Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Урофурагин таб. 50мг №30 (13283672##3 153) |
UZS 77 300
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
| Урофурагин таб. 50мг №30 (13283672##3 151) |
UZS 73 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Фурагин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Polsha
Dozasi
50 мг
Производитель
Adamed Consumer Healthcare S.A.
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Urofuragin tab. 50mg №30 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Urofuragin
Ta’sir etuvchi modda (XPN) -
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi
ta’sir etuvchi modda furazidin - 50 mg;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, saxaroza, kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi.
Ta’rifi
dumaloq shaklli, sarg‘ish-to‘q sariq rangli, ikki tomonlama yassi yuzali, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
tizimli ta’sirga ega mikroblarga qarshi preparatlar. Tizimli ta’sirga ega antibakterial preparatlar. Nitrofuran hosilalari. Furazidin.
ATX kodi J01XE03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mikroblarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega bo‘lib, nitrofuranlar guruhiga mansub. Ta’sir mexanizmi nuklein kislotasini sintezini ingibitsiya qilish bilan bog‘liq. Nitrofuranlar ta’siri ostida nafas zanjirini faolligini susayishi va trikarbon kislota (Krebs sikli) sikli susayishi, shuningdek boshqa mikroorganizmlarning bioximik jarayonlarni susayishi yuz beradi, bu ularning qobig‘i yoki tsitoplazmatik membranasini buzilishiga olib keladi.
Grammusbat koklarga nisbatan faol Staphylococcus spp., Streptococcus spp.; grammanfiy Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp.
Furazidinga chidamli Pseudomonas aeruginosa, Enterococcus spp., Acinetobacter spp., ko‘pchilik shtammlar Proteus spp., Serratia spp.
Konsentratsiyalari bakteritsid yoki bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriyalarning katta qismiga qarshi bakteriostatik konsentratsiyasi 10 dan 20 mkg/ml gachani tashkil qiladi. Bakteritsid konsentratsiyasi taxminan 2 martaga yuqori.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Passiv diffuziya yo‘li orqali ingichka ichakdan so‘riladi. Ingichka ichak distal segmentidan nitrofuranlarni so‘rilishi proksimal va medial segment so‘rilishidan 2 va 4 martadan muvofiq oshadi. Yo‘g‘on ichakdan yomon so‘riladi. Cmax qon zardobida 3 dan 7-8 gacha saqlanib turadi.
Taqsimlanishi
Bir xil taqsimlanadi. Yuqori konsentratsiyalarda limfada saqlanadi; safroda uning konsentratsiyasi zardobdagiga nisbatan bir necha martaga yuqori, likvorda - bir necha martaga kamroq, so‘lakda 30% gacha uning zardob konsentratsiyasi saqlanadi; qonda va to‘qimalarda konsentratsiya katta emas, bu uning tez chiqarilishi bilan bog‘liq, bunda siydikdagi uning konsentratsiyasi qondagiga nisbatan yuqori.
Metabolizm va chiqarilishi
Jigarda metabolizmga uchraydi (kamida 10%), buyrakning metabolizm jadalligi kuchayadi. Siydikda 3-4 soatdan keyin aniqlanadi. Siydikda rH nitrofurantoindan farqliroq o‘zgarmaydi. Buyraklar orqali kalavalar filtratsiyasi va kanalchalar sekretsiyasi orqali (85%), qisman kanalchalarda qayta so‘riladi. Past konsentratsiyalarda siydikda filtratsiya va sekretsiya jarayoni ustunroq, yuqori konsentratsiyalarda - sekretsiya kamayadi va so‘rilishi oshadi. Kuchsiz kislota hisoblanib, dissotsiatsiyaga uchramaydi; siydikning kislotali rH jadal reabsorbtsiyaga uchraydi, u tizimli nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Urofuragin dori preparatini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar
• o‘tkir va surunkali asoratlanmagan quyi siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (piyelonefrit, sistit, uretrit) prostata bezi (prostatit);
• operatsiyadan keyingi siydik-jinsiy tizim infeksiyalari (operatsiyadan keyingi piyelonefrit, sistit, prostatit).
