Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinupret Ekstrakt qobiq bilan qoplangan tabletka №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корни горечавки, цветки первоцвета, трава щавеля, цветки бузины черной, трава вербены
Страна производитель
Германия
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinupret Ekstrakt
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 160,00 mg gajak o‘t ildizi (Gentianae radix) quruq ekstrakti (3-61), navro‘zgul gullari (Primulae flos), shovul o‘ti (Rumicis herba), marjon guli (Sambuci flos) va tizimgul o‘ti (Verbenae herba) (13333). Ekstragent etanol 51% (v/v);
yordamchi moddalar purkash yo‘li bilan quritilgan akatsiya, kaltsiy karbonati (E 170), sellyuloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, maltodekstrin, karnaub mumi, gidrofob kremniy dioksidi, xlorofill kukuni 25% (E141), dekstrin, glyukoza siropi, gipromelloza, indigokarmin alyumin laki (E 132), riboflavin (E 101), stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (E 171).
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, silliq yuzali, yashil rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nafas a'zolari kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar
ATX kodi R05
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir.
Farmakologik xususiyatlari
preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liqdir. Sinupret Ekstrakt sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlaridan va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni chiqarilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Sinupret Ekstrakt viruslarga qarshi va antibakterial ta'sir ko‘rsatib, infektsiyaga qarshi kurashishda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetika va biokiraolishligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Tumov, burun bitishi, bosh og‘rig‘i, yuzda bosim yoki og‘riq hissi kabi simptomlar bilan kechuvchi burunning yondosh bo‘shliqlarining o‘tkir asoratlanmagan yallig‘lanishlari (o‘tkir asoratlanmagan rinosinusitlar) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar chaynamasdan, yetarli miqdordagi, masalan bir stakan suv bilan ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi.
Qabul qilishning tavsiya etilgan davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi. Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni qabul qilganda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin
Tez-tez me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, masalan ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq.
Kam hollarda mahalliy allergik reaktsiyalar, masalan toshma, terini qizarishi, teri yoki ko‘zni qichishishi, tizimli allergik reaktsiyalar, masalan angionevrotik shish, hansirash, yuzni shishi, shuningdek bosh aylanishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan simptomlar yoki boshqa noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida qo‘llash mumkin emas.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqidagi ma'lumot hozirgi vaqtgacha noma'lum.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Sinupret Ekstrakt bilan bir vaqtda qo‘llanilganda boshqa preparatlarning ta'sirini kuchayishi yoki susayishini inkor etib bo‘lmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar patsiyentda burundan qon ketishi, isitma, kuchli og‘riq, burundan yiringli ajralma, ko‘rishni buzilishi, yuzning o‘rta qismi yoki ko‘z asimmetriyasi yoki yuzni uvishishi kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki bu simptomlar odatda shifokor ko‘rigi va darhol davolanishni talab etuvchi rinosinusitlarning barcha shakllari uchun jiddiy ogohlantirish sifatida ko‘riladi.
Agar simptomlar 7-14 kundan ko‘proq saqlansa, vaqti-vaqti bilan yomonlashsa yoki takrorlansa, patsiyent shifokorga murojaat etishi kerak.
Gastrit yoki me'da sezgirligi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu dori vositasi qabul qilinganda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret® Ekstraktni ovqatdan keyin, bir stakan suv bilan qabul qilgan afzal.
Sinupret Ekstrakt glyukoza va saxaroza saqlaydi.
Qandlarni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma'lumot qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin. Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 0,3 gramm o‘zlashtiriladigan uglevodlar (0,02 “non birligi”) saqlaydi.
Bolalar
Yetarli ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, Sinupret Ekstraktni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Xavfsizlik nuqtai nazaridan Sinupret Ekstraktni homiladorlik vaqtida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Sinupret Ekstraktning ta'sir etuvchi moddasini odam ko‘krak sutiga singishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun xavfni inkor etib bo‘lmaydi. Sinupret® Ekstraktni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Ammo, kam hollarda preparatni qabul qilganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush reaktsiya “bosh aylanishi” kuzatilgan patsiyentlarda Sinupret Ekstrakt transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sinupret Ekstrakt bilan intoksikatsiya holatlari haqida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan. Doza oshirib yuborilganda noxush reaktsiyalar (masalan ko‘ngil aynishi, me'dada og‘riq, diareya) yaqqolroq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Doza oshirib yuborilganda simptomatik davolash talab etiladi.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan blisterda.
2 yoki 4 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptisiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.