Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinupret draje №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корни горечавки, цветки первоцвета, трава щавеля, цветки бузины черной, трава вербены
Страна производитель
Германия
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Драже
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinupret
Dori shakli
Draje
Tarkibi
1 draje maydalangan dorivor o‘simlik xom-ashyosi (kukun) saqlaydi
faol moddalar
Gentianae radix (gorechevka ildizi) 6 mg
Primulae flos (pervotsvet guli savatchasi bilan) 18 mg
Rumicis herba (shovil o‘ti) 18 mg
Sambuci flos (buzina guli) 18 mg
Verbenae herba (verbena o‘ti) 18 mg
yordamchi moddalar kaltsiy karbonati, kanakunjut moyi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, asosi butillangan metakrilat sopolimeri, jelatin, glyukoza siropi, laktoza monogidrati, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, tog‘ glikol mumi, kartoshka kraxmali, xlorofilin birikmasi, tozalangan suv, shellak, sorbit, stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi, indigokarmin (alyumin) (E132), riboflavin Ye104.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomoni qavariq, yashil rangli, yuzasi silliq draje.
Farmakoterapevtik guruhi
LORa'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi R05X.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
Preparatning farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar bilan belgilanadi. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatning oqib chiqishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat virusga qarshi va antibakterial xususiyatlariga ega va infektsiyalarda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 2 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.
Maktab yoshidagi bolalarga 1 drajedan kuniga 3 marta.
Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi.
Draje butunligicha, chaynamasdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutiladi.
Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ortiq saqlansa yoki vaqtivaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'daichak buzilishlari (masalan, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo‘ladi. Yakka hollarda teri toshmasi, qichishish, qizarish kabi allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Shuningdek Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaktsiyalar ham paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiqdir. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri hozirgi vaqtgacha noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ortiq saqlansa, vaqtivaqti bilan takrorlansa, shuningdek hansirash, isitma, yiringli balg‘am paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Sinupret preparati homiladorlik davrida faqat shifokorning buyurishi bo‘yicha qo‘llanishi mumkin.
Emizish davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Qandli diabet bemorlari uchun ma'lumot bir draje o‘rtacha 0,01 “non birligi” (NB) ni saqlaydi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan holatlarda yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlar kuchaygan shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Draje har birida 25 drajedan blisterlar.
O‘ram o‘lchami№ 50 va №100
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepticiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.