Qo‘llash usuli va dozalar
Dori preparatini har doim shifokor tavsiyalariga muvofiq qabul qilish kerak. Biron-bir shubha paydo bo‘lganda shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
Dori preparatini ichga ovqat paytida, ayniqsa oqsil saqlovchi ovqat bilan qabul qilinadi, chunki bu furazidinning o‘zlashtirilishini oshiradi.
Davolash kursi 7-8 kunni tashkil qiladi. Zarur bo‘lganda davolash kursini 10-15 kundan keyin takrorlanadi.
Tavsiya etilgan dozalar
• Davolashning birinchi kuni 100 mg (2 tabletka) sutkada 4 marta (sutkada maksimal 8 tabletka); keyingi kunlarda 100 mg (2 tabletka) dan sutkada 3 marta (sutkada 6 tabletka).
• Ayollarda siydik chiqarish yo‘llarining qaytalanuvchi infeksiyalarida (oxirgi 12 oy davomida siydik chiqarish yo‘llarining kamida 3 epizodi) 100 mg (2 tabletka) yotishdan oldin 6-12 oy davomida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta’sirlar
Har bir dori preparati kabi Urofuragin dori preparati ham hamma patsientlarda bo‘lmasa ham noxush samaralar chaqirishi mumkin.
Tez-tez paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirlar (100 patsientdan 1 dan 10 tasigacha)
• Ko‘ngil aynishi, meteorizm;
• Bosh og‘rig‘i.
Nojo‘ya ta’sirlar, 100 patsientdan 1 tasida tez-tez bo‘lmagan holda yuz beradi
• tsianoz, megaloblast anemiya (B12 vitamini yoki folat kislotasi tanqisligi chaqirgan anemiya) yoki gemolitik anemiya;
• bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishni buzilishi, periferik nevropatiya, (shu jumladan o‘tkir yoki qaytmas, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi, anemiya, qandli diabet, elektrolitik buzilishlar, V vitamini tanqisligi);
• nafas tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi
- o‘tkir reaktsiyalar - isitma, etni uvishishi, yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq, xansirash, plevral suyuqlik, alohida tur leykotsitlar sonini oshishi va o‘pkani rentgenogrammada o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi; odatda dori preparatini bekor qilgandan keyin juda tez yoki tez o‘tib ketadi;
- surunkali reaktsiyalar - ko‘p hollarda o‘pka fibrozi va diffuz interstitsial pnevmoniya, simptomlarni yaqqolligi va ularni dori preparatini bekor qilgandan keyin qaytuvchanligi birinchi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgandan keyin davolash davrini davomiyligiga bog‘liq; nojo‘ya ta’sirlar aniqlangandan keyin kechiktirmasdan dori preparatini qabul qilishni bekor qilish kerak; o‘pka faoliyatini buzilishlari qaytmas xarakterga ega bo‘lishi mumkin;
• qabziyat, diareya, dispepsiya simptomlari (masalan, ovqatdan keyin qorinni to‘lib qolish hissi, qorinni dam bo‘lishi), qorinda og‘riq, qusish, sialoadenit, pankreatit, soxtamembranoz enterokolit;
• alopetsiya, eksfoliativ dermatit, polimorf eritema, Stivens-Djonson sindromi (bullez polimorf eritema);
• isitma, etni uvishishi, o‘zini yomon his etish, furazidinga chidamli bo‘lgan bakterial infeksiyalar;
• qichishish, eshakemi, anafilaktik reaktsiyalar (mahalliy yoki tez rivojlanuvchi tizimli allergik reaktsiyalari), angionevrotik shish (chegarali shishlar rivojlanishi bilan kechuvchi teri kasalliklari va teri osti kletchatkasi), toshma;
• dorili gepatit simptomlari, xolestatik sariqlik (safroni chiqishiga to‘sqinlik qilishi bilan bog‘liq), jigar parenximasi nekrozi.
Noma’lum tez-tezlik bilan paydo bo‘ladigan nojo‘ya samaralari
• mushak spazmlari, mushakdagi og‘riqlar.
