Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinupret sirop 100ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корни горечавки, цветки первоцвета, трава щавеля, цветки бузины черной, трава вербены
Страна производитель
Германия
Дозировка
100 мл
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Sinupret
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
100 g sirop saqlaydi
faol moddalar
erbaxodosh ildizi (Gentianae radix) 0,069 g
kosali navro‘zgul gullari
(Primulae flos cum calycibus) 0,207 g
otquloq o‘ti (Rumicis herba) 0,207 g
marjondaraxat gullari (Sambuci flos) 0,207 g
tizimgul o‘ti (Verbenae herba) 0,207 g
dan olingan spirtli ekstraktlar aralashmasi 10,0 g
yordamchi moddalar etanol, tozalangan suv, suyuq maltit, olcha xushbo‘yi.
Ta'rifi olcha hidli va shirin ta'mli och jigarrang rangli qovushqoq suyuqlik.
Saqlash jarayonida ozgina xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.
ATX kodi R05X
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
Farmakologik xususiyatlari
preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liq. Sinupret sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni oqib chiqishiga yordam beradi. Antibakterial va viruslarga qarshi ta'sirga ega va infektsiyalarda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning barcha faol moddalari bo‘yicha ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 7 ml dan kuniga 3 marta
6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 3,5 ml dan kuniga 3 marta
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,1 ml dan kuniga 3 marta
Davolash 7-14 kunni tashkil etadi.
Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyidagi nojo‘ya ta'sirlar bo‘lishi mumkin
- me'da-ichak buzilishlari (masalan, qorinning yuqori qismida og‘riq)
- allergik reaktsiyalar (masalan, ekzantema, qichishish).
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida (ayniqsa allergik reaktsiyalar) preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
-2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Etiopatogenetik davolash maqsadida antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiq.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri hozirgi vaqtgacha noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ko‘p saqlansa, vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek hansirash, isitma, yiringli balg‘am paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat alkogol saqlaganligi sababli, alkogolizmi bo‘lgan bemorlar, shuningdek alkogolga qaramlikni davolashdan so‘ng preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Alkogolizm yoki jigar kasalliklari bilan xastalangan, jarohatlari va bosh miya kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar Sinupret siropi 8,0% spirt saqlanishini yodda tutishlari kerak.
1 ml sirop 0,0639 ml spirt saqlaydi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi
Ushbu preparat maltit eritmasini saqlaydi.
Agar sizga ma'lum turdagi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalanganligingiz ma'lum bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing.
7,0 ml sirop 5,5 g maltit eritmasini saqlaydi, bu taxminan 0,35 non birligiga (NB) to‘g‘ri keladi. Energetik qiymati 2,3 kkal/g maltitni tashkil etadi. Maltit yengil surgi ta'sir ko‘rsatish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik vaqtida Sinupretni faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositasi yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish xususiyati.
Agar preparat tavsiya etilgan dozalarda iste'mol qilinsa, u transportni boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Iste'mol qilishdan oldin chayqating!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparatni terapevtik dozalardan sezilarli darajada ortiq dozalarda qabul qilish, me'da buzilishlari, qusish yoki diareyani chaqirishi mumkin.
Davolash preparatni qabul qilishni to‘xtatish, davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun 100 ml sirop yuqorisida o‘lchov tomchilagich moslamasi, birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli va o‘lchov stakani bo‘lgan to‘q shisha flakonda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3,5 yil.
Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.