Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аndipal №10 tab. Irbitskiy XFZ
Nomi | Narx | |||||
Андипал №10 таб. Ирбитский ХФЗ (130424##2 241) |
UZS 4 000
Stokda yetarli (17)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Андипал №10 таб. Ирбитский ХФЗ (130424##2 254) |
UZS 4 000
Stokda yetarli (12)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Андипал №10 таб. Ирбитский ХФЗ (130424##2 274) |
UZS 4 000
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метамизол натрия, фенобарбитал, бендазол
Страна производитель
Россия
Производитель
Ирбитский ХФЗ, Россия
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Andipal
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar metamizol natriy (analgin) – 250 mg, fenobarbital – 20 mg, dibazol (bendazol) – 20 mg, papaverin gidroxloridi – 20 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali – 47 mg, tal’k – 10 mg, kaltsiy stearati – 3 mg.
Ta'rifi oq yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli, yassitsilindrik, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
og‘riqni qoldiruvchi vosita (og‘riqni qoldiruvchi va nonarkotik vosita + spazmolitik vosita + barbiturat).
ATX kodi N02BB52.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparatdir. Preparat komponentlarini birga qo‘shish ularning farmakologik ta'sirini o‘zaro kuchayishiga olib keladi.
Metamizol natriy – pirazolon hosilasi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Dibazol (bendazol) – qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita; qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirga ega, orqa miya funktsiyasini rag‘batlantiradi. Qon tomirlar va ichki a'zolarning silliq mushaklariga bevosita spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Orqa miyada sinaptik o‘tkazuvchanlikni yengillashtiradi.
Papaverin gidroxloridi – spazmolitik vosita, gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi, ichki a'zolar va qon tomirlarning tonusini pasaytiradi va silliq mushaklarini bo‘shashtiradi.
Fenobarbital – past dozalarda sedativ ta'sir ko‘rsatadi va boshqa kompnentlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Ichki a'zolarning silliq mushaklarini spazmlaridagi og‘riq sindromi (kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan) buyrak sanchig‘i, o‘t qopi sanchig‘i, ichak sanchig‘i, o‘t chiqaruvchi yo‘llarining diskineziyasi, xoletsistektomiyadan keyingi sindrom, qovuq va siydik yo‘llarining spazmi, algodismenoreya.
Bosh miya qon tomirlarining spazmi, migren.
Yordamchi dori vositasi sifatida jarrohlik aralashuvlaridan va tashxis muolajalardan keyingi og‘riq sindromida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Shifokor maslahatisiz qo‘llash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar.
Markaziy nerv tizimi tomonidan uyquchanlik, psixomotor reaktsiyalarning tezligini pasayishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipertenziya.
Uzoq muddat qo‘llanganida leykopeniya, agranulotsitoz, jigar va buyrak funktsiyasining buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan pirazolon hosilalariga); suyak ko‘migining qon yaratish faoliyatini susayishi; yaqqol jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, taxiaritmiyalar, og‘ir stenokardiya, kollaps, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, yopiqburchakli glaukoma, prostata bezining giperplaziyasi, ichak tutilishi, megakolon, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nitratlar (nitroglitserin, nitrosorbit, sustak va boshqalar), kaltsiy kanallarining blokatorlari (nifedipin, korinfar va boshqalar), beta-adrenobloktorlar (anaprilin, metoprolol, talinolol va boshqalar), ganglioblokatorlar (pentamin va boshqalar), diuretiklar (furosemid, gipotiazid va boshqalar), miotrop spazmolitiklar (dipiridamol, eufillin va boshqalar) bilan majmuada ko‘rsatilgan preparatlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.
Bir vaqtda boshqa nonarkotik analgetiklar bilan qo‘llash, o‘zaro toksik samaralarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Adsorbentlar, burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar bilan birga qo‘llash preparatning me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddat (7 kundan ko‘proq) qo‘llanganida periferik qon manzarasini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak.
3 kun davomida samarasi bo‘lmaganida preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Andipal dozasi oshirib yuborilganda bosh aylanishi, kuchli uyquchanlik yuzaga keladi. Birinchi yordam sifatida me'da yuviladi va faollashtirilgan ko‘mir qabul qilinadi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda yoki kontur uyasiz o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Kontur uyasiz o‘ramlar teng miqdordagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga yoki guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yilu 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Irbitskiy ximfarmzavod» OAJ,
623856, Sverdlovsk vil., Irbit sh., Kirov ko‘ch., 172,
Tel/faks (34355) 3-60-90
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Asklepiy” MChJ CHEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bezakchilik ko‘ch., 18A
Tel (99871) 150-70-11
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.