Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Femistron qin ichiga qo‘llash uchun krem 14g (tuba)
Femistron qin ichiga qo‘llash uchun krem 14g (tuba)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Конъюгированные эстрогены
Страна производитель
КНР
Дозировка
14г
Производитель
Xinjiang Nuziline Bio-Pharmaceutical Co., Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем вагинальный
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Femistron®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Kon'yugirlangan estrogenlar
Dori shakli
Qin ichiga qo‘llash uchun krem, dozatori bilan
Tarkibi
Femistron kremi xayvonlardan olinadigan, suvda eruvchi natriyli tuzlari ko‘rinishidagi, kon'yugirlangan estrogenlarning aralashmasini saqlaydi.
1 g krem saqlaydi
faol moddalar – kon'yugirlangan estrogenlar – 0,625 mg
yordamchi moddalar setil spirti, etilparagidroksibenzoati, glitserin, glitserilmonostearati, suyuq parafin, natriy laurilsulfati, stearin kislotasi, oq mum (ari mum), tozalangan suv.
Ta'rifi Oqdan fil suyagi rangigacha bo‘lgan bir xil konsistentsiyali krem.
Farmakoterapevtik guruhi
Estrogen
Farmakologik xususiyatlari
Endogen estrogenlar asosan ayol reproduktiv tizimini saqlanishini va ayollar ikkilamchi jinsiy belgilarining shakllanishini rivojlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Endogen estrogenlar oraliq-qayta hosil bo‘lgan metabolitlari bilan dinamik muvazanatda bo‘lsa ham, estradiol xujayra ichining asosiy estrogeni hisoblanadi va uning retseptor darajasida ta'sir qiladigan estranom va estriol kabi metabolitlari bilan solishtirganda ta'siri kuchliroq namoyon bo‘ladi.
Endogen estrogenlar manfiy qayta bog‘lanish mexanizmi orqali gonadotropin, lyuteinlovchi gormonlar (LG) va follikulastimullovchi gormonlarni (FSG) sekretsiyasini boshqaradi.
Estrogenlar ayollarda postmenopauza davrida gonadotropin oshgan miqdorini kamaytiradi. Menopauzadan oldingi davrida ayollarda qinning RN ko‘rsatkichi 3,5-5,0 ni tashkil etadi. Bu laktobatsill bakteriyalar tomonidan sut kislotasi ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi. Posmenopauza davrida qinning rN ko‘rsatkichi 6,0-8,0 gacha oshadi, bu yuzaki hujayralarni kamayishi, shu tariqa glikogenni kamayishi va qin epiteliysini yupqalashishi bilan kechuvchi qinda laktobakterialarni kolonizatsiyasini qisqarishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari estrogen kontsentratsiyasini kamayishi bilan birga qinning ushbu atipik RN 6,0-8,0 ko‘rsatkichi achitqi zamburug‘lari va bakteriyalar, shu jumladan ichak tayoqchasini ko‘payishi uchun qulay patogen omil hisoblanadi. Shu sababli postmenopauza davrida qinda infektsiyalar va yallig‘lanishlar rivojlanishi xavfi oshadi. Siydik chiqarish yo‘llarining sog‘lom holati qinning holati bilan bog‘liq, ayniqsa estrogenlar yetishmovchiligi holatida. Qinning atipik rN 6,0-8,0 ko‘rsatkichi va patogen organizmlar o‘tkir va qaytalanuvchi uritrit va sistit bilan kasallanishi xavfini oshirib, quyi siydik chiqarish yo‘llariga ta'sir qilishi mumkin. Shu tariqa estrogen qinning kislotali muhitini normallashishiga yordam beradi. Estrogenlar yetishmovchiligi siydik qop uchburchagida atrofik o‘zgarishlarni chaqiradi, siydik tanosil diafragmasining mushak, biriktiruvchi tuzilmalar tarangligini qisqartiradi, kollagen metabolizmini buzadi, qovuq bo‘yinchasi va siydik chiqarish kanalining sfinkterini innervatsiyalovchi adrenergik tizimi faolligini kamaytiradi. Shu tariqa ekzogen estrogenlar tez-tez, darhol siyish, biroz siydikni tutib turaolmaslik kabi siyish buzilishlarini davolashga yordam berishi va siydik tanosil tizim fiziologiyasini tiklashi mumkin.
