Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Платифиллин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Производитель
Здоровье ФП ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Platifillin-Zdorovye in'ektsiya uchun eritma 2mg/ml 1ml №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Platifillin-Zdorove
Ta'sir etuvchi modda (XPN) platifillin (platyphylline)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 2 mg platifillin gidrotartarati;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
spazmolitik vosita.
ATX kodi A03AX.
Farmakologik xususiyatlari
Platifillinning ta'sir mexanizmi M-xolinoretseptorlarni blokadasi bilan bog‘liq, buning oqibatida postganglionar xolinergik tolalarning oxirlaridan innervatsiya qilinadigan effektor a'zolarning xujayralariga nerv impulslarini o‘tkazilishi buziladi; silliq mushaklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri relaksatsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Vegetativ ganglialarning N-xolinoretseptorlarini ham (ancha kuchsizroq) bloklaydi.
Preparat dozaga bog‘liq antixolinergik samaraga ega kichik dozalarda so‘lak va bronxial bezlarning sekretsiyasini, ter ajralishini, ko‘zlarning akkomodatsiyasini ingibitsiya qiladi, qorachiqni kengayishini, yurak qisqarishlari sonini oshishi chaqiradi, katta dozalarda – ovqat hazm qilish yo‘llarining (shu jumladan safro chiqarish yo‘llari va o‘t qopi) va siydik chiqarish yo‘llarining qisqaruvchanlik faoliyatini pasaytiradi, me'da sekretsiyasini pasaytiradi.
Xolinobloklovchi ta'siri ko‘proq darajada parasimpatik nerv tizimining yuqori tonusi yoki M-xolinostimulyatorlarning ta'siri fonida namoyon bo‘ladi.
Adashgan nervning ta'sirini kamaytirib, yurakning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, miokardning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, yurakning zarb hajmini oshiradi. Terining mayda qon tomirlarini kengayishini chaqiradi. Katta dozalarda qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazning faoliyatini susaytiradi va simpatik ganglialarni bloklaydi, buning oqibatida qon tomirlar kengayadi va arterial bosim (asosan vena ichiga yuborilganida) pasayadi. Bachadon, qovuq va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashtiradi; spazmolitik ta'sir qilib, og‘riq sindromini bartaraf qiladi. Bronxlarning silliq mushaklarini adashgan nervning tonusini oshishi yoki xolinostimulyatorlar tomonidan chaqirilgan spazmni bo‘shashtiradi; nafas hajmini oshiradi, bronxial bezlarning sekretsiyasini susaytiradi.
Periferik xolinoreaktiv tizimlarga ta'siri bo‘yicha atropinga yaqin, lekin kam zaharli va yaxshi o‘zlashtiriladi. Periferik M-xolinorespiratorlarga atropinga nisbatan kamroq ta'sir ko‘rsatadi, kamroq darajada taxikardiya chaqiradi (ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganida) va ichki sekretsiya bezlarining sekretsiyasini kuchsizroq susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Platifillin gistogematik to‘siqlar orqali (shu jumladan gematoentsefalik), xujayra va sinaptik membranalar orqali oson o‘tadi. Katta dozalarda yuborilganida markaziy nerv tizimining (MNT) xujayralarida ahamiyatli kontsentratsiyalarda to‘planadi. Jigarda metabolizmga uchraydi.
Buyraklar va ichak orqali chiqariladi. To‘g‘ri qo‘llanganida (dozalar, yuborishlar orasidagi interval) to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
Majmuaviy davolash tarkibida gastroduodenit, funktsional dispepsiya, pilorospazm, xoletsistit, xolelitiaz, ichak sanchig‘i, buyrak sanchig‘i, o‘t pufak sanchig‘i. Bronxial astma (bronxospazmni oldini olish uchun), bronxoreya. Algodismenoreya. Serebral arteriyalarning spazmi. Angiotrofonevroz.
Qo‘llash usuli va dozalari
Teri ostiga yuboriladi. Kattalar va 15 yoshdan bolalarga spastik og‘riq, bronxial astmaning davomli xuruji, serebral va periferik angiospazmlarni bartaraf qilish uchun 1-2 ml dan sutkada 1-2 marta yuboriladi.
Kursli davolashda teri ostiga 1-2 ml dan sutkada 1-2 marta, 10-15-20 kun davomida yuboriladi.
Bir martalik va sutkalik doza, yuborish tez-tezligi patsiyentning yoshi va ko‘rsatmalarga qarab shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi. Maksimal bir martalik doza – 10 mg, maksimal sutkalik doza – 30 mg.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ta'm sezishni buzilishlari, disfagiya, ichak harakatini atoniyagacha kamayishi, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t pufagining tonusini kamayishi.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan siyishni qiyinlashishi va siydikni tutilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, aritmiya (shu jumladan ekstrasistoliya), yuzni qizarishi, qizib ketish hissi, arterial bosimni pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dizartriya, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi, uyqusizlik, xavotirlik, amnestik sindrom.
