Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
DL-3-метил-2-оксо-валериановая кислота, соль кальция, 4-метил-2-оксо-валериановая кислота
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Производитель
Nanjing Baijingyu Pharmaceutical Co., Ltd
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Ketobest tab. №10, blister haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Ketobest®
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol ingrediyentlar
kaltsiy D,L-α-ketoizoleytsin67 mg
kaltsiy α-ketoleytsin101 mg
kaltsiy α-ketofenilalanin68 mg
kaltsiy α-ketovalin86 mg
kaltsiy D,L-α-gidroksimetionin59 mg
lizin atsetati105 mg
treonin53 mg
triptofan23 mg
gistidin38 mg
tirozin30 mg
Ta'rifi cho‘zinchoq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi S01EV.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparatdir. Azot minimal yuborilganida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga bo‘lgan talabni to‘liq ta'minlaydi. Aminokislotalarning ketonli analoglari organizmda mochevinani parchalab, fermentativ muvofiq L-aminokislotalarga transaminlash reaktsiyasiga uchraydi. Preparat almashinuvning azot saqlovchi mahsulotlarini utilizatsiyasiga, bir vaqtda zardobda mochevinaning kontsentratsiyasini pasayishida oqsillarning anabolizmiga yordam beradi. Azot almashinuvini yaxshilaydi. Qonda kaliy, magniy va fosfat ionlarining kontsentratsiyasini pasaytiradi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida preparat muntazam qo‘llanganida patsiyentlarning holatini yaxshilanishi aniqlangan. Qator hollarda dializ o‘tkazishni boshlashni kechiktirish mumkin bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Oqsil-energetik yetishmovchilik, kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda surunkali buyrak yetishmovchiligida va oqsil cheklangan ratsionda oqsillar metabolizmini o‘zgarishlari chaqirgan buzilishlarni oldini olish va davolash. Asosan kalavalar filtratsiyasi tezligi minutiga 25 ml dan past bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanadi, bu kalava filtratsiyasining tezligi minutiga 25 ml dan yuqori bo‘lganda xam qo‘llashni istisno qilmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda 5 kg tana vazniga sutkada 1 tabletkadan yoki sutkada tana vazniga 0,1 g/kg buyuriladi. Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Chaynamasdan yutiladi.
Qo‘llash davomiyligi Ketobest® kalavalar filtratsiyasining tezligi minutiga 25 ml dan past bo‘lgan xamma vaqt davomida buyuriladi. Dializdan oldingi davrda buyrak yetishmovchiligining darajasiga qarab ovqatdagi oqsilning miqdori kuniga 40 g dan ortiq bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Dializdagi bemorlarda oqsilni iste'mol qilish qabul qilingan standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Kattalar uchun odatdagi doza (tana vazniga 70 kg) kuniga 3 marta 4-8 tabletkani tashkil qiladi. Bolalar uchun odatdagi doza - 5 kg tana vazniga sutkada 1 tabletkadan.
3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ovqatdagi oqsilning tavsiya etilgan miqdori -sutkada tana vazniga 1,4-0,8 g/kg, 10 yoshdan boshlab bolalar uchun - sutkada tana vazniga 1,0-0,6 g/kg.
Nojo‘ya ta'sirlari
Alohida hollarda giperkaltsiyemiya rivojlanishi mumkin. Bunda D vitamini qabul qilishni kamaytirish tavsiya etiladi. Agar giperkaltsiyemiya saqlansa, Ketobest® dozasini, shuningdek kaltsiyning boshqa manbalarini kamaytirish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperkaltsiyemiya, aminokislotalar almashinuvini buzilishi, o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Nasliy fenilketonuriyada preparatni fenilalanin saqlashini hisobga olish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kaltsiy saqlovchi dori vositalarini bir vaqtda buyurish, qon zardobida kaltsiyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Ketobest® ta'siri ostida uremik simptomlar kamaygan sari, bir vaqtda buyurilgan alyuminiy gidroksidining dozasi muvofiq kamaytirilishi kerak.
Qon zardobidagi fosfatlarning darajasini pasayishini kuzatish kerak. Ichakdagi so‘rilishini buzilmasligi uchun, Ketobest® bilan birga kaltsiy bilan qiyin eriydigan birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan dori vositalarni (masalan, tetratsiklinlar, xinolonlar, temir, ftor saqlovchi preparatlar va estramutsin) qabul qilish kerak. Ketobest® va bunday preparatlarni qabul qilish orasida 2 soatdan kam bo‘lmagan interval bo‘lishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llash tajribasi yetarli emas. Ketobest®ning so‘rilishini va muvofiq aminokislotalarga aylanishini yaxshilash uchun uni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Qon zardobidagi kaltsiyning darajasini muntazam kuzatish kerak. Ovqatning yetarlicha kaloriyaliligini ta'minlash talab etiladi.
Alohida xollarda preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lgan bemorlarda allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 20 tabletkadan Al/PVX blisterda. 5 blisterdan kavsharlangan Al/PVX paketda. 1 paket qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Taqdim etuvchi/ishlab chiqaruvchining nomi
Nanjing Baijingyu Phatmaceutical Co., Ltd.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.