Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Цимицифуга даурская, пчела медоносная, сурукуку
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
10 г
Производитель
Материа Медика Холдинг
Chiqarillish shakli
Granulalar
Klimaksan gomeop.gran 10gr pak. haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Klimaksan gomeopaticheskiy
Dori shakli
Gomeopatik granulalar
Tarkibi
Faol moddalar Cimicifuga racemosa (Cimicifuga) S200; Lachesis mutus (Lachesis) S50; Apis mellifica (Apis) S200.
Yordamchi moddalari gomeopatik granulalar (qandli yorma).
Ta'rifi oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan, sharsimon shaklli bir xil granulalar
Farmakoterapevtik guruhi
gomeopatik vosita.
Qo‘llanilishi
Klimakterik sindromining ko‘rinishlarini (ta'sirchanlik, emotsional labillik, uyquni buzilishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurak urishi, terlash, «qizish» hissi) simptomatik davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir qabul qilishga - 5 granula (og‘izda to‘liq erib ketgunicha ushab turiladi – ovqatlanish vaqtida emas), kuniga 2 marta, ertalab va kechqurun qabul qilinadi.
Simptomlarning og‘irligiga qarab preparat qabul qilishni kuniga 3-4 martagacha oshirish mumkin.
Preparatni qo‘llashni tavsiya qilingan davomiyligi 6 oyni tashkil qiladi. Shifokorning tavsiyasi bo‘yicha takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan davolash kursini o‘tkazish davrida 2 oyda kamida 1 marta davolashni to‘g‘rilash mumkinligi maqsadida davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Gomeopatik granulalar. 10 g dan granuladan alyuminiy folga asosida tayyorlangan majmuaviy materialli paketda. Har bir paket davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchining nomi, manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-y Samotechny per., 9 uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.