Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Климаксан гомеоп.таб №20 (14201225-2##2785) |
UZS 18 700
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Цимицифуга даурская, пчела медоносная, сурукуку
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Материа Медика Холдинг
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Klimaksan gomeop.tab №20 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Klimaksan gomeopaticheskiy
Dori shakli
gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
(1 tabletkaga)
Faol moddalar Cimicifuga racemosa (Cimicifuga) S200; Lachesis mutus (Lachesis) S50; Apis mellifica (Apis) S200.
Yordamchi moddalari laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta'rifi oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan, yassitsilindrik shaklli, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gomeopatik vosita.
Qo‘llanilishi
Klimakterik sindromining ko‘rinishlarini (ta'sirchanlik, emotsional labillik, uyquni buzilishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurak urishi, terlash, «qizish» hissi) simptomatik davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir qabul qilishga – 1 tabletka (og‘izda to‘liq erib ketgunicha ushab turiladi, faqat ovqatlanish vaqtida emas). Kuniga 2 marta qabul qilinadi ertalab va kechqurun.
Simptomlarning og‘irligiga qarab preparat qabul qilishni kuniga 3-4 martagacha oshirish mumkin.
Preparatni qo‘llashni tavsiya qilingan davomiyligi 6 oyni tashkil qiladi. Shifokorning tavsiyasi bo‘yicha takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiyasi, glyukoza yoki galaktozani kam so‘rilishi sindromi yoki tug‘ma laktoza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Preparat bilan davolash kursini o‘tkazish davrida 2 oyda kamida 1 marta davolashni to‘g‘rilash mumkinligi maqsadida davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza tasodifan oshirib yuborilganida preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilari bilan bog‘liq bo‘lgan dispeptik ko‘rinishlar bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Gomeopatik tabletkalar.
20 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchining nomi, manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-y Samotechny per., 9 uy.
Tel./faks (495) 684-43-33.
O‘zbekiston Respublikasi hududida iste'molchilardan mahsulot sifati bo‘yicha e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘ch., 11 uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.