Farmakokinetikasi
Estrogenlarni qin ichiga qo‘llash, ta'sir joyida optimal biokiraolishligini ta'minlaydi. Shuningdek estrogenlar so‘riladi va umumiy aylanib yuruvchi qon tizimiga tushadi so‘riladi, bu qon plazmasida kon'yugirlanmagan estrogenlarning kontsentratsiyasini tez o‘sishida namoyon bo‘ladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi yuborilgandan keyin 1-2 soat o‘tgach kuzatiladi.
Dori vositasi ko‘rinishida organizmga tushgan estrogenlarning taqsimlanishi, endogen kelib chiqishga ega bo‘lgan estrogenlarga o‘xshash. Estrogenlar organizmda keng taqsimlanadi va odatda, jinsiy gormonlarni ishlab chiqaruvchi nishon a'zolarda yuqori kontsentratsiyalarda bo‘ladi. Estrogenlar qonda globulin (SHBG) va albumin birikmalari ko‘rinishida aylanib yuradi. Qonda deyarli to‘liq oqsillar bilan bog‘lanadi. Dori vositasi ko‘rinishidagi estrogenlar endogen kelib chiqishga ega bo‘lgan estrogenlar kabi metabolizmga uchraydi.
Aylanib yuruvchi estrogenlar asosan jigarda yuz beruvchi metabolik o‘zaro aylanishi dinamik muvozanatda bo‘ladilar. Estradiol qaytuvchi estronga aylanadi, va ikkisi ham estriol - asosiy siydik metabolitiga qayta aylanishi mumkin. Estrogenlar sulfat va glyukuronid birikmasi orqali jigarda ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchraydi, keyinchalik o‘t-safro sekretsiyasi bilan ichakka tushadi va ichakda keyingi qayta so‘rilish bilan gidrolizga uchraydi. Ayollarda xayz ko‘rishdan oldin endogen estrogenlarning ahamiyatli qismi sulfat birikmalari ko‘rinishida, ko‘proq darajada estron sulfati ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, bu faolroq estrogenlarning shakllanishi uchun zaxira bo‘lib xizmat qiladi.
Estradiol, estron va estriol glyukuronidlar va sulfatlarning murakkab birikmalari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Femistron kremi qin ichiga qo‘llash uchun va estrogenlar tanqisligi chaqirgan ayollarda hayz davrida va hayzdan keyin paydo bo‘ladigan holatlarni davolash uchun mo‘ljallangan
-qinning quruqligi, disparenuriya, qichishish, vulvaning kraurozi, atrofik vaginit kabi qin belgilari;
-qindagi muhitni nordonligini normallashtirish uchun;
-siyishning buzilishlari tez-tez, shoshilinch siyish, siydikni biroz tutib turolmaslik;
-ayollarda postmenopauza vaqtida kichik chanoq a'zolaridagi operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davr;
-qin va siydik chiqarish yo‘llarining infektsion kasalliklarini qaytalanishini oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Femistron kremi qin ichiga 0,5 g-2,0 g dan kuniga bir marta, kasallikning bosqichiga qarab qo‘llanadi. Femistron kremini sirtga, tashqi jinsiy a'zolarning qichishida qo‘llash mumkin. Preparatni qo‘llashni qisqa muddatliligini hisobga olib, davolash juda kam samarali dozadan boshlanadi.
Qo‘llash siklik bo‘lishi kerak (uch xafta - preparat qo‘llanadi, bir xafta – preparatni qo‘lashda tanaffus qilinadi).
Simptomlari yaqqol bo‘lgan patsiyentlarga davolash kursining qisqa muddatligini hisobga olib (0,625 mg dan tabletkalar bir kunda 1 marta 10 kun), qin shilliq qavati surtmaga moslashishi uchun, kremni og‘iz orqali qabul qilinadigan preparat bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinadi.
Estrogen saqlovchi preparatlarni qabul qiluvchi patsiyentlar, shifokorning tavsiyasiga muvofiqvaqti-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tib turishlari kerak. Dozani aniqlashda patsiyentning shaxsiy reaktsiyasiga asoslanadi.
Dozatorni qo‘llash
1.Qo‘lni yuvib va dozatorning porsheni va korpusini iliq sovunli suv bilan yuvib, tyubikdan qalpoqchani yeching.
2.Rezbali dozatorning uchini tyubikka burab o‘rnating.
3.Shifokor buyurgan kerakli dozani olish uchun, dozatorning korpusiga tushirilgan belgidan (riskadan) foydalaning. Dozator porshenini chiqarmay turib, uni tyubikdagi krem bilan asta-sekin to‘ldiring.
4.Dozatorni tyubikdan yeching.
