Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Remifemin tabletkalar 2.5mg №60
Nomi | Narx | |||||
Ремифемин таб 2.5мг №60 (2335921##2 206) |
UZS 125 300
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Germaniya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Schaper & Brümmer GmbH & Co. KG
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Remifemin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Simitsifuga ildizlari bilan ildizpoyalarining quruq ekstrakti
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarpi saqlaydi
faol moddalar
Simitsifuga ildizlari bilan ildizpoyalarining quruq ekstrakti (6-111) 2,5 mg.
Ekstragent izopraponol (40% um./xm.).
yordamchi moddalar
sellaktoza (laktoza monogidrati va sellyuloza kukuni), magiiy stearat, kartoshka kraxmali.
Ta'rifi oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, biroz ikki tomonlama qavariq, bir tomondan sindirish uchun mo‘ljallanmagan, dekorativ hisoblash chizig‘i bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologiyada qo‘llaniladigan boshqa fitopreparatlar.
ATX kodi G02CX04
Farmakologik hususiyatlari
Ginekologiyada qo‘llaniladigan fitopreparatlar.
Farmakodinamika
si
Klinik va farmakologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, menopauza bilan bog‘liq psixologik va neyrovegetativ shikoyatlar (masalan, "qizib ketishlar", ko‘p terlash va uyqu buzilishi) Cimicifuga racemosa ildizpoyasidan olingan dori preparatlar bilan davolashda yaxshilanishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetikasi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Remifemin - bu "qizib ketishlar", ko‘p terlash va uyqu buzilishi kabi menopauzadan kelib chiqqan psixologik va neyrovegetativ shikoyatlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladigan o‘simliklardan olingan dori preparatlari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) 1 tabletkadan, uni chaynamasdan, oz mikdorda suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. (Tabletkalarni shimmang.)
Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida qabul qilish shart emas.
Terapevtik ko‘rsatkichlar tufayli bolalar, o‘smirlar va erkaklarda qo‘llash ko‘rsatilmagan. Buyrak/jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun maxsus dozalash bo‘yicha tavsiyalar uchun ma'lumotlar yetarli emas.
Remifemin terapevtik ta'sirini darhol namoyon qilmaydi. Birinchi terapevtik ta'sirlar terapiya boshlanganidan ikki hafta o‘tgach paydo bo‘ladi. Remifemin ni bir necha oy davomida qabul qilish kerak, ammo shifokor bilan maslahatlashmasdan 6 oydan ortik tavsiya etilmaydi.
Agar siz preparatni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki baravar dozani qabul qilmang va aksincha uni odatdagi vaqtda qabul qilishni davom eting.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'siri
Kam xollarda (uchrash tez-tezligi 1000 nafardan 1 tasida)
- me'da-ichak buzilishlari (qorinning yuqori qismi tomonidan simptomlar, diareya);
- Terining allergik reaktsiyalari (eshakemi, qichishish, teri toshmasi);
- Yuz shishi yoki periferik shish (yuz yoki periferik shish);
- Vazn ortishi.
Uchrash tez-tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra uchrash tez-tezligini baholab bo‘lmaydi)
- Simitsifuga saqlovchi preparatlarni qo‘llashda jigar shikastlanishi;
- Jigar fermentlari (transaminazalar) faolligining oshishi.
Agar yuqoridagi nojo‘ya harakatlar yuzaga kelsa, preparatni darhol qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
i
Preparat tarkibidagi faol komponentga va/yoki har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sirlar ma'lum emas.
Agar siz boshqa xar qanday dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Agar xayz sikli buzilishi yoki xayz qayta tiklanishi bo‘lsa, shuningdek noaniq simptomlar davom etsa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, siz shifokor bilan maslahatlashingiz kerak, chunki bu buzilishlar shifokor tomonidan tekshirilishini talab qilishi mumkin.
• Estrogenlarni bir vaqtning o‘zida faqat shifokor nazorati ostida qabul qilish mumkin, chunki Remifemin estrogenlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
• Remifemin oldindan jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
• Agar jigar shikastlanishini ko‘rsatadigan simptomlar paydo bo‘lsa (sariqlik, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi, me'daning yuqori qismida ogriq, ko‘ngil aynishi, ishtahaning yo‘qolishi, charchoq) patsiyentlar Remifemin" qabul qilishni darhol to‘xtatishlari kerak.
• Ko‘krak bezi rakini yoki boshqa gormonga bog‘liq o‘smalar bilan davolangan yoki davolanayotgan patsiyentlarda shifokor bilan maslahatlashmasdan Simitsifuga preparatlarini qo‘llamasliklari kerak.
• Kam uchraydigan irsiy galaktozani o‘zlashtiraolmaydigan, umumiy laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza so‘rilishining muammolari bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli homiladorlik va laktatsiya davrida xavfsizlikni baholash mumkin emas. Shuning uchun homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tug‘ish yoshidagi ayollar davolanish vaqtida kontratseptsiyaning samarali usulini ko‘rib chiqishlari kerak.
Avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va murakkab mexanizmlarga ta'siri
Preparat transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Salbiy ta'sirlar noma'lum.
Dozani oshirib yuborilishi
Remifemin preparati dozasini oshirib yuborish mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarni kuchaytirishi mumkin. Dozani oshirib yuborish holatlarida siz preparatni qabul qilishni to‘xtatishingiz va shifokor bilan maslahatlashingiz kerak. Agar nojo‘ya ta'sirlarning hech biri yuzaga kelmasa, odatdagi dozani odatdagi vaqtda qabul qilishni davom ettiring.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan PVX/PVDXL/alyumin fol'gali kontur uyali o‘ramlarda. PVX/PVDX/alyumin fol'gali 3 ta kontur uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutilarda.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlapsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Shaper & Bryummer GmbX & Ko. KG, Banxofshtrasse 35, 38259 Zal'tsgitter, Germaniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.