Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diabeton MR 60 mg. №30
Nomi | Narx | |||||
Диабетон MR 60мг. №30 (6087734##2 173) |
UZS 81 900
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Диабетон MR 60мг. №30 (6090233##2 222) |
UZS 82 000
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Диабетон MR 60мг. №30 (6090233##2 234) |
UZS 82 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гликлазид
Страна производитель
Франция
Дозировка
60 мг
Производитель
Les Laboratoires Servier Industrie, Франция для Les Laboratoires Servier
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, avval mazkur ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
• Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Uni yana qaytadan o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
• Ushbu preparat qabul qilish uchun shaxsan sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Bu, hattoki, ularning kasallik belgilari sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham, ularga zarar keltirishi mumkin.
• Agar sizda biron-bir nojo‘ya samaralarlar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling. Bu shuningdek mazkur varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. 10-bo‘limga qarang.
1. SAVDO NOMI
DIABETON MR 60 mg
2. DORI ShAKLI
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar, 60 mg.
3. TASIR ETUVChI MODDANING NOMI
Gliklazid.
4. TARKIBI
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan 60 mg li DIABETON MR tabletkalari tarkibida nimalarni saqlaydi.
Gliklazid tabletkalarda faol modda bo‘lib hisoblanadi. Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan har bir tabletka tarkibida 60 mg gliklazid saqlaydi.
Boshqa ingrediyentlar quyidagilardir laktoza monogidrati, maltodekstrin, gipromelloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan 60 mg li DIABETON MR tabletkalari qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining tarkibi.
DIABETON MR 60 mg – bu oq rangli cho‘zinchoq, uzunligi 15 mm va kengligi 7 mm bo‘lgan, har ikkala tomonida chiziqchaga va “DIA 60” yozuviga ega ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletka. Tabletkalar 30 yoki 60 tabletkadan qadoqlangan blister o‘ramlarda yetkazib beriladi.
Savdoda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.
5. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
Farmakoterapevtik guruhi
sulfonamidlar, mochevina hosilalari. ATX kodi A10BB09.
6. FARMAKOLOGIK XUSUSIYaTLARI
Ta'sir mexanizmi
Gliklazid – peroral qabul qilish uchun sulfonilmochevina guruhiga mansub bo‘lgan gipoglikemik diabetga qarshi faol modda bo‘lib, boshqa shunga o‘xshash birikmalardan enditsiklik bog‘ga ega bo‘lgan N-geterotsiklik xalqa bilan farqlanadi.
Gliklazid Langergans orolchalaridagi β-hujayralar tomonidan insulinni sekretsiyasini rag‘batlantirib, glyukozaning darajasini pasaytiradi. Insulin darajasini oshishi va ovqatlangandan keyin S-peptid sekretsiyasi ikki yil davolangandan so‘ng saqlanib qoladi.
Ushbu metabolik xususiyatlardan tashqari, gliklazid gemovaskulyar xususiyatlarga ega.
Farmakodinamik xususiyatlari
Insulin ajralib chiqishiga ta'siri
Diabetning 2-tipda gliklazid glyukozani tushishiga javoban insulin sekretsiyasining birinchi avj olishini tiklaydi va insulin sekretsiyasining ikkinchi fazasini oshiradi. Ovqat iste'mol qilish yoki glyukoza bilan qo‘zg‘atilgan rag‘batlantirishga javoban insulin javob sekretsiyasini sezilarli kuchayishi kuzatiladi.
Gemovaskulyar xususiyatlari
Gliklazid diabet asoratlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan mikrotrombozni quyidagi ikkita mexanizm yordamida qisqartiradi
• trombotsitlarni (beta-tromboglobulin, V2 trombooksan) faollashtirish markerlari qisqargani holda trombotsilarning agregatsiyasini va adgeziyasini qisman susaytirilishi;
• plazminogen to‘qima aktivatorining (TPA) faolligi oshgani holda tomirlar endoteliysining fibrinolitik faolligiga ta'sir ko‘rsatilishi.
7. FARMAKOKINETIK XUSUSIYaTLARI
So‘rilishi
Plazmada moddaning darajasi dastlabki 6 soat mobaynida bosqichma-bosqich ko‘payib boradi va yuborilganidan so‘ng oltinchidan o‘n ikkinchi soatgacha saqlanib qoladigan qiymatga yetadi.
Bunda patsiyentlar orasida past o‘zgaruvchanlik (variabellik) qayd etiladi.
