Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Klimadinon tomchilar 50ml
Nomi | Narx | |||||
Климадинон капли 50мл (0000190438##2 081) |
UZS 119 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Климадинон капли 50мл (0000190438##2 130) |
UZS 125 800
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цимицифуги кистевидной корневищ экстракт
Страна производитель
Германия
Дозировка
50 мл
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Klimadinon
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
Klimadinon 100 g eritmasi quyidagilarni saqlaydi
50% (x/x) etil spirtida tayyorlangan 12 g simitsifuga ildizpoyasining suyuq ekstrakti (Cimicifuga rhizome 15).
Etanol miqdori 35,0 - 40,0% (xajm nisbatida).
yordamchi moddalar saxarin natriy digidrati, yalpiz moyi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq yoki biroz xira, och-jigarrang rangli, shirin ta'mli va hidli, yog‘och ta'mini eslatuvchi suyuqlik. Saqlash jarayonida biroz cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar. O‘simliklardan olinadigan klimaksga qarshi dori vositasi.
ATX kodi G02SX04
Farmakologik xususiyatlari
Ushbu o‘simlikdan olinadigan dori preparatini qo‘llash klimaks davridagi loxaslik simptomlarini yengillashtirishga yordam beradi. Ta'sir mexanizmi va klimakterik simptomlarini yaxshilanishiga yordam beruvchi komponentlar ma'lum emas.
Farmakokinetikasi
Ta'riflanmagan.
Qo‘llanilishi
Qizish hissi va ko‘p terlash kabi, menopauza simptomlarini yengillashtirish uchun o‘simlikdan olinadigan dori vositasi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Patsiyentlar
bir martalik doza
kunduzgi doza
Menopauza davridagi ayollar
30 tomchi
60 tomchi
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Suyuqlik suyultirilmagan xolatda yoki oz miqdordagi qand bilan (ertalab va kechqurun) qabul qilinadi.
Davolash davomiyligi
Agar simptomlar davolash kursi davomida saqlansa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Shifokor maslahatisiz Klimadinon® eritmasini 6 oydan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Teri reaktsiyalari (masalan toshma, qichishish), yuzni shishi, periferik shishlar va me'da-ichak buzilishlari (masalan dispepsiya, diareya) paydo bo‘lishi mumkin. Simitsifugani saqlovchi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jigarni shikastlanishi (shu jumladan gepatit, sariqlik, jigar tahlillari ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi) mumkinligi haqida xabar berilgan. Iltimos shuningdek
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga ham qarang.
Nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Alkogolizmi bo‘lgan patsiyentlarda Klimadinon eritmasini qo‘llash mumkin emas (etil spirti saqlaydi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shifokor bilan maslahatlashmasdan jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar Klimadinon ni qabul qilmasliklari kerak.
Jigarni shikastlanishini ko‘rsatuvchi simptomlar (toliqish, ishtahani yo‘qolishi, teri va ko‘zlarni sarg‘ayishi, ko‘ngil aynishi va qusish yoki siydikni to‘qlashishi bilan kechuvchi qorinning yuqori qismida kuchli og‘riqlar) paydo bo‘lganida darhol preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Agar qindan qon ketishi yuzaga kelsa yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.
Shifokor maslahatisiz ayollar jinsiy gormonlari (estrogenlar) ni qabul qilayotgan patsiyentlar, shuningdek sut bezi raki yoki boshqa gormonga bog‘liq o‘smalar yuzasidan davolangan yoki davolanayotgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Ushbu dori vositasi 38% alkogol saqlaydi (xajm jihatdan).
Jigar kasalliklari, tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilishlari mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Yetarli ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar davolash vaqtida samarali kontratseptsiyadan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari kerak.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Ishlatilganda flakonni vertikal holatda tuting.
Eritmani saqlash jarayonida xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin. Bu preparatning samaradorligiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Dozani oshirib yuborilishi
.
Dozani oshirib yuborilishi
xolatlari haqida ma'lumotlar yo‘q. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma, 50 va 100 ml.
50 yoki 100 ml dan preparat buraladigan qopqoqli vertikal dozalovchi moslama bilan jihozlangan to‘q rangli shisha flakonda, qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Ochilgan flakonni 6 oy davomida qo‘llash mumkin.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.