Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Primafungin vag. supp. 100mg №3
Nomi | Narx | |||||
Примафунгин супп ваг 100 мг№3 (C18042024##2 232) |
UZS 63 300
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Примафунгин супп ваг 100 мг№3 (C18042024##2 266) |
UZS 63 300
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натамицин
Страна производитель
Молдова
Производитель
FARMAPRIM SRL,Молдова
Форма выпуска
Суппозитории
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Primafungin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) natamitsin
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
Faol modda natamitsin - 100 mg;
Yordamchi moddalar setil spirti, sorbitan trioleati, polisorbat-80, natriy gidrokarbonati, adipin kislotasi, qattiq yog‘.
Ta'rifi sariqdan och-sariq rangligacha yoki och-sariq tusli sariq rangli, silindrkonik shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning sirti yaltiroq va/yoki xira bo‘lishi, havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Natamitsin.
ATX kodi G01AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Makrolidlar guruhiga mansub, keng ta'sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi poliyen antibiotik. Fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Natamitsin xujayra membranalarining sterollarini bog‘lab, ularning butunligi va faoliyatini buzadi, bu mikroorganizmlarni nobud bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pchilik patogen achitqisimon zamburug‘larga (ayniqsa Candida albicans), dermatomitsetlar (Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton), achitqilar (Torulopsis va Rhodotorula), boshqa zamburug‘larga (Aspergillus, Penicillium, Fusarium, Cephalosporium), shuningdek ayrim sodda hayvonlarga (trixomonadalar) nisbatan faol. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga ta'sir qilmaydi. Klinik amaliyotda natamitsinga rezistentlik uchramaydi.
Farmakokinetikasi
Tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi, chunki shilliq qavatlarning yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.
Vaginal suppozitoriylar tana harorati ta'sirida eriydi va ko‘pik massa hosil bo‘ladi, bu faol moddani shilliq qavati bo‘ylab bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi.
Qo‘llanilishi
- Vulva va qinning zamburug‘li zararlanishlari.
- Sitostatiklar, glyukokortikoidlar yoki keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar bilan davolashda profilaktika maqsadida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal qo‘llanadi.
Katta yoshdagi ayollarga 1 suppozitoriydan 3-6 kun davomida qo‘llanadi. Suppozitoriyni qin ichiga (yotgan holatda), sutkada 1 marta qinga iloji boricha chuqurroq kiritish tavsiya qilinadi.
Davolashni bir necha kun davomida o‘tkazish zarurati tug‘ilgan hollarda, davolash kursini hayz ko‘rish boshlanishidan oldin tugatish yoki davolashni u tugaganidan keyin boshlash lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar - shilliq qavatni yengil ta'sirlanishi, achishish hissi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Primafungin preparatining dorilar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pediatriyada qo‘llanishi
Natamitsin bu dori shaklida bolalarda qo‘llanmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Primafungin preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash potentsial xavfli mexanizmlarni haydash va boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Vaginal suppozitoriylar qo‘llanganda tizimli ta'siri deyarli inkor etiladi, chunki preparat shilliq qavat orqali so‘rilmaydi.
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar 100 mg dan. 3 suppozitoriydan PVX/PE plyonka kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan №3 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoit
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«FARMAPRIM» MChJ
Porumben, Kriulen r-oni, Krinilor ko‘ch., 5
Moldova Respublikasi, MD-2028,
www.farmaprim.md
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.