Gliklazid to‘liq so‘riladi. Ovqat iste'mol qilish so‘rilish tezligi yoki darajasiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 95% ni tashkil etadi. Taqsimlash hajmi taxminan 30 litrni tashkil etadi.
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan 60 mg li DIABETON MR tabletka kuniga bir marta qabul qilinganidan so‘ng gliklazidning plazmadagi samarali kontsentratsiyasi 24 soat davomida saqlanib turadi.
Metabolizmi
Gliklazid asosan jigarda metabolizmga uchraydi va organizmdan siydik bilan chiqariladi; 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Plazmada faol metabolitlar aniqlanmagan.
Chiqarilishi
Gliklazidning yarim chiqarilish davri 12 va 20 soat oralig‘ida bo‘ladi.
Proportsionalligi/teskari proportsionalligi
120 mg gacha yuborilgan doza va vaqt davomida kontsentratsiyaning egri chizig‘i ostidagi maydoni o‘rtasida bir tekis nisbat kuzatiladi.
Populyatsiyaning qolgan toifalari
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda farmakokinetik ko‘rsatkichlarning klinik jihatdan muhim o‘zgarishlari kuzatilmagan.
8. QO‘LLANILIShI
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar – bu qonda qand miqdorini pasaytiruvchi preparatdir (sulfonilmochevina guruhiga mansub, peroral qabul qilinadigan diabetga qarshi preparat).
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar qandli diabetning ma'lum shaklida (qandli diabetning 2-tipi) kattalarda parhez, jismoniy mashqlar va vaznni yo‘qotish qonda qand miqdorini kerakli darajada saqlab turishga o‘z-o‘zidan yetarlicha ta'sir ko‘rsatmaganida qo‘llaniladi.
9. QO‘LLASh VA DOZALASh TARTIBI
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni faqat shifokoringiz yoki farmatsevt tavsiyalariga muvofiq qabul qilish mumkin. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz, albatta shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Doza qondagi va ehtimol, siydikdagi qand darajasiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.
Tashqi omillar o‘zgarganida (tana vaznini kamayishi, hayot tarzi o‘zgarganida, stress holatlarida) yoki qonda qand miqdori ustidan nazorat yaxshilanganida gliklazidning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin.
Tavsiya etiladigan sutkalik doza nonushta vaqtida bir marta yarim tabletkadan ikki tabletkagachani (120 mg dan ko‘p emas) qabul qilishni nazarda tutadi. Doza davolashga nisbatan bo‘ladigan javobga bog‘liq.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar peroral qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, tabletka(lar)ni nonushta vaqtida (har kuni ayni bir vaqtda qabul qilgan afzal) suv bilan ichish kerak. Yarimta yoki butun tabletkani butunligicha yutib yuborish kerak. Tabletkalarni chaynash yoki maydalash mumkin emas. Tabletkani teng dozalarga bo‘lish mumkin.
Tabletka ichilganidan keyin albatta biror narsa yeyish kerak.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni metformin, alfa glyukozidaza ingibitori, tiazolidindion, dipeptidilpeptidaza-4 ingibitori, GPP-1 retseptori agonisti yoki insulin bilan majmuaviy davolash buyurilganda shifokoringiz Siz uchun to‘g‘ri keladigan har bir preparat dozasini belgilab beradi.
Agar preparatni belgilangan tavsiyaga muvofiq qabul qilishingizga qaramay, qonda qand miqdori oshganligini sezsangiz, u holda shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Agar Siz DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkani qabul qilish yodingizdan chiqargan bo‘lsangiz quyidagilarni bilishingiz zarur
Preparatni har kuni qabul qilish o‘ta muhim, chunki muntazam ravishda qabul qilish davolash samarasini oshiradi.
Biroq, agar Siz DIABETON MR 60 mg modifikatsiyalangan holda ajralib chiqadigan tabletkalarning dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash maqsadida ikki barobar dozani qabul qilish yaramaydi.
Agar Siz DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatib qo‘ysangiz quyidagilarni bilishingiz zarur
Diabetni davolash butun umr davom etganligi sababli, preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan avval shifokoringiz bilan maslahatlashish zarur. Preparatni qabul qilishni to‘xtatish qonda qand miqdorini oshishiga (giperglikemiyaga) olib kelishi mumkin, bu esa qandli diabet asoratlarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Agar Sizda biron-bir qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
10. NOJO‘Ya SAMARALARI
Barcha preparatlar singari DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar barchada bo‘lmasa ham, nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta'siri qonda qand miqdorining past darajada (gipoglikemiya) bo‘lishidir. Nojo‘ya ta'sirlarning simptomlari va belgilari «MAXSUS YO‘RIQNOMALAR» deb nomlangan 13-bo‘limda ta'riflangan.