Ko‘rish a'zolari tomonidan midriaz, fotofobiya, akkomedatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi.
Nafas tizimi tomonidan bronxlarning tonusi va sekretor faoliyatini kamayishi, bu yo‘talganda qiyin ajraladigan, qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishiga olib keladi.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan teri toshmalari, eshakemi, eksfoliativ dermatit, teri ajralishini kamayishi, terining quruqligi.
Immun tizimi tomonidan anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Xilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, mitral stenoz, og‘ir arterial gipertenziya. O‘tkir qon ketishi. Tireotoksikoz. Gipertermik sindrom. Qizilo‘ngachning axalaziyasi, privratnikning stenozi, ichakning atoniyasi. Glaukoma. Jigar va buyrak yetishmovchiligi. Miasteniya. Siydikni tutilishi yoki unga moyillik. Miyanishikastlanishi. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fenobarbital, pentobarbital, magniy sulfati va etaminal natriyning sedativ va uyqu ta'sirini, ichga buyuriladigan N2-gistaminblokatorlar, digoksin va riboflavinning samaralarini kuchaytiradi (peristaltikani sekinlashtiradi va so‘rilishini yaxshilaydi), prozerinning samarasini bloklaydi. Adrenomimetiklar va nitratlar ko‘z ichki bosimini oshishini potentsiyalaydilar.
Verapamilni qabul qilish oqibatidagi bradikardiyani, morfinni qabul qilish oqibatidagi ko‘ngil aynishi, qusish va bradikardiyani bartaraf qiladi.
M-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol (shizofreniyali bemorlarda antipsixotik samarasi pasayishi mumkin), fenotiazin, monoaminoksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, benzaktizin, xinidin sulfati, izoniazid, ayrim antigistamin preparatlari, dizopiramid, novokainamid antixolinergik nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradilar. Antixolinesteraz preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin.
Morfin yurak-qon tomir tizimiga susaytiruvchi ta'sirini, MAO ingibitorlari – musbat xrono- va batmotrop samarasini, yurak glikozidlari - musbat batmotrop ta'sirini, xinidin va novokainamid-xolinobloklovchi ta'sirini kuchaytiradi.
Silliq mushaklarning spazmlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda preparatning ta'sirini analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar kuchaytiradilar, qon tomirlarning spazmlarida – gipotenziv va sedativ vositalar kuchaytiradilar.
Nomutanosibligi. Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Prostata bezining giperplaziyasi, yoki siydik chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi, Daun kasalligi, bolalar serebral falaji bo‘lgan patsiyentlarga; reflyuks ezofagitda, diafragmaning qizilo‘ngach teshigini reflyuks-ezofagit bilan qo‘shilgan churrasida; nospetsifik yarali kolit, megakolonda; 40 yoshdan oshgan bemorlarda tashxis qo‘yilmagan glaukoma bo‘lishi mumkinligini hisobga olib; vegetativ (avtonom) neyropatiyada; keksa yoshli bemorlarda yoki holsizlangan bemorlarda; qiyin ajraladigan, kam ishlab chiqariladigan quyuq balg‘am bilan kechuvchi o‘pkalarning surunkali kasalliklarida yoki orqaga qaytuvchi obstruktsiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Kserotomiyasi bo‘lgan patsiyentlarda uzoq muddat qo‘llash, so‘lak ajralishining yanada pasayishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparat ehtiyotkorlik bilan va faqat ona uchun kutilgan foyda, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llanadi.
Bolalar. Preparat 15 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati.
Davolash vaqtida diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari falajli ichak tutilishi, siydikni o‘tkir tutilishi (prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan bemorlarda), akkomodatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘iz bo‘shlig‘i, burun, tomoqning shilliq qavatini qurishi; yutishni qiyinlashishi, midriaz (rangdor pardani to‘liq yo‘qolishigacha), tremor, tirishishlar, gipertermiya, keyingi susayishi bilan, MNT ni qo‘zg‘alishi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faoliyatini susayishi.
Davolash jadallashtirilgan diurez, ichakning falajini susaytiruvchi va taxikardiyani kamaytiruvchi xolinesteraza ingibitorlarini (fizostigmin, galantamin yoki prozerin) yuborish. O‘rtacha qo‘zg‘aluvchanlik va yengil tirishishlarda – magniy sulfatini yuborish, og‘ir hollarda – natriy oksibutirati, oksigenoterapiya, o‘pkalarning sun'iy ventilyatsiyasi. Hayotga xavf soluvchi taxikardiyada – xinidin sulfati, propranolol.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 2 mg/ml 1 ml dan ampulalarda №10 qutida; №5x2, №10 blisterlarda qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmatsevticheskaya kompaniya “Zdorovye” MChJ.
Ukraina, 61013, Xarkov sh, Shevchenko ko‘ch., 22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.