Nitrofuran hosilalari tuxum hujayralariga salbiy ta’sir qilishi mumkin va spermatozoidlarning harakatchanligini pasaytiradi, sperma ishlab chiqarilishini kamaytiradi, shuningdek spermatozoidlar strukturasiga noxush o‘zgarishlar kiritadi.
Biron-bir noxush holatlar chuqurlashishida yoki yo‘riqnomada eslatilmagan noxush holatlarda shifokor va farmatsevtga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Agar patsientda (yuqori sezuvchanlik) furazidinga, boshqa nitrofuran hosilalariga yoki Urofuraginni biron-bir boshqa tarkibiy qismlariga allergiya bo‘lsa.
• Homiladorlikning I uch oyligida.
• Homiladorlikning etilgan davri (38 haftadan boshlab) va tug‘ruq, gemolitik anemiyani rivojlanish xavfini inobatga olib (eritrotsitlarni parchalanishi bilan bog‘liq anemiya) chaqaloqlarda.
• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
• Agar patsientda buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, laborator tadqiqotlarda qon zardobida kreatinin darajasi oshishi yoki agar kreatinin klirensi kamida 60 ml/min ni tashkil qiladi.
• Agar patsientda polineyropatiya tashxisi aniqlangan bo‘lsa (nerv tizimini buzilishi), masalan, qandli diabeti fonida.
• Agar patsientda glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lsa (eritrotsitlarda yuz beruvchi o‘zgarishlarda ishtirok etuvchi fermenta).
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
• Shifokor yoki farmatsevtga patsiyent tomonidan qabul qilingan yoki qabul qilinayotgan, shu jumladan retseptsiz beriladigan barcha dori vositalar haqida xabar berish kerak.
• Nitrofuran hosilalarini qabul qilish vaqtida Benedikt va Feling eritmalarini qoʻllash bilan siydikda glyukozani soxta musbat qiymati kuzatilgan. Fermentataiv usul bilan oʻtkazilgan siydikdagi glyukoza tahlillari natijasi toʻgʻri boʻlgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak.
• Agar patsientda buyrak, jigar funktsiyasini buzilishlari, nerv tizimi faoliyatini buzilishlari, anemiya, elektrolitik buzilishlar, В guruh vitamini va folat kislotasi tanqisligi va o‘pka kasalliklari bo‘lsa.
• Agar patsiyent qandli diabet bilan ogʻrigan boʻlsa, furazidin nerv tizimini shikastlanishini chaqirishi mumkin. Nitrofuran hosilalari bilan davolangan patsiyentlarda periferik nervlarni shikastlanishi kuzatilgan. Ogʻir xollarda bu shikastlanishlar qaytmas xarakterga ega boʻlishi mumkin va patsiyent hayoti uchun xavf tugʻdiradi. Shuning uchun nerv tizimi tomonidan simptomlar paydo boʻlsa Urofuraginni qoʻllashni bekor qilish kerak (etni jimillash hissi, uvishishi, elektr tokini oʻtish hissi).
• Agar patsiyentda isitma, etni uvishishi, yoʻtal, koʻkrak qafasida ogʻriq, xansirash paydo boʻlsa, bu simptomlar oʻtkir oʻpka reaksiyalaridi, ular baʼzan nitrofuran hosilalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda kuzatiladi. Bu simptomlar paydo boʻlgan hollarda dori preparatini qoʻllashni darhol toʻxtatish kerak. Odatda simptomlar dori preparati bekor qilingandan keyin tez oʻtib ketadi. Surunkali reaksiya hollarida simptomlarning yaqqolligi va dori preparati bekor qilingandan keyin ularning qaytuvchanligi birinchi nojoʻya samaralarni paydo boʻlganidan keyingi davolash davrining davomiyligiga bogʻliq. Nojoʻya taʼsirlarni maksimal tez aniqlash va dori preparatini bekor qilish juda zarur hisoblanadi. Oʻpka faoliyatini buzilishi qaytmas boʻlishi mumkin. Surunkali reaksiyalar 6 oydan koʻp furazidin qabul qilgan patsiyentlarda rivojlangan. Surunkali oʻpka reaksiyalariga (masalan, oʻpka fibrozi va diffuz interstitsial pnevmoniya) ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlar duchor boʻladi.