Agar ushbu simptomlarga qarshi kurashilmasa, ular rivojlanib, uyquchanlikni, hushdan ketishni yoki ehtimol koma holatini keltirib chiqarishi mumkin. Agar qonda qand miqdorining kamligi sezilarli bo‘lsa yoki uzoq muddat davomida saqlanib tursa, hatto uni qand iste'mol qilish yo‘li bilan vaqtincha nazorat qilina olsa ham, darhol tibbiy yordam olish uchun murojaat qilish zarur.
Jigar tomonidan buzilishlar
Jigar funktsiyasini teri va ko‘zlar sarg‘ayishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan buzilishi haqida ayrim xabarlar qayd etilgan. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Simptomlar odatda dorini qabul qilish to‘xtatilganida yo‘qoladi. Shifokoringiz davolashni to‘xtatish kerakligini aniqlaydi.
Teri tomonidan buzilishlar
Toshma, qizarish, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi kabi terida yuz beradigan reaktsiyalar haqida xabarlar mavjud (qovoqlar, yuz, lablar, og‘iz, til va tomoq kabi to‘qimalarning tezda shishib ketishi nafas olishning qiyinlashishiga olib kelishi mumkin). Toshma rivojlanib, pufakchalarni keng tarqalishiga yoki terini ko‘chishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda og‘ir o‘ta sezuvchanlik reaktsiyalarning (Drug Reaktion with Eosinophilia and Systemic Symptoms, DRESS) belgilari avvaliga grippga o‘xshash simptomlar va yuzda toshma ko‘rinishidagi, so‘ngra esa yuqori harorat bilan kechuvchi uzoq muddatli toshma ko‘rinishidagi belgilar qayd etilgan.
Qon tomonidan buzilishlar
Terini ocharishi, uzoq davom etadigan qon ketishi, ko‘karishlar, tomoqda og‘riq va yuqori haroratni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan qonda hujayralar (masalan, trombotsitlar, qizil va oq qon hujayralari) sonini kamayishi haqidagi xabarlar mavjud. Ushbu simptomlar odatda davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, me'da faoliyatini buzilishi, diareya va qabziyat. Ushbu ta'sirlar DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar tavsiyalarga muvofiq ovqat bilan qabul qilinganida kamayadi.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Qisqa vaqt davomida, ayniqsa davolash boshlanishida ko‘rishni yomonlashishi kuzatilishi mumkin. Ushbu samara qonda qand miqdori o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Sulfonilmochevina guruhiga mansub boshqa preparatlarida bo‘lgani kabi quyidagi noxush ko‘rinishlar qon hujayralari sonini sezilarli o‘zgarishlari va qon tomir devorlarini allergik yallig‘lanishi holatlari, qonda natriy miqdorini pasayishi (gironatriyemiya), jigar funktsiyasini buzilishi simptomlari (masalan, sarg‘ayish) qayd etilgan bo‘lib, ular ko‘pchilik holatlarda sulfonilmochevina guruhiga mansub preparatlar bekor qilinganidan keyin yo‘qolgan, ammo ayrim yakka holatlarda hayot uchun xavfli bo‘lgan jigar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Nojo‘ya samaralari haqida xabarlar
Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling. Bu mazkur ilova-varaqada sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz mazkur preparatning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plashga yordam berasiz.
11. QO‘LLASh MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Quyidagi holatlarda DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni qabul qilmang
-sizda gliklazidga yoki DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarning ingrediyentlaridan birontasiga, yoki shu guruhdagi (sulfonilmochevina) boshqa preparatlarga, yoki boshqa shunga o‘xshash preparatlarga (gipoglikemik sulfanilamidlar) allergiya mavjud bo‘lganida;
-Sizda insulinga qaram (1-tipdagi) diabet bo‘lganida;
-Sizda siydikda keton tanachalari va qand moddasi (bu Sizda diabetik ketoatsidoz rivojlanganligini bildiradi), diabetik koma oldi yoki koma holati bo‘lganida;
-Sizda jiddiy buyrak yoki jigar kasalliklari bo‘lganida;
-agar Siz zamburug‘li infektsiyalarni davolash uchun preparatlar (mikonazol, 12 «Dorilarning o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qaralsin) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz emizayotgan bo‘lsangiz («Homiladorlik va emizish» bo‘limiga qaralsin).