5.Tizzalarni bukib tepaga qarab orqa bilan yoting. Ehtiyotkorlik bilan dozatorni qinga chuqur kirgazing va porshenni bosib kremni yuboring.
Tozalash Dozator korpusidan porshenni chiqaring. Issiq suvda sovun bilan yuvib tashlang.
QAYNATMANG VA ISSIQ SUV IShLATMANG.
Nojo‘ya ta'sirlari
Shaxsiy allergik reaktsiyalar shish, bosh aylanishi, eshakemi, qichishish, nafas muammolari. Ular paydo bo‘lgan holda shifokorga murojaat qiling. Bo‘lishi mumkin (juda kam hollarda, preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik) me'da buzilishlari, qorinni dam bo‘lishi, libidoni oshishi/pasayishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va ko‘krakning sezuvchanligi. Har qanday nojo‘ya samaralari yomonlashsa yoki zo‘raygan holda o‘zingizning shifokoringizga ma'lum qiling. Agarda Sizda qo‘l yoki oyoqlarning shishi, ko‘krakda shishlar, odatdagi bo‘lmagan qindan qon ketishlar (masalan, dog‘simon, to‘satdan qon ketishlar, davomli/vaqti-vaqti bilan qon ketishlar), oftalmologik o‘zgarishlar (masalan, kontakt linzalarni taqishdagi o‘zgarishlar, ko‘rishni yo‘qotish), odatdagi bo‘lmagan qindan ajralmalar/qichishish/hid, ko‘krakda og‘riq, ruhiy/kayfiyatni o‘zgarishi (masalan, og‘ir depressiya, xotirani yo‘qotish), nafas muammolari, ko‘zlar yoki terini sarg‘ayishi/shish, to‘satdan kuchli bosh og‘rig‘i, holsizlik, nutqning noaniqligi kabi odatdagi bo‘lmagan, ammo jiddiy nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan holda o‘z shifokoringizga ma'lum qiling.
Agarda Siz Femistron kremini yuqorida sanab o‘tilmagan boshqa nojo‘ya samaralarini sezsangiz, unda shifokor yoki farmatsevt bilan bog‘laning. Ko‘pchilik ayollar, Femistron kremini qabul qila turib, jiddiy nojo‘ya samaralarga ega bo‘lmaydilar.
O‘rganilmagan nojo‘ya samaralarga ginekomastiya kiradi (erkaklarda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
1.Kelib chiqishi aniqlanmagan bachadondan qon ketishi;
2.Aniqlangan yoki olib tashlangan sut bezining raki, metastazlangan o‘smani davolovchi patsiyentlardan tashqari;
3.Aniqlangan va mumkin bo‘lgan estrogenga bog‘liq neoplaziya (o‘sma, masalan, rak va endometriyning giperplaziyasi);
4.Chuqur venalarning mavjud bo‘lgan yoki o‘tkazilgan tromboembolik kasalliklari, o‘pka arteriyasining emboliyasi.
5.O‘tkazilgan (so‘nggi yilda) yoki o‘tkir miokard infarkti yoki insult;
6.Jigarning o‘tkir yoki surunkali disfunktsiyasi yoki kasalliklari;
7.Preparatga va uning ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik;
8.Ma'lum bo‘lgan yoki kutilayotgan homiladorlik;
9.Laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siz ilgari qabul qilgan yoki qabul qilayotgan har qanday preparatlar, jumladan retseptsiz sotiladigan dorilar xaqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar berish kerak. Ayrim dorilar Femistron preparati bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin, bunday hollarda dozani o‘zgartirish yoki ulardan birini qabul qilishni to‘xtatish kerak bo‘lishi mumkin.
Agarda Siz quyidagi preparatlardan birini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokorga ma'lum qilish juda muhim karbamazepin, fenobarbital, primidon, fenitoin, varfarin, deksametazon, gidrokortizon, metilprednizolon, prednizolon, triamtsinolon, siklosparin, dantrolen, rifampitsin, teofillin, amitriptilin, nortriptilin, imipromin va doksipin.
Mutaxassisning oldiga Siz qabul qilayotgan hamma dorilaringizni ro‘yhatini olib boring retsept bo‘yicha, retseptsiz, ozuqa qo‘shimchalari va vitaminlar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashdan oldin umumiy tibbiy va ginekologik ko‘rikdan o‘tkazish, kichik chanoq a'zolarini ham qo‘shib, sut bezlari, arterial bosimni (AB) o‘lchash, endometriyning sitologik analizini o‘tkazish kerak. Homiladorlikni istisno qilish kerak. Davomli davolanishda bunday tekshiruvlarni har 6-12 oyda o‘tkazish kerak.