• Agar dori preparati uzoq vaqt qoʻllansa, limfotsitlar miqdorini, buyrak va jigar funksiyasini nazorat qilish maqsadida qonning morfologik tahlilini oʻtkazish talab qilinishi mumkin.
Furazidin qabul qilish vaqtida alkogolni iste’mol qilishdan saqlaning.
Preparat saxaroza saqlaydi. U fruktozani oʻzlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza
malabsorbtsiyasi yoki sukraza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam nasliy muammolari
boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanmasligi kerak.
Klinik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, nitrofuran hosilalari tuxumdonlar funksiyasiga salbiy
taʼsir qilishi mumkin. Ular spermatozoidlar harakatchanligini pasaytirishi, sperma
sekretsiyasini kamaytirishi va spermatozoidlar morfologiyasida patologik oʻzgarishlarga
olib kelishi mumkin.
Preparatni uzoq muddat qoʻllanilganda shifokor qon tahlili va buyrak va jigar funksiyasini
biokimyoviy koʻrsatkichlarini aniqlashni buyuradi.
Xomiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanilishiHar qanday dori preparatini
qoʻllashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Urofuragin dori preparati xomiladorlikning birinchi uchoyligida (I uchoyligi), shuningdek
muddatiga yetmagan xomiladorligi boʻlgan ayollarga va tugʻruq davrida qoʻllash tavsiya
etilmaydi. Xomiladorlikning oxirgi uchoyligida (III uchoyligi) ehtiyotkorlikka rioya qilish
kerak. Furazidin yangi tugʻilgan chaqaloqlarda gemolitik anemiya chaqirishi mumkin.
Emizish davrida Urofuragin dori preparatini qoʻllash mumkin emas. Furazidin sut bilan
ajraladi va emizikli bolaga zarar yetkazishi mumkin.
Bolalarda qoʻllanilishi
Dori preparatini 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Shifokor tavsiyasi boʻyicha buyuriladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Urofuragin dori preparatini tavsiya etilgan dozasidan koʻproq dozani qoʻllagan hollarda
quyidagi simptomlar paydo boʻlishi mumkin bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, allergic
reaksiyalar, koʻngil aynishi, qusish, anemiya. Agar ushbu simptomlar paydo boʻlsa
yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam boʻlimiga kechiktirmasdan murojaat qilish
kerak, chunki maxsuslashtirilgan davolash talab qilinishi mumkin (aynan meʼdani yuvish
va vena ichiga suyuqlik yuborish, ogʻir holatlarda esa gemodializ oʻtkazish). Dori
preparati organizmdan buyraklar orqali chiqarilishini inobatga olib, buyrak funksiyasi
buzilgan patsiyentlarda dozani oshirib yuborilish xavfi oshadi.
Chiqarilish shakli
30 tabletkadan polivinilxloridli plyonka va alyuminiy folgali kontur uyali oʻram (blister)ga
joylanadi.
1 kontur uyali oʻramdan (blister) tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomasi bilan birga
karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original oʻramida, quruq joyda 25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dori preparatini kanalizatsiyaga va maishiy axlat uchun uy konteynerlariga tashlash
mumkin emas. Keraksiz dori preparatlari bilan nima qilish haqida farmatsevtdan soʻrang.
Bunday harakatlar atrof muhitni himoyalashga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Urofurogin dori preparatini blisterda va karton qutida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Roʻyxat № dan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Adamed Pharma S.A.
Pieńków, ul. Mariana Adamkiewicza 6A, 05-152 Czosnów, Poland/Polsha
Ishlab chiqaruvchi
maydoni manzili
ul. Marszałka Józefa Piłsudskiego 5, 95-200 Pabianice, Poland/Polsha
Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati boʻyicha eʼtirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Adamed Pharma» AJ ning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42-B uy.
tel. +99855 520-36-76
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.