12. DORILARNING O‘ZARO TASIRI
Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsangiz shifokoringizni yoki farmatsevtni bu haqida xabardor qiling. Quyidagi preparatlardan birini qabul qilganingizda gliklazidning qonda qand miqdorini pasayishiga ta'siri kuchayishi va qonda qand miqdorini past bo‘lganidagi belgilari namoyon bo‘lishi mumkin
-qonda qand miqdorini oshishini davolash uchun boshqa preparatlar (diabetga qarshi peroral vositalar, GPP-1 retseptorlarining agonistlari yoki insulin);
-antibiotiklar (sulfanilamidlar, klaritromitsin);
-yuqori qon bosimini va yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparatlar (beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, kaptoril yoki enalapril kabi);
-zamburug‘li infektsiyalarni davolash uchun preparatlar (mikonazol, flukonazol);
-me'da yoki o‘n ikki barmoq ichak yaralarini davolash uchun preparatlar (N2 retseptorlari antagonistlari);
-depressiyani davolash uchun preparatlar (monoaminoksidaza ingibitorlari);
-og‘riq qoldiruvchi yoki revmatizmga qarshi preparatlar (fenilbutazon, ibuprofen);
-tarkibida spirt saqlovchi preparatlar.
Quyidagi preparatlardan birini qabul qilganingizda gliklazidning qonda qand miqdorini pasayishiga ta'siri kuchsizlanishi va qonda qand miqdorini yuqori bo‘lganidagi belgilari namoyon bo‘lishi mumkin
-markaziy nerv tizimini buzilishlarini davolash uchun preparatlar (aminazin);
-yallig‘lanishga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar);
-astmani davolash uchun yoki tug‘ruq vaqtida qo‘llaniladigan preparatlar (vena ichiga yuboriladigan salbutamol, terbutalin va ritodrin);
-sut bezlari tomonidan buzilishlarni, hayzda og‘ir qon ketishlarini va endometriozni davolash uchun preparatlar (danazol).
-Dalachoy preparatlari (Hypericum perforatum)
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni ftorxinolonlar guruhiga mansub antibiotiklar bilan bir vaqtda qabul qilganda, ayniqsa keksalarda qonda glyukozaning darajasini buzilishlari (qonda qand darajasini oshishi yoki pasayishi) yuzaga kelishi mumkin.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar qon ivishini pasaytiruvchi preparatlarning (varfarinning) ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Boshqa dori mahsulotini qabul qilishni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing. Agar Siz kasalxonaga murojaat qilsangiz, tibbiyot xodimlariga DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar preparatini qabul qilayotganingizni ma'lum qiling.
13. MAXSUS KO‘RSATMALAR
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni qabul qilishdan avval, shifokor bilan muhokama qilib oling.
Qonda qand miqdorining talab qilinadigan darajasiga erishish uchun shifokor tomonidan belgilangan davolash rejasiga rioya qiling. Bu tabletkalarni muntazam ravishda qabul qilishdan tashqari parhezga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va zarur bo‘lganda tana vaznini kamaytirish kerakligini bildiradi.
Gliklazid bilan davolashda qonda (va ehtimol siydikda) qand miqdorining, shuningdek glyukoza bilan birikkan gemoglobin (HbA1c) miqdorini doimiy monitoringini o‘tkazish zarur.
Davolashning dastlabki bir nechta haftasida qonda qand miqdorini pasayishining (gipoglikemiya) yuqori xavfi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun sinchkovlik bilan tibbiy kuzatuvni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Qonda qand miqdorini pasayishi (gipoglikemiya) quyidagi holatlarda kuzatilishi mumkin
-nomuntazam ravishda ovqatlanishda yoki taom qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborilganda, ro‘za tutilganda;
-to‘yib ovqatlanmaganda;
-ovqatlanish ratsioni o‘zgarganida;
-uglevodlarni iste'mol qilish tegishli ravishda o‘smagani holda jismoniy faollik oshganida;
-ayniqsa taom qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborish bilan birgalikda alkogol iste'mol qilinganida;
-boshqa preparatlar yoki tabiiy dori vositalarini bir vaqtda qabul qilinganida;
-gliklazidning yuqori dozasi qabul qilinganida;
-gormonlar tomonidan induktsiya qilingan ma'lum bir buzilishlar (qalqonsimon bez, gipofiz yoki buyrak usti bezi po‘sti tomonidan funktsional buzilishlar) mavjud bo‘lganida;
-buyrak yoki jigar funktsiyasini susayishida.
