Davolash kursining davomiyligi va takror o‘tkazish imkoniyati shaxsiy ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan qorinda og‘riq yoki spazmlar, og‘izda metall ta'mi, og‘izni qurishi, qabziyat, diareya, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish;
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, harakat buzilishlari (ataksiya), periferik neyropatiya (preparatni uzoq muddat qabul qilinganda), tirishishlar;
Psixo-emotsional buzilishlar xavotirlik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi;
Vestibulyarapparat tomonidan bosh aylanishi;
Qon yaratish tizimi tomonidan leykopeniya;
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar (teri toshmalari, shu jumladan eshakemi);
Mahalliy reaktsiyalar ayniqsa davolashni boshida ta'sirlanish (achishish, qichishish), biroq bu davolashni to‘xtatishni talab etmaydi va qinning yallig‘langan shilliq qavatiga preparatning ta'siri bilan belgilanadi. Kuchli ta'sirlanishda davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparat komponentlariga yoki nitroimidazolning boshqa hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-tutqanoq;
-porfiriya;
-jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari;
-homiladorlikning I uch oyligi;
-laktatsiya davri;
-18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar (qiz bolalar) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganda metronidazol bilvosita antikoagulyantlarning ta'siri kuchaytiradi.
Metronidazolni disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llanganda markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin; fenitoin bilan bilan bir vaqtda qo‘llanganda, qonda fenitoinning darajasi oshadi, metronidazolning qondagi darajasi esa, pasayadi;
litiy preparatlari bilan - litiyning zaharliligini oshishi kuzatilishi mumkin;
fenobarbital bilan - qonda metronidazolning darajasi pasayadi; simetidin bilan - qonda metronidazolning darajasi oshishi mumkin.
Metronidazolning alkogol bilan o‘zaro ta'siri disulfiramga o‘xshash reaktsiyalarni chaqiradi.
Metronidazol va mikonazol astemizol va terfenadinning metabolizmini ingibirlaydi, buning natijasida qon plazmasida astemizol va terfenadinning kontsentratsiyasi oshadi.
Metromikon bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida teofillin va prokainamidning kontsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qon yaratilishini buzilishlari, periferik va markaziy nerv tizimi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni qo‘llaganda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Vaginal suppozitoriylarni ishlatilishi mexanik kontratseptsiyaning (prezervativlar, vaginal diafragmalar) ishonchliligi, suppozitoriylarning asosini lateks yoki kauchuk bilan o‘zaro ta'siri tufayli susayishi mumkin.
Kasallikni takror yuqishini oldini olish maqsadida jinsiy sherikni ham bir vaqtda davolash lozim, trixomonadli vaginit yuz bergan hollarda esa – ichga qabul qilinadigan preparatlar, masalan, metronidazol bilan davolash kerak.
Davolanish vaqtida va davolash kursi tugaganidan keyin 24-48 soat davomida alkogolni qabul qilishdan saqlanish kerak (disulfiramga o‘xshash reaktsiyalar rivojlanishi mumkin).
Preparat qo‘llanganda qonda jigar fermentlari darajasi va glyukozaning darajasini o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Homilador va emizikli ayollar preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida faqat ona uchun potentsial foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish lozim. Emizishni davolash tugaganidan keyin 24-48 soat o‘tgach qayta boshlash mumkin.
Odamning xulqiga, avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni haydash va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri bo‘lishini inkort etib bo‘lmaydi. Bunday samaralar preparatni intravaginal buyurilganda tizimli biokiraolishligi past bo‘lganligi tufayli juda kam uchraydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, og‘izda metall ta'mi, ataksiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, tirishishlar, leykopeniya, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi (metronidazolning dozasini oshirib yuborilish bilan bog‘liq), ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diareya (mikonazol nitratining dozasini oshirib yuborilish bilan bog‘liq).
Davolash simptomatik davolash, ichga behosdan qabul qilib yuborilganda – me'dani yuvish kerak.
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar.
5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«FARMAPRIM» MChJ
Porumben qish., Kriulen rayoni, Krinilor ko‘ch., 5
Moldova Respublikasi, MD-4829,
www.farmaprim.md
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.