Rejalashtirilgan xirurgik aralashuvlardan 3-6 xafta oldin va uzoq muddatli immobilizatsiya davrida tromb hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida davolashni to‘xtatib turish tavsiya etiladi.
Preparatni qabul qilishni quyidagi hollarda darhol to‘xtatish kerak chuqur venalarning trombozi, tromboembolik kasalliklar, AB ni ahamiyatli oshishi, sariqlikni paydo bo‘lishi, migrenga o‘xshash bosh og‘rig‘ini paydo bo‘lishi, ko‘rishni to‘satdan buzilishi.
Gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda o‘rin bosar gormonal terapiya vaqtida, AB ni muntazam nazorat qilish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar davolashning boshlang‘ich davrida glyukozaga tolerantlikni mumkin bo‘lgan pasayishi tufayli sinchkov kuzatuvni talab qiladilar.
Davolovchi shifokorga barbituratlar, fenilbutazon, rifampitsinni bir vaqtda qo‘llash, muntazam bo‘lmagan qon ketishlarlarni paydo bo‘lishi yoki preparatni qo‘llash orasidagi davrda odatdagi bo‘lmagan juda ko‘p qon ketishlar, epigastriy sohasidagi yoqimsiz hislar xaqida xabar berish kerak.
Preparatni qabul qilish vaqtida nomuntazam bachadondan qon ketishlar paydo bo‘lgan holda endometriyning sitologik analizini o‘tkazish kerak.
5 yildan ortiq davomli davolashda davolashning ijobiy samaralarini salbiy samaralari bilan sinchiklab baholash kerak.
Sut bezlarining tugunli yoki fibroz-kistoz o‘zgarishlari mavjud bo‘lgan yoki ilgari bo‘lgan ayollarga preparatni buyurishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday hollarda sinchiklab kuzatish va muntazam mammografiya o‘tkazish kerak.
Klimakterik davrda estrogen preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda o‘t-tosh kasalligining paydo bo‘lishini yuqori xavfi kuzatiladi (estrogenlar o‘t-safroning litogenligini oshiradilar).
Preparat homiladorlikka qarshi vosita emas va urug‘lanish qobiliyatini tiklamaydi.
Preparat prezervativlarning ishonchliligini pasaytirishi mumkin, qo‘shimcha himoya vositalari bo‘yicha o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Femistronni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Femistronni laktatsiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish masalasini xal qilish kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
Agarda davolash sog‘lom o‘smirlarda fiziologik o‘sish va jinsiy yetilish yakunlanishi boshlangan bo‘lsa, estrogenlar bilan katta va takrorlanuvchi dozalarda uzoq vaqt davolash epifizning o‘sish sohasining bekilishini tezlashtirishi mumkin, u fiziologik o‘sishni to‘xtatishi mumkin. Agarda jismoniy o‘sish yakunlanmagan patsiyentlarga estrogenlar buyurilsa, patsiyentni keyinchalik rivojlanishini va epifizar markazlarga estrogenlarning ta'sirini natijalarini monitoringini o‘tkazish kerak.
O‘smirlarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Pubertat davrda qizlarni estrogen bilan davolash vaqtidan oldin ko‘kraklarning rivojlanishini va qinning muguzlanishini chaqiradi va qindan qon ketishini chaqirishi mumkin.
O‘g‘il bolalarda estrogen bilan davolash normal jinsiy yetilish jarayonini o‘zgartirishi va ginekomastiya chaqirishi mumkin.
Dori vositasining avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi ko‘ngil aynishi, qusish, sut bezida og‘riq, bosh aylanishini, qorin og‘rig‘i, uyquchanlik, kattalar va o‘smirlarda charchoqlikni chaqirishi mumkin.
Doza oshirib yuborilgan holda simptomatik davolashni qo‘llash kerak, chunki maxsus zaharsizlantiruvchi vositalar yo‘q.
Doza oshirib yuborilganida preparatni birdan bekor qilish “bekor qilish” qon ketishini chaqirishi mumkin.
Chiqarilish shakli
va o‘rami
14 g dan krem ichidan lak bilan qoplangan alyumin tubaga joylanadi.
1 tubadan dozator davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Zich yopilgan o‘ramda, 15°S-25°S haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Xinjiang Nuziline Bio-Pharmaceutical Co., Ltd, XXR
Manzili
SintszyanUygur avtonom tumani, 252-oy km, 218 avtomagistral
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar ( takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin Sen” MChJ,
Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A uy, www.mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.