Mushak og‘rig‘iga qarshi qanday dorilar mavjud?
Mushakdagi og‘riqlarda maxsus mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar yordam beradi. Mushaklardagi kuchli og‘riq miozit kasalligi borligini anglatishi mumkin. U ortiqcha mushaklar faolligida yoki yallig‘lanish jarayonidan keyin paydo bo‘ladi. Miozit mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, mushaklarning zaifligi va harakatlarning cheklanganligi bilan tavsiflanadi. Og‘riq hissini yo‘qotish uchun ko‘plab dorilar mavjud.
Og‘riq sindromini bartaraf etishda bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlarga qarshi tabletkalar samarali hisoblanadi. Ular qo‘llashda va dozasini belgilashda qulay, boshqa ko‘pgina preparatlarga nisbatan ancha tez ta’sir qiladi. Ushbu dorilarning aksariyati dorixonalarda retseptsiz beriladi, ammo ulardan birortasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar mutaxassis tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan va patologiya sababi aniqlangandan so‘ng tayinlanishi kerak. Medikamentoz terapiya kompleks yondashuvni o‘z ichiga olishi lozim. Tabletkalar mahalliy ta’sir etuvchi vositalar bilan birgalikda ishlatilsa, ularning samaradorligi ortadi.
Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilarning tasnifi va turlari
Miozitni davolashda bir qator dorilar qo‘llaniladi:
-
antibiotiklar;
-
glyukokortikoid vositalar;
-
parazitlarga qarshi vositalar;
-
analgetiklar;
-
yallig‘lanishga qarshi nosteroid preparatlar;
-
sirtga qo‘llaniladigan qizdiruvchi mazlar;
-
mushaklardagi og‘riqga qarshi og‘riq qoldiruvchi tabletkalar.
Mushak og‘rig‘iga qarshi sirtga qo‘llaniladigan preparatlar asosan mazlar, eritmalar, kremlar va gellardan iborat. Ular o‘choqli og‘riq joylarida mahalliy qo‘llaniladi.
Umumiy ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalariga mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga qarshi tabletkalar, kapsulalar, ichish uchun eritmalar kiradi.
Mushak va bo‘g‘im og‘rig‘iga qarshi vositalarni Toshkentda xarid qiling
PharmaClick.uz saytida siz mushak og‘rig‘iga qarshi dorilarni poytaxtning istalgan nuqtasiga yoki mamlakat hududlaridagi olib ketish punktiga yetkazib berish imkoniyati bilan buyurtma qilishingiz mumkin. Shuningdek, bizda dori-darmonlarni o‘zingizga qulay vaqtda olib ketish uchun band qilish imkoniyati mavjud. Dori tanlashda sizga tajribali mutaxassislarimiz yordam berishlari mumkin.