Qonda qand miqdori past bo‘lganida quyidagi simptomlar bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik, ko‘ngil aynishi, qusish, charchoq, uyquni buzilishi, bezovtalik, tajovuzkorlik, diqqatni buzilishi, ogohlik va tashqi ta'sirlarga javob qaytarishning pasayishi, depressiya, ong chalkashishi, nutq yoki ko‘rish faoliyatini buzilishlari, tremor, sensor buzilishlar, bosh aylanishi va ojizlik hissi kuzatilishi mumkin.
Shuningdek quyidagi belgilar va simptomlar terlash, terining yopishqoqligi, bezovtalik, yurak urishini tezlashishi yoki doimiy emasligi, yuqori qon bosimi, ko‘krakda qo‘shni sohalarga tarqalishi mumkin bo‘lgan bexosdan kuchliog‘riqni (stenokardiya) paydo bo‘lishi yuz berishi mumkin.
Agar qonda qand miqdorini pasayishi davom etsa, Sizda ongni kuchli chalkashishi (deliriy), tirishishlar, o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi rivojlanishi mumkin, Sizda yuza nafas olish kuzatilishi, yurak urishi esa sekinlashishi mumkin, Siz hushingizni yo‘qotishingiz mumkin.
Ko‘pchilik hollarda qonda qand miqdorini past darajada bo‘lishi simptomlari har qanday shakldagi qandni, masalan glyukoza tabletkalari, qand bo‘lagi, shirin sharbat yoki choy iste'mol qilinganidan so‘ng tezda o‘tib ketadi.
Shuning uchun doimo o‘zingiz bilan har qanday shakldagi qandni (glyukoza tabletkalari, qand bo‘lagi) olib yurishingiz kerak. Shuni yodda tutish kerakki, qand o‘rnini bosuvchi sun'iy moddalar kerakli samara bermaydi. Agar qand iste'mol qilganingizdan so‘ng simptomlar o‘tib ketmasa yoki yana takrorlansa, shifokorga yoki yaqin oradagi kasalxonaga murojaat qiling.
Qonda qand darajasini past bo‘lishi simptomlari bo‘lmasligi, yaqqol sezilmasligi yoki juda sekin rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, Siz qonda qand darajasi pasayib ketganligini o‘z vaqtida his etmasligingiz mumkin. Bu holat ma'lum preparatlarni (masalan, markaziy nerv tizimiga ta'sir etuvchi preparatlar va beta-blokatorlarni) qabul qiluvchi keksa patsiyentlarda yuzaga kelishi mumkin.
Stress vaziyatlarida (baxtsiz hodisada, jarrohlik operatsiyasida, yuqori haroratda va boshqalarda) shifokoringiz Sizni vaqtincha insulin terapiyasiga o‘tkazishi mumkin.
Agar Siz shifokor tomonidan belgilangan davolash rejasini bajarmagan bo‘lsangiz, agar Siz teshik dalachoy (Hypericum perforatum) preparatlarini (“DORILARNING O‘ZARO TASIRI” 12-bo‘limga qarang) qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki alohida stress holatlarida, gliklazid qonda qand miqdorini hali yetarlicha pasaytirmagan holatlarda qonda qand miqdori darajasi yuqoriligi (giperglikemiya) simptomlari yuzaga kelishi mumkin. Ularga chanqoq, tez-tez siyish, og‘izni qurishi, terini qurishi va qichishishi, teri infektsiyalari va ish qobiliyatini susayishi misol bo‘la oladi.
Ushbu simptomlar paydo bo‘lganida, shifokor yoki farmatsevtga murojaat etish kerak.
Gliklazidni ftorxinolonlar guruhiga mansub antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurilganda, ayniqsa keksalarda qonda glyukozaning darajasini buzilishlari (qonda qand darajasini oshishi yoki pasayishi) yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda shifokor qonda glyukoza darajasini qanday nazorat qilish muhimligi haqida ogohlantiradi.
