Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mukogen tab. 100mg №30
Nomi | Narx | |||||
Мукоген таб. 100мг №30 (ARC2318A##2 146) |
UZS 96 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Мукоген таб. 100мг №30 (ARC2318A##2 225) |
UZS 96 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ребамипид
Страна производитель
Индия
Дозировка
100 мг
Производитель
Macleods Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Mukogen
Ta'sir etuvchi modda (XPN) rebamipid
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda rebamipid - 100 mg;
yordamchi moddalar oldindan jelatinlangan kraxmal, mannitol, natriy kroskarmellozasi, tozalangan talk, suvsiz limon kislotasi, magniy stearati, natriy laurilsulfati;
qobig‘ining tarkibi gipromelloza (5cps), titan dioksidi (E171), propilenglikol.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Me'daning kislotali muhitini buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Me'da yarasiga qarshi boshqa preparatlar va gastroezofageal reflyuksni davolash uchun preparatlar.
ATX kodi A02BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Rebamipid gastroprotektor vositasi, 2(1N)- xinolon xosilasidir.
Bu birikma me'da shilliq qavatida prostaglandinni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, me'da yarasining epitelizatsiyasi muddatini qisqartiradi va sifatini yaxshilaydi, shuningdek kelgusida yarani qaytalanish ehtimolini pasaytiradi. Rebamipid me'da shilliq qavatini toksik va ultserogen moddalar chaqirgan shikastlanishlardan ximoya qiladi. Klinik va fundamental tadqiqotlar rebamipidning farmakologik xususiyatlarini aniqladi, ularga quyidagilarni kiritish mumkin
-prostaglandinlarning darajasini oshirishi
-me'dada yuqori molekulyar glikoproteinlarning biosintezini tezlashtiruvchi fermentlarning faolligini kuchaytirish yordamida sirtki va eruvchan shilliqni miqdorini ko‘paytirishi
-epitelial o‘sish omilini ekskretsiyasini oshirishi va me'dani normal va yarali shilliq qavatida unga retseptorlarni miqdorini ko‘payishi va natijada – shilliq qavatning shikastlangan qismida epitelial xujayralarni proliferatsiyasini rag‘batlantirishi
-neytrofillarning faolligini va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalarni qabul qilish yoki N.pylori rag‘batlantirilgan yallig‘lanish sitokinlarini ishlab chiqarilishini bostirishi. Bundan tashqari rebamipid standart yaraga qarshi terapiya vositalari bilan majmuada N.pylori eradiktsiyasiga yordam beradi, me'daning epitelial xujayralariga bakteriyalarni adgeziyasiga to‘sqinlik qiladi.
-me'da shilliq qavatida qon oqimini va gemodinamikani yaxshilashi
-me'dada ishqorlarni sekretsiyasini oshirishi
-safro sekretsiyasiga ta'sirining yo‘qligi rebamipid me'da shirasini na bazal sekretsiyasiga, na rag‘batlantirish oqibatidagi kislota sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga bir martalik 100 mg dozasi qabul qilingandan keyin plazmada rebamipidning kontsentratsiyasini cho‘qqisiga (340 ng/ml) taxminan 2 soatdan keyin erishiladi. Plazmaoqsillari bilan bog‘lanishi 98,4-98,6%. Plazmadan yarim chiqarilishi davri – 1,5 soat. Preparat odam organizmida to‘planmaydi.
Metabolizmi
Ichga 600 mg bir martalik dozasi qabul qilinganidan keyin siydikda rebamipidning 8-pozitsiyadagi gidroksil guruhiga ega metaboliti aniqlanadi.
Chiqarilishi
Preparatning katta qismi o‘zgarmagan holdachiqariladi.
Yuborilgan dozaning taxminan 10% siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-me'da yara kasalligi
-o‘tkir gastrit, surunkali gastritning zo‘rayishdavri
-gastrit va me'da yara kasalligini davolashda N.pylori eradikatsiyasi uchun
-me'da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiya
-NYaQP ni qabul qilish fonida me'daning shikastlanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar
1 tabletka (100 mg) dan sutkada 3 marta ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichib, qabul qiladi. Davolash kursi 2-4 haftani tashkil qiladi, zarurati bo‘lganida 8 haftagacha uzaytirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
-qichishish, teri toshmasi, ekzema va yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari
-ta'm sezishni o‘zgarishlari, jig‘ildon qaynashi, kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, qabziyat, diareya.
-jigar faoliyatini buzilishi qon zardobida jigar transaminazalari faolligini oshishi
-leykopeniya, granulotsitopeniya
-hayz siklini buzilishlari
-shishlar
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-rebamipid va/yokipreparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik
-me'daning xavflikasalliklari
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning sitoxrom R450 enzimlari bilan o‘zaro ta'siri Mukogenning metabolizmini ham, Mukogen bilan bir vaqtda qo‘llangan boshqa preparatlarning metabolizmini ham buzmaydi deb hisoblanadi.
Mukogen gidroksillanish jarayonida faqat SYP3A4jalb qilinishi taxmin qilinadi. Mukogen SYP1A2-, 2S9-, 2S19-, 2D6-, 2E1-3A4-enzimlar yordamida amalga oshuvchi metabolizmni bostirmasligi ko‘rsatilgan.
Mukogenning sitoprotektor samarasi siklogeksimid yoki aktinomitsin D ta'sirida susayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'da-ichak buzilishlarini xavfini minimallashtirish uchun keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu patsiyentlar yoshlarga qaraganda rebamipidga sezuvchanroq bo‘lishi mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Rebamitsidni bolalar va o‘smirlarda xavfsizligi va samarasi o‘rganilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Mukogenni homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatning laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatishni masalasini hal qilish kerak.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarniboshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir etish xususiyatlari
Ma'lumotlar yo‘q
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirilib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin.
Davolash simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan tegishli markirovkaga ega alyumin strip. 3 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlovchi karton quti.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
MACLEODS PHARMACEUTICALS LTD.
Atlanta Arcade, Marol Church Road,
Andheri (E), Mumbai - 400 059. INDIA
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.