Agar sizda glyukozo-6-fosfat degidrogenazaning (G6FD) irsiy tanqisligi (eritrotsitlar anomaliyasi) mavjudligi haqida oilaviy tarixi bo‘lsa yoki sizga bu haqida ma'lum bo‘lsa, sizda gemoglobin miqdori darajasi pasayishi va qizil qon hujayralari parchalanishi (gemolitik anemiya) xavfi bo‘lishi mumkin. Ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni ma'lumotlar mavjud bo‘lmaganligi sababli, bolalarga berish tavsiya etilmaydi.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarning ovqat va ichimliklar bilan qo‘llanilishi
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni ovqat va alkogolsiz ichimliklar bilan birga qabul qilish mumkin.
Alkogolni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki u diabetni boshqarishga oldindan aytib bo‘lmaydigan tarzda ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar siz homilador bo‘lsangiz, o‘zingizni homilador deb o‘ylasangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalarni emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Transport vositasini boshqarish yoki mashina uskunalar bilan ishlash
Qonda qand miqdori kuchli darajada tushib ketganida (gipoglikemiyada) yoki kuchli darajada oshib ketganida (giperglikemiyada) yoki u keltirib chiqaradigan ko‘rish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lganida diqqatni jamlash yoki tashqi ta'sirlarga javob berish qobiliyati buzilishi mumkin. Mazkur holatda siz o‘zingiz yoki atrofdagilarga (masalan, avtomobilni yoki mashina uskunalarini boshqarishda) xavf tug‘dirishingiz mumkin. Agar sizda quyidagilar
-qonda qand miqdori tez-tez tushib ketishi holatlari (gipoglikemiya) ro‘y bersa;
-qonda qand miqdori tushib ketishini (gipoglikemiyani) ogohlantiruvchi signallar kam kuzatilsa yoki umuman kuzatilmasa,
o‘z shifokoringizdan avtomobilni boshqarish mumkinligi haqida so‘rab bilib oling.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar laktoza saqlaydi.
Agar shifokor Sizga qandlarning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik holati haqida aytgan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
14. DOZANI OShIRIB YuBORILIShI
Agar Siz haddan tashqari ko‘p tabletkalarni qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol bu haqida o‘z shifokoringizni xabardor qiling yoki yaqin oradagi tez yordam punkti bilan bog‘laning. 13-bo‘limda ta'riflangan qonda qand miqdorining pasayib ketishi (gipoglikemiya) dozani oshirib yuborilishining belgilaridir. Simptomlarni zudlik bilan qand (4-6 bo‘lak) qabul qilgan yoki shirin ichimlik ichgan holda va keyingi sezilarli miqdorda taom qabul qilib yengillashtirish mumkin. Agar patsiyent hushsiz holda bo‘lsa, bu haqida darhol shifokorga xabar qiling va shoshilinch yordamchi chaqiring. Preparatni bilmagan holda, (masalan, bola tomonidan) qabul qilinganida ham xuddi shunday choralarni ko‘rish kerak. Hushsiz holda bo‘lgan patsiyentlarga taom yoki ichimliklar berish mumkin emas.
Patsiyent yonida hamisha favqulodda vaziyat yuzaga kelganida shifokorni chaqira olishga qodir bo‘lgan, bunday holatlar xususida xabardor qilingan inson bo‘lishi kerak.
15. SAQLASh BO‘YIChA TAVSIYaLAR
Mazkur dori vositasi bolalar nazari va qo‘liga tushadigan yerdan xoli joyda saqlansin.
DIABETON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalardan qutida, blisterli upakovkada yoki konteynerda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanmang.
Yaroqlilik muddati
tegishli oyning oxirgi kunini ko‘rsatadi.
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dorilarni oqava suvlarga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlamang. Boshqa ishlatilmaydigan dorilarni qanday utilizatsiya qilish kerakligi haqida farmatsevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan.
16. YAROQLILIK MUDDATI
3 yil.
17. SOTISР TARTIBI
Preparat retsept bo‘yicha beriladi.
18. IShLAB ChIQARUVChINING NOMI VA MANZILI
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Qayd etish guvohnomasining egasi
LesLaboratoiresServier (Le Laboratuar Serve)
50, rue Carnot
92284 Suresnes cedex – France (Frantsiya)
shlab chiqaruvchi
Les Laboratoires Servier Industrie (Le Laboratuar Serve Indyustri)
905 route de Saran
45520Gidy – France (Frantsiya)
yoki
Servier (Ireland) Industries Ltd (Serve (Irlandiya) Indastriz Ltd)
Gorey Road
Arklow – Co. Wicklow – Ireland (Irlandiya)
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Les Laboratoires Servier» kompaniyasining vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100031, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4 A.
Tel (+99871) 140 79 97,(+99871) 140 79 77

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.